Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 229 Kb.
səhifə3/4
tarix31.12.2021
ölçüsü229 Kb.
#81837
1   2   3   4
Prezident Sh.Mirziyoyevning besh tashabbusi- jamiyat ma’naviy yuksalishining muhim omili sifatida.

Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalarini nazarda tutadi.

Prezidentning joriy yilda Sirdaryo hamda Namangan viloyatlariga qilgan amaliy tashrifi davomida mazkur hududlardagi tuman va shahar kutubxonalariga bir necha yuz ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. “Ma'rifat karvoni” tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi.



Mazkur 5 tashabbus keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Endilikda ushbu tajribani yurtimizning barcha hududlarida keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Madaniyat vazirligi va Xalq ta'limi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman va shaharlarda madaniyat markazlari va umumta'lim maktablarida yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qo‘shimcha 1,5 mingta to‘garak tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Tashabbuskor iste'dodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi ta'kidlandi.

Taniqli san'atkor va iste'dodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga ko‘makchi sifatida biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olib, bu tajribani butun mamlakatga yoyish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Unga muvofiq, taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, o‘sha joylarda madaniyat va san'atni rivojlantirishga mas'ul bo‘ladi, tuman va shaharlar hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi.

Musiqa va san'at sohasida oliy ma'lumotli kadrlarni ko‘paytirish masalasiga ham e'tibor qaratildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim hamda Xalq ta'limi vazirliklariga muayyan mavzular bo‘yicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor o‘tkazilishini tashkil qilish topshirildi.

Ikkinchi tashabbusga doir masalalar muhokama qilinar ekan, diyorimizda 12 mingdan ziyod sport inshootlari borligi, lekin yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish darajasi yetarli emasligi qayd etildi. Umumta'lim maktablarining sport anjomlari bilan jihozlanish ko‘rsatkichi mamlakat bo‘yicha 56 foizni, jumladan, Surxondaryo viloyatida 12 foizni, Xorazmda 14 foizni, Qoraqalpog‘istonda 15 foizni tashkil etadi, xolos.

Yig‘ilishda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar belgilab berildi.

Tuman va shaharlar hokimlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga mutaxassislar bilan birgalikda yoshlarning sport turlariga qiziqishi hamda sport inshootlarining jihozlanish darajasini o‘rganib, shu asosda takliflar berish, Vazirlar Mahkamasiga ularni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar manbasini aniqlash vazifasi yuklatildi.

Olis va chekka qishloqlarda yengil konstruksiyali sendvich panellardan kichik sport zallari va sun'iy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor tadbirkorlarga sport inshootlari tashkil etish uchun yer ajratish zarurligi ta'kidlandi. Bunday tadbirkorlarga O‘zmilliybank tomonidan “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Joylardagi sport maktablariga xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lgan taniqli sportchilarni rahbar etib tayinlash, shuningdek, sportchilarni oliy o‘quv yurtlarining maxsus sirtqi bo‘limlarida maqsadli o‘qitish yaxshi natija berishi qayd etildi. Bolalar va o‘smirlar sport maktablari sonini ko‘paytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Videoselektorda yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga o‘rgatish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratildi.

Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o‘rin tutadi. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir”.

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomil­lashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar yo‘lga qo‘yildi, muayyan natijalarga erishildi. Shunday bo‘lsa ham, bu borada bajariladigan ishlar hamisha keng ko‘lamli bo‘lib, o‘z dolzarbligini saqlab qola­veradi. Shu nuqtayi nazardan, Prezi­dentimiz rahbarligida 2019-yil 19-martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texno­logi­yalari, kitob o‘qishga qiziqi­shini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan video­selektor yig‘ilishida yosh­larni rivojlantirishga qara­tilgan ma­sa­lalar muho­kama qilindi va sohalarga taalluqli 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi. Bular quyidagilar:

Birinchi tashabbus  yosh­lar­ning musiqa, rassom­lik, ada­biyot, teatr, va san’atning bosh­qa turlariga qiziqishlarini oshi­rish bo‘yicha.

Ikkinchi tashabbus  yosh­lar­­ni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish masalalari bo‘yicha.

Uchinchi tashabbus  aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari bo‘yicha.

To‘rtinchi tashabbus  aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha.

Beshinchi tashabbus  xo­tin-qizlarni ish bilan ta’minlash ishlarini tizimli tashkil etish masalalari bo‘yicha.

Mazkur tashabbuslar yosh avlodni har tomonlama mukam­­mal tarbiyalash, ular­ning bo‘sh vaqtini maz­munli va samarali o‘tkazish ishlarini qamrab olgan bo‘lib, tegishli sohalar ishtiro­kida amalga oshirib boriladi. Yig‘ilishda har bir tashab­bus­ning maqsadi aniq belgilanib, ijro etuvchi soha­larga tegishli vazifalar yuklatildi. Jumladan, Respub­lika Ma’na­viyat va ma’rifat markazi ham to‘rtinchi tashab­bus — aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksal­tirish, ular o‘rtasida kitobxon­likni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha mas’ul tashkilot sifatida jarayonda faol ishtirokchiga aylanadi. Markaz­da quyidagi yo‘nalish­larda amaliy ishlar olib borish yo‘lga qo‘yilmoqda:

1) tegishli tashkilotlar mas’ul­ligi va hamkorligida 1 oy muddatda mazmun va mohiyat nuqtayi nazaridan milliy ruhimiz, shonli tariximiz va vatanparvar ajdodlarimizga munosib bo‘lgan harbiy qasamyodning yangi matni bo‘yicha taklif tayyorlash;

2) Xalq ta’limi vazirligi mas’ul­ligida Yoshlar ittifoqi bi­lan hamkorlikda  an’anaviy tarzda bir yilda ikki marotaba, 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni va 2-sentabr — Bilimlar kunida mam­lakatimiz bo‘ylab o‘tkazila­digan “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida aksiya tashkil qilish;

3) Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul tashkilot sifatida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbe­kiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbe­kiston milliy teleradio­kom­paniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbe­kiston Milliy axborot agentligi va Jurnalistlar uyushmasi bilan birgalikda, bir yilda bir marta — 9-fevral — buyuk ajdodimiz Alisher Navoiyning tavallud kunida e’lon qilinadigan “Bu yilda o‘qilishi zarur bo‘lgan 100 ta kitob” ro‘yxatini tuzib chiqish, ushbu kitoblarning yil davomida tele va radioefir­larda o‘qib borilishi, el tanigan ziyolilar orqali barcha turdagi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng tashviqotini tashkil qilish;

4) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mas’ulligida Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan ham­korlikda jahon va o‘zbek adabiyoti, tari­ximiz va qadriyat­larimiz bilan bog‘liq sara asarlar, shuningdek, islom dini tarixi, islom dinining asl mazmun-mohiyati va yurti­mizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar haqida hikoya qiluvchi ixchamlashtirilgan matnlarni chop etish va audio­kitoblar tayyorlashni ta’min­lash;

5) Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul tashki­lot sifatida Yoshlar ittifoqi va Madaniyat vazirligi bilan birga­likda yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, ularni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda kitobxon­likka keng jalb etishga qaratil­gan ta’sirchan, tizimli, maqsa­dli va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Bugungi kunda mazkur vazi­falar ijrosi yuzasidan tegi­shli tashkilotlar bilan ham­korlik yo‘lga qo‘yilib, zarur chora-tadbirlar belgilanib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

Davlatimiz rahbari tomoni­dan yosh avlodni tarbiyalash ishlariga bunday aniq va maqsadli yondashuv, tizimli va tartibli qat’iy munosabat barcha soha vakillarini, shuningdek, keng aholi qatlami, ayniqsa, yoshlarni yanada sergak­lantirib, daxldorlik hissi va mas’ulligini oshirmoqda.  Oliy hamda ezgu maqsadlar sari bir yoqadan bosh chiqarib, birgalikda harakat qilish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash orqali yuqori natijalarga erishish, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga undamoqda.

Ma’naviyat va ma’rifat o‘chog‘i bo‘lgan kutubxonalar yosh avlod dunyoqarashini boyitishga, etuk shaxs bo‘lib shakllanishiga xizmat qiladi. Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali axborot-resurs markazi abonentlarga ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot, axborot kutubxona resurslari, elektron axborot  resurslari bo‘limlari orqali  xizmat qiladi. ARMning umumiy fondi 24378 dona adabiyotdan iborat. Ulardan 5666 donasi  darslik,7887 ta o‘quv qo‘llanma, 3120 badiiy adabiyot, 7705 dona ilmiy-ommabop  va 1822 dona elektron, 98 ta SD- DVD disklardagi adabiyotlardir.2019 yil davomida Oliy  va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va OTM hisobidan  kutubxonamiz fondi yana 6584 dona adabiyot bilan boyidi. “Rahbardan 10 kitob” aksiyasida faol ishtirok etgan universitetimiz rahbariyati va professor -o‘qituvchilari ham kutubxona fondi boyishiga katta hissa qo‘shdilar.Axborot resurs markazidagi  internet tarmog‘iga ulangan  27 dona  kompyuter va barcha zarur axborot kommunikatsiya texnologiyalari foydalanuvchilar xizmatida. ARMning  yangi ta’mirlangan 100 o‘rinli o‘quv zali va IKT xonasida talabalar , professor-o‘qituvchilar va filial ishchi xodimlariga mutolaa uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bugungi kunda ARM xizmatidan  1713 abonent foydalanmoqda, professor-o‘qituvchilardan va xodimlardan 196 nafar, talaba yoshlardan 1537 nafari muntazam kutubxona fondidagi adabiyotlardan bahramand bo‘lishmoqda.  Universitet talabasiga aylangan, ilm olish va badiiy adabiyot bilan tanishish istagida  bo‘lgan yigit-qizlarni ARM fondi, o‘quv zali bilan tanishtirib boramiz. Davlatimiz rahbarining shijoati  bilan olg‘a surilgan besh tashabbus tamoyillaridan to‘rtinchi – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni targ‘ib etishda har bir kutubxona xodimi faollik ko‘rsatishi lozim. Kitobxonda  mutolaa madaniyati  manbaani to‘laqonli tushunishi, undan estetik zavq olishi, muallif fikri va g‘oyasini anglashi hamda uni baholay olishi orqali shakllanib boradi. YOshlarimizda mutolaa madaniyatini o‘stirish maqsadida  universitet axborot resurs markazi tomonidan yil davomida tadbirlar va uchrashuvlar tashkil etish rejalashtirilgan.  Filialimizda ilm-fanning sir-asrorlarini chuqur o‘rganishga kirishgan yoshlar kutubxona fondidan unumli foydalanishiga o‘z hissamizni qo‘shayapmiz.

Joriy yilning 7-8 iyun kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusni oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘quv seminarda vazirliklar, qo‘mitalar, nodavlat va notijorat tashkilotlar mutasaddilari, 40 nafardan ortiq oliy ta’lim muassasalari rektorlari, 150 nafardan ortiq yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor va bo‘lim boshliqlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Sirdaryo va Namangan viloyatlari tajribasi sifatida 2019-yil 19-mart kuni yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta tashabbus ilgari surilgan edi. Mazkur tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida Bo‘ka tumanida tajriba-sinov tariqasidagi Madaniyat va ma’rifat ekoparki faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik targ‘iboti bo‘yicha madaniy-ma’rifiy o‘tkazildi.

Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 24 may kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashuv davomida 5 ta tashabbusning targ‘iboti va unda belgilangan dasturlarni amalga oshirish borasida oliy ta’lim muassasalari oldiga yanada aniq vazifalar qo‘yildi.

Shundan kelib chiqib, 5 ta tashabbusning oliy ta’lim tizimidagi ijrosini o‘rganish bo‘yicha komissiya tuzildi hamda uning zimmasiga ma’naviy-ma’rifiy ishlar, tarbiya jarayonlari, talabalar bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish, ularni jismoniy tarbiya va sport, zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish kabi masalalar holatiga baho berish hamda mazkur masalada amaliy yordamni tashkil etish bo‘yicha dolzarb vazifalar yuklandi.

Komissiya tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur o‘quv seminarining maqsadi ushbu vazifalarning to‘liq ijrosini ta’minlashga erishishdan iborat.

O‘quv seminari 2 kun davom etib, uning birinchi kunida Komissiya a’zolari tomonidan 5 ta tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar qamrab olingan ma’ruzalar o‘qildi. Seminarning ikkinchi kunida nazariy takliflar va tavsiyalarni bevosita amaliyotga joriy etish bo‘yicha amaliy muloqotlar o‘tkazildi. Guruhlarga bo‘lingan holda tashkil etilgan muloqotlarda oliy ta’lim muassasalarida mavjud kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi, holatni yaxshilash mexanizmlari yuzasidan fikr-almashildi. Muloqotlar yakunida 5 ta tashabbusni oliy ta’lim muassasalarida joriy etishga qaratilgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yakuniy ma’ruza tinglandi.

Mazkur o‘quv seminarning Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilishi bejiz emas. Zero, mazkur ta’lim muassasasi beshta tashabbusni oliy ta’lim tizimiga joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov maydoni sifatida belgilangan bo‘lib, universitetda har bir tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha maxsus jihozlangan 5 ta laboratoriya tashkil etilgan. Mazkur laboratoriyalar tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, mavjud kamchiliklarni chuqur tahlil qilish va bartaraf etish, erishilayotgan yutuqlar qamrovini kengaytirishga xizmat qiladigan maydonchaga aylanadi.

O‘quv seminari davomida 5 ta tashabbusning har bir yo‘nalishi bo‘yicha bittadan oliy ta’lim muassasasini namunali qilib tayyorlash va respublikaga o‘rnak qilib ko‘rsatishga kelishib olindi.

Seminar yakunida 5 ta tashabbusning oliy ta’lim muassasalaridagi ijrosini tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavjud ahvolni yaxshilashga qaratilgan vazifalar belgilab berildi. Bajarilgan ishlar ijrosini respublika miqyosida o‘rganib borish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida o‘quv seminarining har chorakda bir marotaba o‘tkazilishi belgilandi.

 Keyingi yillarda yurtimiz yoshlarini har tomonlama qo`llab-quvvatlash,ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 2017 yil 30 iyunda tashkil etilgan O`zbekiston yoshlar ittifoqi yoshlarning talab va istaklarini birlashtirgan holda faoliyat olib boryapti. Bu jarayonda “O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risida”gi qonun dasturilamal bo`lmoqda.

Kuni kecha Davlatimiz rahbari boshchiligida o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida yoshlarimizga bo`lgan e`tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san`at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko`nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o`rtasida kitobxonlikni targ`ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg`u berildi.

Aytish kerakki, turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma`naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o`zi ko`rsatib turibdi.

Shu bois Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma`lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma`naviy-ma`rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo`lga qo`yish bo`yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.




Yüklə 229 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə