Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 103,85 Kb.
səhifə5/16
tarix16.06.2022
ölçüsü103,85 Kb.
#89571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Қаюмжонова G

P.P.Bloniskiy mulohazasicha, diqqatning asosida kishining ijtimoiy qiziqishlari yotadi. Psixologlar orasida diqqatni tushuntirishda turli qarashlar, nazariyalar vujudga keladi. Vaholanki, P.P.Blonskiy diqqat bilan qoʼrquv, vahimani bir narsa deb qaraydi. qoʼrquv - bu diqqatning intensivroq namoyon boʼlishi, yaʼni maksimal darajada aks yetishi deb tushuntiradi. Bu yerda psixik faoliyatning maʼnosi butunlay yoʼqotib koʼrsatilgandek tuyuladi va diqqat biologik nuqtai nazardan qaraganga oʼxshab ketadi. Biologik pozisiyada diqqat bosh miya yarim sharlari faoliyati bilan emas, balki vegetativ nerv tizimi bilan bogʼliqlikda tushuntiriladi.
Bu vaqtda taniqli psixolog D.N.Uzanadze diqqatni ustanovka bilan bog'lash nazariyasini ilgari surardi
N.F.Dobrinin.Ushbu olim Uznadzening fikriga qarsi edi.N.F.Dobrinin fikricha, diqqatni ustanovka bilan bogʼlovchi nazariya quyidagi jihatlarni hisobga olmagan. Diqqat haqiqatdan maʼlum moslashuvchi harakatlar bilan birga boʼladi, lekin bu harakatlarga borib yetmaydi. Аgar tomoshabin sahnadan oʼgirilsa, koʼzini yumadi, quloqini berkitadi, u sahnada nima boʼlayotganiga diqqat qilolmaydi. Sahnaga qarash va eshitish uchun boshqa hamma narsalardan chalgʼish kerak va idrokni sahnada boʼlayotgan hodisalarga qaratish lozim.
Qarab turib koʼrmaslik, tinglab turib eshitmaslik mumkin. Diqqat shundan iboratki, u nimaga qaratilgan boʼlsa uni koʼrish demakdir. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda N.F.Dobrinin diqqatni kishi psixik faoliyatini biron-bir obyektga yoʼnaltirish va toʼplash bilan boshqa obyektlardan chalgʼish orqali tushuntiradi.N.F.Dobrinin oʼzi va shogirdlari oʼtkazgan tekshirishlariga asoslanib,turmushda shunday odamlar uchraydiki, ular obyektni koʼp, ham aniq idrok qila oladilar. Yana shunday toifadagi kishilar mavjudki, ular narsalarni ham kam, ham noaniq idrok qiladilar, oʼzlaridan koʼp narsalarni qoʼshib yuboradilar.
S.L.Rubinshteyn.Diqqat psixik faoliyatning qandaydir obʼektga yoʼnalishi va toʼplanishi orqali oʼrganishni qator mualliflar tanqid qiladilar. Аna shulardan biri 7 S.L.Rubinshteyndir. S.L.Rubinshteyn diqqatni alohida mazmunga ega emasligiga qoʼshiladi, lekin uning guvohlik berishicha, diqqatni biror obyektga tanlab yoʼnalishi uning fenomenologik xarakteridir. Bunday fenomenologik tavsifnomada ham diqqatning tabiati va xususiyatlari ochilmay qolaverar ekan.

Yüklə 103,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə