Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 103,85 Kb.
səhifə6/16
tarix16.06.2022
ölçüsü103,85 Kb.
#89571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Қаюмжонова G

G.S.Bakradze.Psixolog G.S.Bakradze diqqatning obyektda toʼplanishi faoliyatning roli haqida qiziqarli ilmiy tekshirish tajribasini oʼtkazgan. Аgarda diqqatni zaifligini tekshiruvchi oʼz vaqtida payqab, unga nisbatan qandaydir muskul harakatini amalga oshirsa, u yana tiklanadi. Bulardan tashqari diqqat barqarorligini faoliyatning xarakteriga, shaxsning oʼziga bogʼliqligi bir qancha psixologlar tomonidan isbotlangan.
A.P.Gazova diqqatning boʼlinuvchanligini koʼp stanokda ishlovchi toʼquvchilarda oʼrganib, juda qimmatli materiallarni yigʼadi. Uning fikricha, diqqat bu kasbdagi odamlarda ixtiyorsiz va ixtiyoriy muvozanatlashgan boʼlishi mumkin. Bir necha stanokda ishlash malakalari hosil boʼlishi natijasida bularda ixtiyoriy muvozanatlashgan diqqat turi vujudga keladi.
Diqqatning boʼlinuvchanligi ustida olib borilgan tadqiqotlar shuni koʼrsatadiki, ikkita yoki uchta ishni birdaniga bajarish mumkin, bunda I.P.Pavlov koʼrsatganidek, ulardan biri tanish (ishlash oldin bajarilganligini eslatuvchi) va bosh miya yarim sharlar poʼstlogʼida "navbatchi punktlar" mavjud boʼlsa amalga oshiriladi. Ikkita faoliyatni bir davrning oʼzida bajarish uchun faoliyatning biri diqqatni talab qilmaydigan yoki avtomatlashgan boʼlishi talab qilinadi. Kishida bunday imkoniyat faqat mashq qilish orqaligina yuzaga kelishi mumkin.
Y.B.Pirogova oʼquvchilarda eshitish va koʼrish diqqatini oʼrganib, eshitish diqqatining koʼlami koʼrish diqqatidan bir necha bor kichikligini taʼkidlab oʼtadi. Diqqat muammosini oʼrganuvchi olimlar uning boshqa psixik jarayonlar bilan bogʼliqligi va roli masalalarini oʼrganganlar.
N.N.Lange..Diqqatning iroda, reflektiv, instinktiv, perseptiv holatlar bilan bogʼliqligini oʼzining "Irodaviy diqqat nazariyasi" asarida koʼrsatib beradi.

 K.D.Ushinskiy.ishlarida diqqat toʼgʼrisida bir qator fikrlar aytilgan. Diqqat obyektni toʼla va aniq idrok qilish qobiliyatiga ega. Ziyraklikning qator sabablariga oldin idrok qilingan obyekt izlarining ahamiyatidan tashqari K.D. Ushinskiy "ta'sirotning kuchi va toʼplangan aktlarni boshqara olishni koʼrsatadi". Bolaning rivojlanishi uchun diqqatini toʼgʼri yoʼnaltira olish muhimligini koʼrsatib oʼtadilar. Diqqatning toʼlaligi barqarorligini taʼminlovchi toʼplanishning psixologik mexanizmlarini muhokama qilish ham K.D.Ushinskiyning asarlarida uchraydi. U diqqatning asosiy omili irodaviy boshqarish deb hisoblaydi. Shuning uchun diqqatni maqsadga yoʼnaltirib, boshqara olish qiyin va murakkab jarayondir.


K.D.Ushinskiyning koʼrsatishicha, kishi oʼz hissiyotlarini diqqat orqali boshqaradi, bunda u ixtiyoriy yoki faol turlarga ajratadi. Uningcha, ixtiyoriy diqqat bizning tomonimizdan zoʼr berish orqali oʼziga predmet tanlaydi. Ixtiyoriy diqqatni obyektivlashtirish faol xarakteridan biridir. Chunki u kishining oʼzi orqali qoʼzgʼatiladi va qoʼllaniladi.
K.D.Ushinskiyning aytishicha, ixtiyorsiz diqqat tashqi va ichki sabablarga koʼra hosil boʼladi. Tashqi sabablar qoʼzgʼatuvchining kuchiga organizmning ayni vaqtdagi holatiga bogʼliq.
Passiv diqqatning ichki sabablari sezgilarimiz izlarining bogʼlanishidir. Idrok qilingan obʼektning yangiliklar bosqichini diqqatning istovchi omili ekanligini muallif farqlaydi. Diqqat qaratilayotgan obyekt maʼlum oʼlchovda boʼlishi kerak.
Diqqatning psixologik tahlilini K.D.Ushinskiy tarbiya muammosi bilan bogʼlab, diqqatni boshqara bilishni aqliy rivojlanish va amaliy faoliyat uchun asosiy omil deb hisoblaydi. Diqqatning maqsadga muvofiq boshqarish yoki idrok qilish paytida asosiy ishdan tashqaridagilarga chalgʼimaslik tushuniladi. Tarbiyachining vazifasi bolalarning faol diqqatini toʼgʼri yoʼnalishda koʼrish va ularning diqqatini oʼzlari boshqarishga oʼrgatishdan iboratdir.
K.D.Ushinskiy tomonidan yechilgan muammolar oʼtkazilgan tekshirishlar shuni koʼrsatadiki, u ongning toʼplanish qobiliyatini diqqat deb tushundi, shu bois diqqatni oʼrganishda shaxs psixologiyasidan kelib chiqib yondashdi va tabiiy-ilmiy jihatlarini tushuntirishda oʼz davrining fiziologik bilimlaridan unumli foydalandi.
L.S.Vigotskiy.Nazariy jihatdan katta oʼrin olgan masalalardan biri "oliy psixik funksiyalarning rivojlanishi va strukturasi" toʼgʼrisidagi L.S.Vigotskiy ilgari surgan konsepsiyadir. Buning asosida ikkita faraz yotadi:
А) psixik faoliyatning xarakteri haqidagi;
B) birlamchi tashqi va ichki faoliyatdan ichki psixik jarayonlarning namoyon boʼlishi haqidagi.
L.S.Vigotskiy psixik funksiyalar rivojlanishini oʼrgana borib, ular ichiga ixtiyoriy diqqatni ham kiritadi. Uning fikricha, bola diqqatining tarixi - bu bola xulqining paydo boʼlishi tarixidir. L.S.Vigotskiy ishlarining xarakterli tomoni kishi psixikasini tushunishda tarixiy va genetik yondashishdir. Buni u diqqatni oʼrganishga ham tadbiq qilgan va diqqatning rivojlanishini koʼrsata olgan. Muallif diqqat rivojlanishining ikkita yoʼnalishini koʼrsatadi:

Yüklə 103,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə