Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Diqqatning namoyon bo'lishi va turlari



Yüklə 103,85 Kb.
səhifə8/16
tarix16.06.2022
ölçüsü103,85 Kb.
#89571
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Қаюмжонова G

1.2.Diqqatning namoyon bo'lishi va turlari.
Odam ayrim narsalarga o’z diqqatini ongli ravishda o’zi hohlab qaratsa, boshqa bir narsalar diqqatni beixtiyor ya’ni bizning hohishimizdan tashqari jalb qiladi. Odam psixik faoliyatining muayyan obyektga yo’naltirilishi va to’planishida ifodalanadigan diqqat quyidagi turlarga bo’linadi.
Diqqatning aktivligiga qarab - ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so’nggi diqqat.
Diqqatning ob'ektiga qarab - tashqi va ichki diqqat
Diqqatning faoliyat turlariga qarab - individual, guruhiy va jamoaviy diqqat


Ixtiyorsiz diqqat



Odamning ko’z o'ngida paydo bo’ladigan juda yorqin rangli narsalar, o ’zining tashqi ko’rinishi jihatidan odatdagi narsalardan keskin farq qiluvchi predmetlar, to’satdan paydo bo’lgan qattiq tovush, biror narsaning keskin harakati va shu kabilar ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar bo'lishi mumkin. Masalan, hikoya o'qish mashg’uloti paytida to’satdan uchib o ’tgan reaktiv samolyotning qattiq va bahaybat tovushi hammaning diqqatini beixtiyor o ’ziga jalb qiladi. Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan diqqatdir. Shuning uchun ham ayni chog'dagi ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimiz bilan bog'liq bo’lgan narsalarning ta'siri ixtiyorsiz diqqatga sabab bo’ladi. Masalan, erkin o ’yin paytida zaldan eshitib qolgan bolani qiziqtirgan musiqa ovozi uning diqqatini o’yindan darhol o ’ziga jalb qilib oladi. Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini orientirovka yoki bu nima? refleksi tashkil qiladi. Chunki tevarak-atrofimizdagi narsalarning salgina o'zgarishi bizda darhol orientirovka refleksini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, "nima gap?” degan ma’noda atrofimizga razm sola boshlaymiz.
Ixtiyorsiz diqqatni tug'diruvchi sabablar, avvalo, bizga ta’sir qiluvchi qo'zg'ovchilarning qandaydir mashhur xususiyatlaridir: chunonchi, ularning go'zalligi, yorqinligi, kuchi, kattaligi, harakatchanligi, uzoq davom etishi, to'satdan sodir bo'lishi, kontrastligi va hokazo. Masalan, shiqildoqli chiroyli va yaltiroq o'yinchoq bog'cha yoshigacha bo'lgan bolalaming diqqatini o'ziga jalb qiladi. Qattiq tovush - momaqaldiroq, otilgan o'qning ovozi -beixtiyor ravishda diqqatimizni o'ziga tortadi. Chunonchi, kutilmagan holda to'satdan sinfga uchib kirgan kapalak yoki qovoqari ixtiyorsiz ravishda o'quvchilaming diqqatini o'ziga tortadi. Shuningdek, Moskvaning ko'chalaridagi juda katta baland binolar diqqatimizni beixtiyor o'ziga jalb qiladi. Jimjitlik davom etib turgan bir paytda to'satdan paydo bo'lgan shovqin-suron va. aksincha, shovqin-surondan so'ng sodir bo'lgan jimjitlik ham beixtiyor ravishda diqqatimizni jalb qiladi.
Bundan tashqari, ixtiyorsiz diqqat bizning faoliyatimiz, turmush tajribamiz bilan bog'liq bo'lgan va ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimizga javob bera oluvchi hamda bizda ma’lum bir hissiyot uyg'ota oluvchi narsalarning ta’siri bilan ham vujudga keladi.


Ixtiyoriy diqqat

Odamning ko’pchilik faoliyatlari asosan ixtiyoriy diqqatning ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun barcha faoliyat turlarida, ya'ni o’qish, o’yin va mehnat faoliyatlarida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turi bo’lib, u zo'r berishlikni, ya'ni irodaviy kuch sarf qilishlikni talab etadi.


Ixtiyoriy diqqatning nerv fiziologik asosida miya yarim sharlarining po'stida vujudga keladigan optimal qo'zg'alish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli g'oyat kattadir Chunki ko’pchilik hollarda hoh ta’lim jarayonida bo’lsin, hoh mehnat jarayonida bo’lsin nutq orqali turli vazifalar qo’yish bilan ixtiyoriy diqqat ishga solinadi.
O'quvchining tushuntirilayotgan yangi darsni eshitib oshirishi shu ixtiyoriy diqqat bilan ishlashning misoli bola oladi. Bunda o‘quvchi «eshitib o‘tiraman» deb, ilgaridan o‘z oldiga maqsad qo‘yadi va o'z diqqatini faqatgina o‘qituvchining so‘ziga qaratish uchun kuch sarf qiladi. Shuning bilan birga, olquvchi beixtiyor ravishda paydo boMib, o'qituvchining so'zini eshitishga xalaqit beruvchi idrok, fikr, hissiyot, xayol kabi boshqa psixik jarayonlarni yo‘qotish uchun ongli ravishda harakat qiladi. Ixtiyoriy diqqat, masalan, ninaga ip taqish kabi juda oddiy ishda, ayniqsa, ochiq ko‘rinadi. Juda ko‘p har xil ishlar borki, ular asosan, ixtiyoriy diqqatni talab qiladi, masalan: musahhihning ishi, g'isht teruvchining ishi, ekskavatorda ishlash va shuning kabilar. Bu ishlar boshlanishdan oxirigacha ixtiyoriy diqqat asosida bajariladi.
Shuni aytish lozimki, ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilan almashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat vaqtida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamdan hamma vaqt iroda kuchini sartlashni talab etadi. Iroda kuchini sarflash orqali, ya'ni odam o'zini majbur qilish orqali diqqatni safarbar qilishi odamni charchatadi, Ixtiyorsiz diqqatda esa hech qanday iroda kuchini ishga solish talab etilmaydi.
Shuning uchun ixtiyorsiz diqqatda odam charchamaydi. Ana shu jihatdan olganda ta'lim va mehnat jarayonida ixtiyoriy diqqatning vaqti-vaqti bilan ixtiyorsiz diqqatga o'tib turishi yaxshi bo'ladi.
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat turlari o‘rtasidagi farq shundan iboratki, ixtiyorsiz diqqat bilan qilinadigan faoliyat ko'pincha unchalik zo‘r bermay, ancha yengillik bilan va deyarli toliqmasdan amalga oshiriladi; ixtiyoriy diqqat bilan amalga oshiriladigan har qanday faoliyat esa anchagina zo‘r berishni talab qiladi va birmuncha toliqarli bo'ladi. Yuqorida ko'rsatilgan ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqat o'rtasidagi ayirmalarga ikkita alohida funksiya deb qarash yaramaydi.
Ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqatning ham muhim belgilari bir xildir. Bunday belgilar biron faoliyat davomida biz idrok va tasavvur qiladigan hamda uning haqida fikr yuritadigan ma’lum narsaga ongimizning qaratilishi va to'planishidan iboratdir
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana bir alohida turini ixtiyoriydan so'nggi diqqatni ko'rsatib o ’tish mumkin. Bu tushuncha psixologiyaga N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan.
Agar maqsadga qaratilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy to’planganidagi kabi faqat faoliyat natijasi emas, balki uning mazmuni va jarayonning o ’zi qiziqarli va ahamiyatli bo’lsa ixtiyoriydan so ’nggi diqqat deb tushunish mumkin. Bu qoida faoliyat kishini shu qadar qiziqtirib yuboradiki, u diqqatni ob'ektga qaratish uchun sezilarli irodaviy kuch-g’ayrat sarflamasa ham bo'laveradi. Shunday qilib, ixtiyoriydan so'nggi diqqat ixtiyoriy diqqatdan keyin namoyon bo’lgan holda shuning o'zidangina iborat deb hisoblash mumkin emas. Masalan, yuqori sinf o'quvchisi imtihonga tayyorlanayotib qiyin kitobni qisqacha mazmunini yozib chiqar ekan, oldiniga o ’zini diqqat-e'tiborli bo’lishga, chalg’imaslikka majbur qiladi. Lekin keyinchalik u ishga shunday qiziqib ketadiki, oqibatda uni kitobdan chalg’itish qiyin bo’ladi. Dastavval irodaviy kuch-g’ayratlar madadiga tayangan diqqat ixtiyoriydan so'nggi diqqatga aylanadi. Ixtiyoriydan so'nggi diqqat biror narsaga uzoq vaqt davomida juda ham barqaror qaratilishi bilan belgilanadi, ko’proq yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatning barcha turdagi mehnatning yuksak unumdorligini asosli ravishda ana shunday diqqat turi bilan bog’liq deb hisoblaydilar



Yüklə 103,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə