Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 50,65 Kb.
səhifə1/15
tarix15.06.2022
ölçüsü50,65 Kb.
#89566
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI


5110900-Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi bakalavriat 202-guruh talabasi
G‘ofurova Gulida Navruz qizi
Emotsiya va hissiyot mavzusidagi


KURS ISHI
Talaba:_____________
G.G‘ofurova Ilmiy rahbar:
M.T.Raimdjanov

Himoyaga tavsiya etilsin”


Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri:
dots.. ______G.N.Ibragimova
___”___________2022 yil.


Toshkent-2022 yil.


MUNDARIJA:
Kirish………………………………………………………………3
I bob. Emotsiya va hissiyotning adabiyotlardagi tahlili ……….7
1.1. Emotsiya haqida umumiy tushuncha………………………………………….………………..8
1.2. Emotsiya va hissiyot o‘rtasidagi tafovutlar….……………….16
II bob.Hissiyot va emotsional holatlarning fiziologik asoslarini empirik tatdiq etish……………………..…………………………………………21
2.1. Hissiyotning nerv fiziologik asoslariga ta‘sir qiluvchi psixologik omillar……………………………………………………………..22
2.2. Hissiyotning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash metodikasi…25
Xulosa………………………………………………………..……41
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati……………………………..42

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda jamiki narsaning boshlang‘ich asosi, manbai emotsiya degan g‘oyani, uning qiymatini umumiy fonda birmuncha qadrsizlantiradi, lekin ikkinchi, ustuvor va yetakchi, umumiy va xususiy ob'ektiv va sub'ektiv, muhim va nomuhim mezonlar, alomatlar, o‘lchamlar yordami bilan baholanishi ushbu psixologik masala mohiyatini oqilona talqin qilish zaruriyatini vujudga keltiradi. Xolbuki shunday ekan, ularning mohiyatini, keltirib chiqaruvchi sabablarni, harakatlantiruvchi kuchlarini muayyan dalillarga asoslanib tashlil qilish muammosi maydonga keladi. Odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo‘ladi. Hissiyot odamda sodir bo‘layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo‘lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo‘zg‘ovchilardan aniq bo‘lib ajraladi, ba’zilari bir-birlari bilan qo‘shilib ketadi va paydo bo‘lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada taassurot uyg‘otib, biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin: ma’lum qo‘zg‘atuvchilar tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Emotsiya - u yoki bu hissiyotning inson tomonidan bevosita kechirilishi jarayonidan iboratdir. Masalan, shaxs tomonidan musiqani sevish emotsiyani vujudga keltirmaydi, balki buning uchun musiqani eshitish, ijrochi mahoratiga tasanno bildirish, undan hayajonlanish, yoki asar ijrosi yoqmasa g‘azabli yoki ijobiy emotsiya vujudga keladi. Ko‘pincha emotsiyalar o‘zining ta’sirchanligi bilan bir-biridan ajralib turishiga qaramay, bunday sifatli hissiy holatlar stenik xususiyatli deyiladi. Bunday emotsiyalar dadil xatti-harakatlarga, mantiqiy mulohazalarga, ijobiy izlanishlarga kuch-quvvat, qanot bag‘ishlaydi. Masalan kishi xursandchilikda “parvoz qiladi”, “yulduzni narvonsiz oladi”, kimlargadir holis yordam qilishga shoshadi, faollik, tinib-tinchimaslik uning sifatiga aylanadi. Aksariyat hollarda xushxabar, muvaffaqiyat shaxsda stenik xususiyatli emotsiyalarni vujudga keltiradi. Ba’zi hollarda emotsiyalar o’zining sustligi, zaifligi, nursizligi bilan tavsiflanadi, bunday hissiy holat astenik deb ataladi. Bunday hissiyot insonni bo‘shashtiradi, uni hayolga cho‘mdiradi, hayolparast qilib qo‘yadi, shu sababdan favquloddagi shaxsdagi rahmdillik befoyda emotsional kechinmaga, uyalish vijdon azobiga, andisha esa qo‘rqoqlikka aylanib qolish xavfi kuchli. Turmush tarzining shiddatli tarzda rivojlanishi, salbiy ekologik omillar, urbanizatsiya ijtimoiy qatlamlashtirilishdagi raqobat, doimiy kuchayib boruvchi axborot oqimi, inson kognitiv va kommunikativ jarayonlariga talablarining o‘zgarishi, ijobiy emotsiyalarning kamyobligi – aholining emotsional holatining yomonlanishiga olib keladi, jumladan o‘smir yoshlarda bezovtalanishi va yengil depressiya shaklida vujudga keladi. Turmush tarzining shiddatli tarzda rivojlanishi, salbiy ekologik omillar, urbanizatsiya ijtimoiy qatlamlashtirilishdagi raqobat, doimiy kuchayib boruvchi axborot oqimi, inson kognitiv va kommunikativ jarayonlariga talablarining o‘zgarishi, ijobiy emotsiyalarning kamyobligi – aholining emotsional holatining yomonlanishiga olib keladi, jumladan o‘smir yoshlarda bezovtalanishi va yengil depressiya shaklida vujudga keladi. Shundan kelib chiqib, salbiy emotsional holatlari psixoprofilaktika qilishidagi qiyinchiliklarni yengib o‘tish zarurligi bugungi kunning muhim masalalariga kiritishimiz mumkin.

Yüklə 50,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə