Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Diqqatning natural (tabiiy) rivojlanishi



Yüklə 103,85 Kb.
səhifə7/16
tarix16.06.2022
ölçüsü103,85 Kb.
#89571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Қаюмжонова G

1.Diqqatning natural (tabiiy) rivojlanishi. Bunda muallif umumorganik rivojlanishini tushuntiradi, yaʼni markaziy nerv tizimining strukturaviy va fuksional jihatdan oʼsishini koʼrsatadi. Bu rivojlanish butun hayot davomida boʼladi, ammo bunda "sekinlashgan" va "bir oz pasaytirilgan" koʼrinishlari mavjud.
2.Diqqatning madaniy rivojlanishi. Bunda ixtiyoriy diqqatning namoyon boʼlish xususiyati madaniy konsepsiya bilan bogʼliq deb tushuntiriladi. Katta yoshdagi odamlar diqqatining psixologik mexanizmi haqida gapirib, tashqi operasiya organizm xulqini ichki operasiyasiga aylanadi, deydi. Madaniy rivojlanish bola tashqi muhit bilan aloqa qila boshlagandan oʼsa boshlaydi.
L.S.Vigotskiyning ilmiy yutug'i shundan iboratki, u diqqat muammosini oʼrganishda ijtimoiy va genetik nuqtai nazardan yondashdi. Ixtiyoriy diqqatni tashqi stimullar vositasida nutq funksiyasini yoʼnaltirish deb tushuntira oldi.
A.N.Leontev.L.S.Vigotskiy ishlarini А.N.Leontev oʼz tadqiqotlarida davom ettirib, ixtiyoriy diqqatning rivojlanishini oʼrgandi. U ixtiyoriy diqqat xatti-harakatni boshqarishning oliy shakli va tarixiy rivojlanish mahsuli deb tushundi.









1-rasm
Uzoq vaqt А.N.Leontev maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatini tekshiradi. Chunonchi, idrok bilan diqqat aloqasini oʼrgandi. Diqqat hodisasi shunday hodisaki, u idrokning qanday kechishi bilan belgilanadi, deb tushuntirdi. А.N.Leontev keyingi ishlarini oʼquvchilar diqqatini rivojlantirish va ularda idrokni boshqarish, koʼrish, eshitish, qoʼyilgan topshiriqni tushunish kabilarni yegallash muhim rol oʼynashini koʼrsatdi.
B.G.Ananev."O'quvchilarda diqqatni tarbiyalash" nomli asarida diqqatni hamma vaqt tekshirish, tadqiq qilish kerak deydi. Buning uchun mana bunday vaziyatlarga eʼtibor qilishni koʼrsatib oʼtadi, darsni toʼgʼri tashkil qilish, taʼlimning puxtaligi, oʼqituvchining pedagogik mahorati, oʼquvchilarning darsdagi faoliyatini toʼgʼri tashkil qila bilish kabilarni taʼkidlaydi. B.G.Аnanev bu bilan diqqatning uzoq vaqt bir obyekt ustida toʼplay bilish kerakligini uqtiradi.
I.V.Straxov.Uning qarashlariga koʼra, kishi diqqati kelib chiqishiga va ishlash uslubiga qarab ijtimoiy tabiatga ega.U kishilarning mehnat faoliyatiga sabab boʼladi va mehnat jarayonining asosiy psixologik komponentlaridan biri boʼlib sanaladi. Diqqatning muhim belgisi faoliyat jarayonida va atrofdagilar bilan aloqada kishi psixikasining toʼplanishidir.
Qator munosabatlarda toʼplanish ikki xil xarakterda boʼladi, u predmet va hodisalarga tanlab yoʼnaltiriladi, yaʼni diqqat obyektini ongli ajratish, bu vaqtda boshqa koʼp obyektlardan chalgʼish vositasi bilan aktlar tizimini tashkil qiladi, toʼplanish mehnat predmetiga yoʼnaltiriladi, lekin uning jarayoni ham diqqat obyekti hisoblanadi. Toʼplanish faoliyat obyektiga va u bilan harakatga yoʼnaltiradi.Diqqat psixikaning alohida tomoni va shakli hisoblanmaydi va qandaydir birorta funksiyani bajarishga oʼz-oʼzidan koʼchmaydi. Maqsadga yoʼnalgan, intensiv-psixik faoliyatning strukturaligi funksional asosini oʼzgarishga, mahsuldorligining oshishiga va miyaning barqaror ishlashiga olib keladi.
Kishi diqqati mehnat faoliyatiga, faoliyat jarayoniga, mehnat qurollariga yoʼnaltiriladi. Diqqat predmetlari bir xil emas, balki har xil faoliyat turlarida turlicha bajariladigan mehnat operasiyalari va vositalari kishi mehnat predmetiga taʼsir qiladi. Bularga bogʼliq ravishda diqqatni faoliyat turlarida oʼrganish psixologik muammolari vujudga keladi. Oʼtkazilgan tekshirishlar asosida I.V.Straxov diqqat koʼp funksiyali jarayondir, degan xulosaga keladi. Bu funksiyalarni amaliy bajarish - mehnat, oʼqish, ilmiy va boshqa faoliyat turlaridan birortasining shart-sharoiti mahsuldorligini belgilaydi. Faoliyatning har bir turi diqqatga alohida maʼsuliyat yuklaydi.
Diqqat alohida kishilarning munosabatlarida jamoada oʼziga xos funksiyani bajaradi. Kishilarning kuzatuvchanligida, boshqa odamlarning psixik holatini tushunishda, ziyraklikning faol shakllarida aks yetadi. Ziyraklik mehnatda va kishi bilan munosabatida axloqiy-psixologik ahamiyatga ega boʼladi. Shunga muvofiq ziyraklikning motivasiyasi oʼrganilib, uning aks yetishining shakllari va ularni tarbiyalash masalasi koʼrib chiqiladi. Ziyraklikning bunday oʼrganilishi uning taqlilida va shaxs psixologiyasida yangi yoʼnalishdir. Ular oʼz ishlarida diqqatning oʼrganilishi koʼrsatilgan aspektlarini sintez qilishga harakat qiladilar.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan koʼrinib turibdiki, I.V.Straxov diqqatning bilish jarayonidagi ahamiyatiga uning faol psixologik aks yettirish imkoniyatiga alohida eʼtibor beradi. Shuningdek, diqqat bilish faoliyatining borliq bilan aloqasida, uni keng va chuqur aks yetishida muhim mexanizm boʼlib hisoblanadi.
Diqqat shaxsning yoʼnalishida toʼplangan jarayon sifatida ishlaydi. Keng maʼnoda bu soʼz asosida ehtiyoj, qiziqish, qarash, ideal kabi tarkibiy qismlar mavjud. Diqqat psixik jarayonlar tuzilishida koʼrsatilgan omillardan hosil qilingan hodisa sifatidagina qatnashmay, balki u shaxsning boshqa xususiyatlariga munosabatda tayanch xususiyat sifatida qatnashadi.
I.V.Straxov "Diqqat va nutq" muammosi boʼyicha tadqiqot ishlarini olib borgan. U nutq shakllari va funksiyalarini hamda tasviriy faoliyatni tahlil qiladi. U oʼquvchilarda sport gimnastikasi darslarini psixologik tahlil qiladi va oʼrganadi.
Muallifning taʼkidlashicha, diqqatni nutqiy boshqarish quyidagi omillarda, yaʼni predmetni nomlashda, yoki maqsadli harakatlarga toʼplashda, faoliyatni rejalashtirishda diqqatni ilgarilab ketish aktlarida, qidirish faoliyatlarida, diqqatni koʼchish jarayonining verbalizasiyasida ahamiyati yuqori.
Yuqoridagi nazariyalar orqali diqqatning aynan nima ekanligi va uni individning shaxs bo'lib shakllanishida qanchalik ahamiyatli ekanliginini isbotlarini ko'rish mumkin.Ayniqsa Leontev,Vigotskiy,Ananevlarning nazariyalari aynan shaxsning diqqat strukturalarini ochib bergan.


Yüklə 103,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə