Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 46,64 Kb.
səhifə4/7
tarix26.05.2022
ölçüsü46,64 Kb.
#87983
1   2   3   4   5   6   7
Noto‘liq oilalarda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf

Birinchidan, jamiyatda notoʼliq oilalar sonining ortib borishi oila institutiga salbiy taʼsir koʼrsatadi, uning mustahkamligini zaiflashtirib boradi.
Ikkinchidan, notoʼliq oilalar sonining ortishi yoshlarda oila haqidagi tasavvurlarining toʼgʼri shakllanishiga salbiy taʼsir qiladi. Qizlarning maʼlum qismi notoʼliq oilani oʼzlari uchun andoza sifatida oladilar. Bu esa notoʼliq oilalar sonining yanada oshishiga olib kelishi mumkin.
Uchinchidan, yoshlardan komil shaxs shakllantirishda qator muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.
Toʼrtinchidan, yosh oilalar, aksariyat holda ayollar va bolalarni iqtisodiy jihatdan murakkab vaziyatga tushiradi.
Beshinchidan, voyaga yetmagan yoshlarda jinoyatchilik, shu jumladan, ularning ogʼir turlarining oʼsishiga shart-sharoit yaratadi.
Oltinchidan, ota-onalarga eng muhim vazifalari – tarbiya funktsiyalarini toʼlaqonli ado etishlariga yetarli imkon bermaydi.
Yettinchidan, ayollarning maʼlum qismida jinsiy-tanosil kasalliklarining koʼpayishi, reproduktiv organlarida onkologik xastaliklar sonining oshishiga olib kelishi mumkin.
Sakkizinchidan, jamiyatda poliandriya va poligeniya, yaʼni koʼp erlik hamda koʼp xotinlik holatlarining oʼsishiga olib keladi.
Toʼqqizinchidan, mahalliy millatlar, jumladan, oʼzbeklardagi oʼta muhim, qimmatli etnopsixologik xislatlardan biri boʼlgan ota-ona hurmati, oiladagi mavqei, ota-onalik va farzandlik burchlarining shakllanishiga salbiy taʼsir qiladi. Oʼninchidan, avlodlar orasidagi xissiy emotsional yaqinlik, ota-ona va bolalar oʼrtasidagi munosabatlarning zaiflashishiga olib keladi.
Oʼn birinchidan, ota modeli, namunasining yoʼqligi oʼgʼil bolalar shaxsining erkak, oila boshligʼi, ota sifatida shakllanishiga salbiy taʼsir qiladi, ularda ayolsifat xarakterning paydo boʼlishiga imkon yaratadi. Qizlarda ota yoʼqligi ota mavqei, hurmati, er-xotin munosabatlarini koʼrmasligi, voyaga yetib shaxsiy oilaviy hayot qurganda er-xotin munosabatlarini talab darajasida olib borishiga salbiy taʼsir qiladi. Yuqoridagilarning barchasi yoshlarni zamon ruhida, umummilliy va milliy qadriyatlar asosida tarbiyalab voyaga yetkazishimizda qator murakkab muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.
Noto'liq oilada bola shaxsini talab darajasida shakllantirishda bizning fikrimizcha quyidagilarga e'tibor berish lozim:1. Noto'liq oilada bola tarbiyalayotgan yosh onalarga pedagogik-psixologik yordam ko'rsatish kerak. Mahalla psixologlari tomonidan pedagogik-psixologik trening, psixologik monitoring, pedagogik-psixologik tashviqot, seminar, maxsus o'quvlar (ota-onalar universiteti doirasida), maxsus tayyorlangan buklet, broshyuralar va boshqaformasida bo'lishi mumkin.Bunda xar bir noto'liq oilani o'ziga xos xususiyatlarini, ijtimoiy-iqtisodiy xolatini xisobga olish zarur.2. Noto'liq oilada o'sgan va o'z sohasida taniqli bo'lgan artist, sportchi, olim, rahbar, yozuvchi, shoir va boshqalarni maktab o'quvchilar bilan uchrashuvlarini tashkil qilib, ular hayotidagi qiyinchiliklarni qanday yengib shunday muvaffaqiyatlarga erishganligi haqida davra suhbati qilish lozim. Bundan maqsad noto'liq oilani ideallashtirish emas, balki yoshlarda, ayniqsa, noto'liq oilada voyaga yetayotgan bolalar hayotida uchraydigan qiyinchiliklarni yengishga irodani safarbar qilishga o'rgatishdir. Bunday uchrashuvlar to'liq oila bolalariga ham kuchli tarbiyaviy ta'sir ko'rsatadi.3. Noto'liq oiladagi bolalarni tug'ma layoqatini va qiziqishini hisobga olib sport, musiqa, tasviriy san'at va boshqalarga jalb qilish lozim.4. Noto'liq oilalar bilan mahalla hamda maktab psixologi muntazam ishlashi va psixologo-pedagogik monitoringini olib borishi lozim. 5. Noto'liq oiladagi bolalarni ta'til davrida dam olishini tashkil etish, qo'shimcha ta'lim olishda mahalla, ta'lim muassasa, NNT va boshqa davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda yordam berish kerak.


Yüklə 46,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə