Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Noto’liq oila bilan ijtimoiy pedagogik yondashuv



Yüklə 46,64 Kb.
səhifə3/7
tarix26.05.2022
ölçüsü46,64 Kb.
#87983
1   2   3   4   5   6   7
Noto‘liq oilalarda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf

1.2 Noto’liq oila bilan ijtimoiy pedagogik yondashuv

Mustaqillik davrida Oʼzbekistonda xalq hayotida misli koʼrilmagan ijobiy oʼzgarishlar roʼy berdi. Shu bilan birga soʼnggi oʼn yillikda bir qator muammolar yanada dolzarblashdi. Shulardan biri – oila institutining zaiflashishi, ajralishlar va ularning asorati sifatida notoʼliq oilalar sonining keskin oʼsishidir. Noto’liq oila - yolgiz onaxon yoki otaxonlar, er yoki xotinning o’limi tufayli noto’liq bo’lgan oilalar, yoki ajrim tufayli paydo bo’ladigan oila tipidir. Afsuski, oxirgi sabab buyicha noto’liq bo’lgan oilalar boshqa toifaga nisbatan ko’p. Ajrim bo’lgan oilalarning salkam 1% dagina bolalar otaning qo’lida qoladi.


Qolgan xolatlarda voyaga yetmagan bolalar onalari bilan qoladi. Bu onalarning o’rtacha yoshi 23-24 yoshni tashkil etadi, ularning qo’lida qolgan bolalarning o’rtacha soni 2,5 nafardir. Yolg’iz farzand tarbiyalayotgan yosh ayollarning ma'lumotliligi o’rganilganda,ularning aksariyati o’rta va to’liqsiz O’rta ma'lumotli ekanligie'tirof etilgan (20,5%). Yosh turmush qurayotgan qizlarimizning12,3%i 15-19 yosh oraligida ona bo’lishadi. 15-16 yoshda ona bo’lish xolatlari xam xanuz mavjud bulib, 2006 yilda ular soni 95 nafarni yoki jami tuqqanlarning 0,01%ini tashkil etdi (2005 yilda 117 nafar edi, yoki 0,02%), 17-19 yoshda ona bo’lgan ayollar soni 19419nafar bulib, bu jami tuqqanlarning 3,6 foizini (2005 yilda mosravishda 19147 yoki 3,7%) tashkil etdi. Ularning xar 10 tasidan bittasi (10,6%) talaba qizlardir. Notoʼliq oilalar sonining ortib borishi va ulardagi bolalarning otasiz oʼsishi nafaqat Oʼzbekistonda, balki barcha taraqqiy etgan va rivojlanayotgan davlatlarda oʼz ifodasini topadigan katta ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik va pedagogik muammodir. Noto'liq oila va undagi bola tarbiyasi ijtimoiy muammo sifatida mamlakatimiz olimlaridan, A.Munavvarov, O.Musurmanova,Yu.Shaamirova, G.Yunusova, G.Yadgarovalar,Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi olimlaridan T.Andreyeva, I.Dementьeva,A.Demidov, G.A.Kantemirova, Ye.Lapshina,
L.Lunyakova, Ya.Nikolayeva, xorij olimlaridan M.Terblanche, C.Prince, H.Ricciuti,M.Marion, D.Monama, W.Jiumpanyarach,J.Cherry va boshqalar tomonidan noto'liq oiladagi ayolning-onalikning hamda bolalarning ijtimoiy-pedagogik, ijtimoiy iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik muammolari o'rganilgan.Yu.K.Shaamirova2 tomonidan olib borilgan tadqiqotida noto'liq oilalarda ota-onaning tarbiyachi sifatida faoliyatlaridagi kamchiliklar ko'rsatgan. Bular:
● ota-onaning o'zlarini bolalarining boquvchilari sifatida anglab, tarbiyachi ekanliklarini chuqur anglamasliklari;
● oilalarda uchrovchi axloqsizsiz turmush tarzi;
● ota-onaning bolalarga aytgan so'zlari,
pand-nasihatlari va amaldagi xatti-harakatlari orasidagi tafovut;
● farzandlariga qilgan xizmatlariniminnat qilaverishlari, farzandlar bilan
asosan buyruq, hukm orqali gapirishlari;
● o'quvchi farzandlarining hayoti,qiziqishlariga e'tiborsizliklari, ularga
vaqt va diqqat ajratmasliklari;
● o'quvchilarni oila yumushlariga jalb qilmaslik (ayniqsa o'smirlar o'zlariga nisbatan beparvolikdan qattiq iztirob chekadilar, natijada ota-ona va o'smir orasida sovuq munosabatlarning paydo bo'lishiga yo'l qo'yilmoqda).
● rag'batlantirish va jazolashda tarbiyaviy maqsaddan kelib chiqa bilmaslik. Milliy pedagogik madaniyat darajasining pastligi;
● milliy-ma'naviy qadriyatlargahurmat hissini shakllantira bilmaslik, xafsalasizlik;
● farzandiga vada berib, bajarmaslik;
● maktab bilan ta'lim-tarbiyaviy hamkorlikdan “vaqt yo'q” degan bahona bilan o'zini chetga olish;
● bolalarni o'z ajdodlari, shajaralaribilan tanishtirmaslik va h.k.
Shu o'rinda Yu.K.Shaamirova3 tomonidan noto'liq oiladagi 89,6% ayollarning o'z oilaviy hayotidan mamnun emasligi, buning sababi – 39,2% oilaning noto'kisligi, 50,4% ota-ona va o'smirlar o'rtasidagi muammolar yuzasidan o'stirayotgan farzandlaridan ko'ngillari to'q emasligi aniqlang
Rossiyada 1997-1999 yillarning oʼzida Ye.А.Lapshina1 tadqiqotiga binoan, 1 million bola ota yoki onasiz qolgan, oiladagi ajralishlar esa Rossiya davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 57 foizni tashkil qilgan.Notoʼliq oila va undagi bola tarbiyasi Rossiyada ijtimoiy muammo sifatida V.V.Bodrova, Ya.G.Nikolaeva, А.Yu.Gross,T.А.Gurko,O.G.Yusupova, Ye.I.Kalabixina, А.Demidov, I.F.Dementьeva, V.Titarenko, G.А.Kantemirova, Ye.А.Lapshina,T.V.Аndreeva, M.E.Baskakova, L.G.Lunyakova, S.Yaroshenko, S.Аyvezova, L.N.Ovcharova, L.M.Prokofeva, Z.А.Xatnina va boshqa olimlar tomonidan oʼrganilgan. Yuqorida qayd qilingan olimlarning barchasi oʼz ishlarida bir umumiy xulosani ifodalaydilar. Ularning fikricha, notoʼliq oilada qanday yaxshi sharoit yaratilmasin unda komil shaxsni shakllantirib boʼlmaydi. G.А.Kantemirovaning2 dissertatsiya tadqiqotida keltirilishicha, 2008 yil Аlaniyaning rasmiy maʼlumotiga koʼra voyaga yetmagan vaqtincha jamiyatdan «izolyatsiya» qilingan (maxsus muassasalarda tutilayotgan) yoshlarning 39,2 foizi va deviant xulqi sababli ichki organlar roʼyxatiga olingan voyaga yetmagan bolalarning 36,8 foizi notoʼliq oilalardan boʼlgan.Ya.G.Nikolaevaning 3 dissertatsiya tadqiqoti natijalariga koʼra, notoʼliq oilalardagi 92 foiz ayollar farzandlarining otasidan olayotgan moddiy yordamini yetarli emas, deb biladilar. Аyollarning 61 foizi oilada ota – erkak kishining yoʼqligi bola shaxsiga salbiy taʼsir qilishini koʼrsatdi, 69 foiz ayollar notoʼliq oila ham moddiy, ham maʼnaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirishini qayd etdi.Notoʼliq oilada oʼsmirlarni tarbiyalashni ijtimoiy pedagogik shart-sharoitlar masalasi S.V.Zelenchukovaning 4 dissertatsiya ishida tadqiq etilgan. Izlanish obʼekti sifatida Germaniya va Rossiyadagi notoʼliq oilada voyaga yetayotgan oʼsmirlar qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga koʼra, 27 foiz rossiyalik oʼsmirlar oʼzini tarbiyalayotgan ota yoki onalaridan, qarindosh yoki yaqin odamlaridan 25 foizi namuna oladilar. Hech kimdan namuna olmaydigan oʼsmirlar 19 foizni tashkil qildi. Oʼsmirlarning 15 foizi faqat oʼzlarini namuna sifatida koʼradilar. Germaniyalik oʼsmirlarning 33 foizi uchun ota-onalari namuna vazifasini oʼtaydilar, 17 foizi uchu namuna mashhur shaxslardir. Аka va opalari 14 foiz oʼsmirlar uchun namuna boʼlsalar, qarindoshlari Namuna sifatida 10 foizni tashkil qildilar. Notoʼliq nemis oilalarda voyaga yetayotgan 17 foiz oʼsmirlar hech kimni namuna sifatida koʼrmaydilar. Shaxsan oʼzlarini namuna sifatida koʼradiganlar 4 foizni tashkil qildi. Bola shaxsining notoʼliq oilada shakllanish masalalari Ye.V.Nedelinaning1 dissertatsiya tadqiqotida atroflicha oʼrganilgan. Notoʼliq oila masalasini ilmiy tadqiq etgan ishlar (Lapshina Ye.А., Kantemirova G.А., Nikolaeva Ya.G., Zelenchukova S.V., Nedelina Ye.V.) tahlillari va bizning shaxsiy ilmiy kuzatuvlarimizga koʼra, muammoning dolzarbligi quyidagilar bilan belgilanadi:

Yüklə 46,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə