Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 46,64 Kb.
səhifə2/7
tarix26.05.2022
ölçüsü46,64 Kb.
#87983
1   2   3   4   5   6   7
Noto‘liq oilalarda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf

Mavzuning dolzarbligi. Jahonda noto'liq oilalarning o'sib borishi, noto'liq oilada bola shaxsining shakllanishi dolzarb muammoga aylanmoqda.Respublikamizda oila institutining zaiflashishi, ajralish va uning asorati sifatida noto'liq oilalar sonining ko'payishi,voyaga yetmagan yoshlar va ayollarda og'ir jinoyatchilik, yoshlar va ayollar orasida yakunlangan(o'lim bilan tugagan) suitsid sonining keskino'sishi, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan bog'liq ijtimoiy-pedagogik, psixologik muammolar ortib borayotganligi, noto'liq oilalarning katta qismi o'z vazifalarini, ayniqsa tarbiyaviy funktsiyasini talab darajasida bajara olmayotganligi dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi. noto'liq oilada bola shaxsi shakllanishining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlarini tadqiq etish va muammolarini bartaraf etishga oid pedagogik hamda psixologik tavsiyalarni takomillashtirish.
Kurs ishining vazifasi. Noto'liq oila va undagi bola tarbiyasi
ijtimoiy muammo sifatida o’rganish.
Kurs ishining obekti.Noto’liq oilalar .
Kurs ishining predmeti. Noto’liq oilalarda ijtimoiy pedagogik yordam

I.Bob
1.1Oilada ijtimoiy pedagogik yordam shakllari ta’minlanishi

O‘zbekistonda so‘nggi davrlarda oilani qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarga ijtimoiy ko‘maklar xizmatlarini tashkil qilish, xususan ular bandligini ta’minlash, ular imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda oilaviy turmush, uning pastu-balandi, oila iqtisodiyoti, oila psixologiyasi bo‘yicha zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalar bilan ularni qurollantirish dolzarb va davlat siyosati darajasidagi vazifaga aylandi. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash borasida davlat hujjatlari ishlab chiqilib, tasdiqlangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5325-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3808-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi “Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3827-son qarori, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi 561-son qonuni, 2019-yil 2-sentabrda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi 562-son qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4602-son Qarori. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil 6 etish to‘g‘risida”gi 367-son qarori asosida aholiga psixologik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishga erishishni nazarda tutadi.


Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-maaniy jabhalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar jarayonida oila masalasiga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Albatta, bu bejiz emas, chunki porloq ertamizning mukammal toshlari oilada qo‘yiladi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov aytganlaridek: «Xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Axir oila ahil va totuv bo'lsa jamiyatda tinchlik hamjihatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Oila farovonligi-milliy farovonlik asosidir». Demak, mamlakatimizda oila farovonligini ta ’minlash davlatimizning asl maqsadidir. Mamlakatimizda 1998-yilning «Oila yili» deb e’lon qiliishi va shu munosabat bilan «Oila manfaatlarini ta’minlash orasida 1998-yilda amalga oshiriladigai chora-tadbirlar davlat Dasturi»ning qabul qilinishi va amaliyotga tatbiq qilishi, Oliy Majlisning XI sessiyasida keng umumxalq muhokamasidan so‘ng «Oila Kodeksi»ning bir ovozdan qabul qilinishi, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-fevraldagi 54- )nli qaroriga binoan Respublika «Oila» ilmiy-amaliy Markazining tashkil etilganligi hukumatimiz tomonidan oila farovonligi, tinch-totuvligi va barqarorligini ta’minlashga bo‘lgan e’tiboridan dalolatdir. Mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekan, u quyidagi asosiy yo‘nalishlami o‘z ichiga qamrab oladi: — oilaviy munosabatlaming huquqiy asoslarini takomillashtirish, oila manfaatlari huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalik huquqlarini muhofaza qilish; — oilaning ijtimoiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, oila a’zolarining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va ta’lim darajasini oshirish uchun shart- sharoitlami yaxshilash; — oilaning iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, oilaning daromadlarini, oila a’zolarining ish bilan ta’minlash darajasini oshirish, ro‘zg‘or yumushi va turmush sharoitlarini yaxshilash, kam ta’minlangan oilalami davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash; — oilaning ma’naviy-axloqiy asoslarini va madaniy manfaatlarini takomillashtirsh uchun shart-sharoitlar yaratish; — oilaning sog'lom, aql-zakovatli yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirish har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalashda oila va jamiyatning vazifalarini takomillashtirish; — oila muammolarini ilmiy va ijtimoiy tadqiq, etish, oila, xotin-qizlar va bolalaming iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini ko‘rsatuvchi statisiika hisobotini to‘plash va takomillashtirish. Darhaqiqat, Vatanimiz mustaqilligining qisqa davri ichida oila, onalik va bolalikni huquqiy manfaatlarini qonuniy muhofaza qilish, fuqarolaming huquqiy madaniyatini oshirish, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash, uy mehnati va madaniy-maishiy turmush sharoitini yaxshilash, ilaning ma’naviy-axloqiy asoslarini takomillashtirish, ko‘p olali, kam ta’minlangan, nochor oilalarni, nogironlarni, qarovchisiz keksalar, yolg‘izlarni, yetim-yesirlarni ijtimoiy o'llab-quvvatlash, oilada ma’naviy va jismoniy barkamol shaxsni shakllantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga shiriladi. Darhaqiqat, oila a’zolarining huquqiy savodxonligi va m’naviy madaniyatini shakllantirish, har tomonlama sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, oilaning ijtimoiy va jtisodiy barqarorligi, farovonligiga erishish, oilada tadbirkorkni keng yo‘lga qo‘yish, nogironlikning turli ko‘rinishlarini oldini olish chora-tadbirlarini belgilash, oilada komil insonni tarbiyalash, yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar mushtarakligida mustaqil hayotga tayyorlash tizimini yaratish a amalga oshirish zamirida oila masalalari bilan shug'ulinuvchi mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari, oila, mahalla, maktab va jamoatchilik hamkorligini mustahkamish, oilada sog‘lom psixologik muhit yaratish zamirida oilada ba’zan uchraydigan jinoyatchilik, nikohning bekor qilinishi, giyohvandlik, nosog‘lom e’tiqod, maishiy nopoklik, axloqsizlikning turli ko'rinishlarga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalar bugungi kunda oilalarni jamiyat talablari darajasida shakllanishi uchun zamindir. Mamlakatimizda adolatli, huquqiy, demokratik jamiyat urish jarayoni shahdam qadamlar bilan borayotgan bir sharoitda qonun ustuvorligini ta’minlash zamirida oila a’zolarning huquqiy madaniyatini shakllantirish oila manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ustuvor yo‘nalishiridan biriga aylanib qoldi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinayotgan Qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, oila-nikoh munosabatlari, xotin-qizlar va bolalar huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyalar va deklaratsiyalar va boshqa huquqiy hujjatlarning mohiyatini chuqur anglash hamda o‘z faoliyatlari jarayonida amal qilishga erishish jamiyatning huquqiy savodxonligini oshirishning garovidir. Buning uchun oilaning turli qatlamli a’zolari huquqiy ongi va dunyoqarashi darajasini o‘stirish mexanizmini yaratish va amaliyotga keng tatbiq etish zarur. Chunki, huquqiy madaniyat darajasi yuksak jamiyatda oila, ona, ota va bola huquq va burchlari hamma vaqt Konstitutsiya bilan himoya qilinib, oila ajrimlariga, oilada uchraydigan sharqona axloq normalariga zid sodir etiladigan ba’zi xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu borada davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar butun dunyo tinchliksevar xalqlaming diqqat-e’tiborini jalb qilmoqda. Jumladan, mustaqilligimizning qisqa davri ichida respublikamizda inson huquqlari bo‘yicha Milliy Markaz, Oliy Majlis huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari Monitoringi instituti, Adliya vazirligi qoshidagi huquqiy yordam ko'rsatish Markazi, Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yicha vakili-Ombudsmanning tashkil etilganligi oila, ota, ona va bola huquqiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim qadamlardir. Inson huquqlarini himoya qilish institutlarining asosiy maqsadi oila deb atalmish kichik jamiyatning huquqiy madaniyatini oshirishga, ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. Mamlakatimizda oila huquqlari xalqaro huquq normalariga mos ravishda muhofaza etilmoqda. Mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan oila-nikoh munosabatlari, xotin-qizlar va bolalar huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar va deklaratsiyalarining ratifikatsiya qilinishi buning yaqqol namunasidir. Jumladan, Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi (BMT Bosh Assambleyasining 1948-yil 1O-dekabrdagi 217 ASH rezolutsiyasi), Xotin-qizlaming siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya (BMT Bosh Assambleyasining 1952- yil 2O-dekabrdagi 64O-son rezolutsiyasi), bir xil qiymatdagi ish uchun erkaklar va xotin-qizlarga teng haq to‘lash to‘g‘- risidagi (1OO) Konvensiya (XMT Bosh Konferensiyasining 34-sessiyasida 1951-yil 29-iyunda qabul qilingan), onalikni himoya etishga qaratilgan (1O3} konvensiya (Jeneva, XMT tomonidan 1952-yil 28-iyunda qayta ko‘rib chiqilgan), bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya (BMT 43 Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil 2O-noyabrda), fuqarolik huquqlari va siyosiy huquqlar to ‘g‘risidagi xalqaro pakt (BMT Bosh Assambleyasining 1966-yil 16-yanvardagi 22OO- rezolutsiyasi), xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi Konvensiya (BMT Bosh Assambleyasining 1979-yil 18-dekabrdagi 34, 18O-son rezolutsiyasi), bolalaring yashashini, himoyalanishini va rivojlanishini ta’minlash to‘g‘risidagi umumjahon Deklarat-siyasi, boshqa mamlakatlarga bolalami o ‘g‘irlab ketishning fuqarolik jihatlari to eg‘risidagi Gaaga Konvensiyasi (Gaaga 198O-yil 25-oktabr), 1995-yilda Pekinda 4-Butunjahon xotin-qizlar konferensiyasida qabul qilingan xotin-qizlaming ahvoli bo‘yicha asosiy harakatlar dasturi mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni xalqaro huquq normalariga mos holda muhofaza qilish borasidagi dastlabki muhim qadamlardir, maqsad har bir fuqaroning, har bir oila a’zosining huquq-larini himoya etilishini xalqaro huquq normalari doirasida yo‘lga qo‘yishga erishishdir. Oila a’zolarining huquqiy savodxonligi uning huquqiy himoya qilinishi huquqiy jamiyat barpo etishning negizidir. Buning zamirida: - aholi, shu jumladan, oila a’zolarining yosh tabaqalarga mos huquqiy bilim berish dasturlarini yaratish, huquqiy ong va tafakkurini shakllantirishning samarali shakl va metodlarini aniqlash, bu borada noan’anaviy ta’lim-tarbiya usullaridan keng foydalanish; - o ‘quv yurtlari, idora va tashkilotlarda huquqiy mavzuni yorituvchi burchaklar, xonalar tashkil etish, huquqiy bilim kunlari o ‘tkazish, radio o ‘quvlari uyushtirish; - huquqiy mavzuga bag‘ishlangan ommabop risolalar, gazeta va jum al maqolalari, mutaxassis maslahatlarini chop etishni kuchaytirish, ruknlar rang-barangligiga erishish; - oila huquqi bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish; - joylarda baxt va nikoh uylari qoshida bo'lajak kelinkuyovlar uchun maxsus o ‘quv kurslari, «Oila» klublari, «huquqiy maslahat» telefonlari tashkil etish va targ‘ibot-tashviqot guruhlarini tayyorlash; - oilalarda huquqiy bilim berishni takomillashtirishga yordam beruvchi sotsiologik tadqiqot ishlari olib borish va uning natijalari asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga keng tatbiq etish, bu borada huquqni muhofaza qilish tashkilotlari bilan boshqa mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini mustahkamlash kabi masalalarga alohida e’tibor berish yotadi.
O’zbekiston Respublikasida yangidan shakllantirilayotgan inson taraqqiyoti konsepsiyasining asosiy mazmuni jamiyatda oila faravonligini yaxshilash, ularning barqarorligini ta’minlash, ayniqsa oilada ayol mavqeini tubdan o’zgartirish zarur, degan tamoyilga asoslanadi. Shu bilan birgalakda ushbu masalani ijtimoiy-falsafiy, psixologik va pedagogik g’oyalarga asoslanuvchi ilmiy-metodik ta’minoti umuminsoniy qadriyatlarga mansubligi va milliy madaniyatni qayta tiklash va mustahkamlash, o’zbekiston xalqlari ma’naviy merosini rivojlantirish va jahon sivilizatsiyasi bilan boyitish nuqtai nazaridan qarab chiqishni taqazo etadi.



Yüklə 46,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə