Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 103,85 Kb.
səhifə9/16
tarix16.06.2022
ölçüsü103,85 Kb.
#89571
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Қаюмжонова G

TASHQI DIQQAT.Manbai bizning ongimizdan tashqarida bo'lgan diqqatga tashqi diqqat deb ataladi. Tashqi diqqat dastavval bizning idroklarimiz jarayonida namoyon bo'ladi. Haydovchi, vagon haydovchisi, tikuvchining ishida sodir bo'ladigan diqqat tashqi diqqatga misol bo'la oladi. O'quvchining o'qituvchi bayonini tinglashdagi, kitob o'qishdagi, suratlarni ko'rishdagi va tabiat hodisalarini kuzatishdagi diqqati ham tashqi diqqatdir. Narsa va hodisalami qaysi sezgi a’zoimiz bilan idrok qilayotganimizga qarab, tashqi diqqatni ko'rish, eshitish va shuning bilan birga, tuyish, hid bilish va ta’m bilish turlariga ajratish mumkin.Tashqi diqqat faqat idrok qilishimiz jarayonidagina namoyon bo'ladi deb hisoblab bo'lmaydi. Tashqi diqqat biz tasavvur qilayotgan va fikr qilayotgan narsalarimizga ham qaratilishi mumkin. Masalan, muhandis o'z xonasida ishlab o'tirib, ko'rilayotgan binoning ko'rinishini tasavvur qilayotganda va bu binoning qurilishi bilan bog‘liq bo'lgan matematik hisoblami chiqarayotganda uning diqqati tashqi diqqat tarzida namoyon bo'ladi.
ICHKI DIQQAT.Manbayi bizning tasawurlarimiz, fikrlarimiz, hissiyotlarimiz va mayllarimizdan iborat bo'lgan diqqatga ichki diqqat deb ataladi. Biz ongimizning o‘zida sodir bo'layotgan jarayonlarni kuzatayotganimizda, ya’ni o‘z hissiyotlarimizni, fikrlarimizni, istaklarimizni va shuning kabilami kuzatayotganimizda ichki diqqat namoyon bo'ladi.
●Masalan, biz o‘z fikrlarimizni kuzatayotganimizda, bu fikrlarni tekshirayotganimizda, pushaymon qilish hissini boshimizdan kechirayotganimizda, o'z-o‘zimizni tanqid qilayotganimizda va o'z istaklarimizni mulohaza qilayotganimizda ichki diqqat namoyon bo'ladi. Ta’lim jarayonida o'qituvchi darsning borishini va o'z fikrlarining bayon etilish sistemasini kuzatib borishida ichki diqqat namoyon bo'ladi. O'quvchilarda ichki diqqat aqliy hisoblash ishi bilan shug'ullanayotganlarida va xususan ular qandaydir qiyinchiliklarga duch kelganlarida namoyon bo'ladi. Diqqatning bu turi odamning o'z-o'zini tarbiyalash ishida juda yaqqol ko'rinadi. Ichki diqqat odamning o'z-o'zini tarbiyalashi bilan uzviy bog'liqdir. Ichki diqqat o'z-o'zini tarbiyalashning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.

Yüklə 103,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə