Nizomiy nomidagi tdpu


Ta’lim  metodlari  deyilganda



Yüklə 438,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/18
tarix01.03.2022
ölçüsü438,1 Kb.
#84204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Nizomiy nomidagi tdpu

Ta’lim  metodlari  deyilganda,

  o‘rganilayotgan  materialni  egallashga  qaratilgan  turli  didaktik 

vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini 

tashkil etish usullari yig‘indisi tushuniladi. 

Didaktikada, shuningdek, ta’ lim usullari atamasi ham keng qo‘llanadi.  

Ta’lim  usuli

  -  ta’lim  metodining  tarkibiy  qismi  yoki  alohida  tomoni.  Metodlar  bilan  usullar 

munosabati  o‘zaro  bir-biriga  bog‘langan.  Usul  va  metod  butun  va  qism  sifatida  bir-biriga  bog‘lanadi. 

Usullar  yordamida  faqat  pedagogik  yoki  o‘quv  vazifasining  bir  qismi  hal  qilinadi.  Xuddi  shu  metodik 

usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha, xuddi shu metod turli o‘ qituvchilar 

tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin. 

Masalan,  o‘qituvchilar  tomonidan  ko‘p  qo‘llaniladigan  mashq  manbasiga  ko‘ra  amaliy  metod 

hisoblansa,  uni  qo‘llash  esa  bir  nechta  usullar  (mashqning  qoidasini  o‘  qib  berish  (1-usul),  bittasini 

namuna  sifatida  bajarib  ko‘rsatish  (2-usul),  o‘qituvchining  namunasi  asosida  o‘quvchilar  tomonidan 

mashqning  bajarilishi  (3-usul),  o‘quvchilar  tomonidan  bajarilgan  mashqlarni  tekshirish  va  xatolarini 

tuzatish (4-usul) va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi. 

O‘qituvchilarning  ayrimlari  esa,  “metod”  tushunchasining  o‘rniga  “uslub”  tushunchasini  ham 

qo‘llaydilar. Ammo “uslub” 

tushunchasi  “metod”  atamasining  mohiyatini  o‘zida  to‘liq  aks  ettira  olmaydi.  Chunki  uslub  ko‘proq 

xususiy  (so‘z  borayotgan  holatda  aynan  o‘qituvchiga  xoslikni  ifoda  etadi)  tavsifga  ega  bo‘lib,  aniq 

maqsadga erishish yo‘li sifatida xizmat qila olmaydi. 

 


Yüklə 438,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə