Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiyot fanlar fakulteti



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix23.06.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#89976
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
alifatik bir asosli karbon kislotalarning gomologik qatori




 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI 
TABIIYOT FANLAR FAKULTETI 
“KIMYO VA UNI O’QITISH METODIKASI
” kafedrasi 
5110300 - “Kimyo o’qitish metodikasi” yo’nalishi III-kurs
302-guruh talabasi 
Ahmatov Dilmurodning 
“Organik kimyo” fanidan 
ALIFATIK BIR ASOSLI KARBON KISLOTALARNING 
GOMOLOGIK QATORI
mavzusidagi 
KURS ISHI 
Ilmiy
rahbar
: Bozorov N. I.
Ilmiy
darajasi
va
lavozimi
: dotsent v.b., k.f.n. 
Topshirdi

Ahmatov D. A. 
Toshkent -2013



 

REJA: 
 
I.
 
KIRISH. 
1.1
 
Kurs ishining dolzarbligi, maqsadi va vazifalari.
 
II.
 
Asosiyqism 
2.1
 
Bir asosli to’yingan karbon kislotalarning tuzilishi, nomenklaturasi. 
2.2
 
Bir asosli to’yingan karbon kislotalarning olinish usullari. 
2.3
 
Bir asosli to’yingan karbon kislotalarning xossalari. 
2.4
 
Bir asosli to’yingan karbon kislotalarning qo’llanilishi va tabiatda 
tarqalishi. 
III.
 
Xulosa. 
IV.
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 
 
 
 
 



 
KIRISH 
 
1997 yil 29 avgustda “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingandan so’ng respublikamiz butun 
ta’lim tizimi, jumladan, bakalavriat va magistrlar tayyorlash yo’nalishini 
ham tubdan isloh qilishning aniq strategik dasturiga ega bo’ldi. Ana shu 
tarixiy hujjat qatorida Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amaliy ijrosiga, 
shuningdek, bakalavr va magistrlar tayyorlashga bag’ishlangan O’zbekiston 
Prezidentining o’ndan ortiq Farmon va farmoyishlari, O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. Xususan, 2004 
yil 19 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2004-2008 yillarda 
Maktab ta’limini rivojlantirish dasturini tayyorlash chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi farmoyishi, 2004 yil 21 mayda “2004-2009 yillarda maktab 
ta’limini rivojlantirishning davlat umummilliy dasturi to’g’risida”gi 
Farmonlarning qabul qilinishi ta’lim rivoji millat, xalq taqdiriga, yangi yosh 
avlodning kelajagiga, iqtidoriga daxldor ekanini ko’zda tutadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish 
Davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetkazildi. 9 yillik 
umumta’lim maktab bosqichini va 3 yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
bosqichini o’z ichiga olgan uzluksiz yaxlit ta’lim tizimi yaratildi. Bir so’z 
bilan aytganda, farzandlarimizga umumiy ta’lim bilan birga, zamonaviy 
kasb-hunarga ega bo’lish imkonini beradigan 12 yillik ta’lim tizimiga o’tish 
yakunlanmoqda. 
Mazkur huquqiy hujjatlarda birinchidan, yangi ta’lim tizimi, 
ikkinchidan, yangi avlod kadrlarini tayyorlashda ta’lim sohasidagi 
o’zgarishlar, yangi kasb sohalarining paydo bo’lganligi va uning 
O’zbekiston sharoiti, ahamiyatligi bilan bog’liq jihatlari, uchinchidan, bunda 



har bir viloyat, hudud va mintaqa xususiyatlarini hisobga olish tajribasining 
afzalliklari, to’rtinchidan, mamlakatimiz oliy ta’lim sohasidagi 71 ta 
muassasa tayyorlab beradigan yangi avlod kadrlari, ularning umumiy va 
o’ziga xos jihatlariga e’tibor qaratildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 fevralda 
“Yoshlar yili” Davlat dasturi to’g’risidagi qarori e’lon qilindi. Qarorda 
“Yoshlar yili”da bajarilishi lozim bo’lgan asosiy va muhim vazifalar belgilab 
berildi va ular ijrosi 9 ta yo’nalishda amalga oshirildi. 
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan 
iborat: 

ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; 

ta’limning uzluksizligi va izchilligi; 

umumiy o’rta, shuningdek o’rta maxsus, kasb hunar ta’limining 
majburiyligi 

o’rta maxsus, kasb hunar ta’limining yo’nalishini: akadmik litseyda yoki 
kasb hunar kollejida o’qishning tanlashning ixtiyoriyligi; 

ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi: 

davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun 
ochiqligi: 

ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv: 

ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish: 
Mamlakatimiz oliy ta‘lim muassasalarida 2012-2013 o‘quv yiliga 
tayyorgarlik 
ko‘rish 
va 
yaratilayotgan 
shart-sharoitlardan 
keng 
jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida joriy yilning 24 avgust kuni Milliy 
matbuot markazida Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan matbuot 
anjumani o‘tkazildi. 
Tadbirda vazirlik rahbariyati va mas‘ul xodimlari, oliy ta‘lim 
muassasalari rektorlari, prorektorlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 



Yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, talabalar uchun zamonaviy 
shart-sharoitlarni yaratish, o‘quv jarayoniga eng ilg‘or pedagogik 
texnologiyalarni joriy etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng 
qo‘llash, Axborot-resurs markazlarining samarali ishlashini ta‘minlash, 
laboratoriya amaliyoti va kasbiy amaliyotni kerakli darajada tashkil etish, 
talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, shuningdek, yuqori malakali 
professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish har tomonlama bilimli va 
yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 
Yaqinda respublikamiz oliy ta‘lim muassasalariga bakalavriat ta‘lim 
yo‘nalishiga kirish bo‘yicha test imtihonlari natijalari e‘lon qilinib, unga 
ko‘ra, yangi o‘quv yilidan boshlab 56 607 nafar 1-kurs bakalavrlar o‘qishni 
boshlaydi. Talabalikka qabul qilinganlarning 10%i esa o‘qishga kirishda 
belgilangan imtiyozlardan foydalangan.Ular asosan muddatli harbiy 
xizmatni imtiyozli o‘tab kelgan yoshlar, respublika va xalqaro fan 
olimpiadalari g‘oliblari. 
Aytish joizki, ta‘lim sohasidagi davlat siyosatini yangi islohotlar 
bosqichiga ko‘tarishga xizmat qilayotgan muhtaram Prezidentimiz 
tomonidan qabul qilingan “Oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik 
bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini 
tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror bilan 2011-2016 
yillarda 
oliy 
ta‘lim 
muassasalarining 
moddiy-texnik 
bazasini 
modernizatsiyalash va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash 
bo‘yicha Dastur tasdiqlandi. 
Mazkur Dastur bilan Oliy ta‘lim muassasalarining modiy-texnik 
bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy o‘quv va 
ilmiy-laboratoriya jihozlari bilan ta‘minlash, yuqori malakali kadrlar 
tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini maqbullashtirish, ta‘lim 
standartlarini takomillashtirish hisobiga ta‘lim jarayonini sifat jihatidan 



yangi bosqichga ko‘tarish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘qitish 
shakllarini joriy etish, o‘qituvchi kadrlar mehnatini rag‘batlantirishni 
kuchaytirish asosida iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab qilinadigan oliy 
ma‘lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-
tadbirlari belgilangan. 
Dasturni amalga oshirish davomida oliy ta‘lim muassasalarida 190ta 
o‘quv-laboratoriya binolari, talabalar turar joylari va sport inshootlarini 
zamonaviy tarzda qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal ta‘mirlash 
ko‘zda tutilgan. 
Bugungi kunda 8 ta oliy ta‘lim muassasalarining 32 yaqin ob‘ektlarida 
qurish, rekonstruktsiya qilish va ta‘mirlash ishlari boshlab yuborilgan.
Shu bilan bir qatorda, OTMlarida mavjud infratuzilmani yanada 
rivojlantirish, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish 
maqsadida sport inshootlari, axborot resurs markazlari, ovqatlanish 
shaxobchalari kabi ob‘ektlarni qo‘shimcha yaratish va zamonaviy jihozlash 
masalalari ham ko‘zda tutilgan.
2012-2013 o‘quv yiliga ma‘naviy-axloqiy tarbiya yo‘nalishida olib 
borilayotgan ishlar bevosita “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi bilan 
bog‘liq holda amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 9 may – 
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Inson xotirasi – boqiy, qadr-
qimmati - ulug‘” mavzuida ommaviy axborot vositalariga bergan intervьyusi 
mazmun-mohiyatini o‘rganish bo‘yicha ilmiy ommabop risola tayyorlanib, 
2012-2013-o‘quv yilidan boshlab risola asosida maxsus kurs o‘qitiladi. 



Kurs ishining yozilishidan maqsad shundan iboratki, bunda talaba o’zi 
mustaqil ravishda izlanadi, izlangan sari bu mavzuni mustaqil ravishida 
o’zlashtirib boradi. 
Kurs ishining vazifasi talabaga darslikdan tashqari kitoblardan ham 
ma’lumot yig’ish uni o’rganish va kerak bo’lganda o’rgangan bilimlarini 
takomillashtirib hayotga tadbiq etishiga, qisqa qilib aytganda talabaning 
bilim darajasini mukammanlashtirishga yordam beradi. Prizedentimiz Islom 
Abdug’aninievich Karimov ham bu xususda alohida to’xtalib, yosh va 
bilimga boy kadrlar har tomonlama O’zbekistonning rivojlanishiga katta 
hissa qo’shajagini bir nechamarta takrorlagan va tegishli qonun va qoidalar 
chiqargan. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə