Nizomiy nomidagi tdpu



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə1/7
tarix15.05.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#87119
  1   2   3   4   5   6   7
Маъруза матни


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TDPU
“Umumiy pedagogika” kafedrasi katta o’qituvchisi

Mirsagatova Nargiza Sayfullayevna

Mavzu: “TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI. TARBIYA QONUNIYATLARI

VA TAMOYILLARI

Sana: 2019-yil 11-noyabr

Fakultet: “Fizika-matematika”

Yo’nalish: “FO’M”

Guruh: 2-kurs 201-202

Vaqti: 1-smena, 2-juftlikda (1-07 xona)

Toshkent-2019

10-MAVZU. TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI. TARBIYA QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI

Reja:

  1. Tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va mohiyati.

  2. Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari.

  3. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.

  4. Tarbiya turlarining umumiy tavsifi.


Tayanch tushunchalar: tarbiya, tarbiya jarayoni, tarbiyaning maqsadi, tarbiya mazmuni, tarbiyaning umumiy vazifalari, tarbiya turlari, tarbiya qonuniyatlari, tarbiya tamoyillari.


  1. Tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va mohiyati.

Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o’rganadi.

Tarbiya nazariyasi SHarq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya ma’lumotlaridan foydalanadi.

Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat jarayonidir.

Tarbiya xususida taniqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi:

«Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo xalokat, yo saodat – yo falokat masalasidur».

Tarbiya pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, yuqorida keng va tor ma’nodagi tarbiya farqlanadi.

Keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uyg’unlashadi.

Tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə