Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Respublikmiz hududida uchrovchi o’rgimchaksimonlar vakillari



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə11/16
tarix15.04.2022
ölçüsü2,21 Mb.
#85489
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Kurs ishi

Respublikmiz hududida uchrovchi o’rgimchaksimonlar vakillari.

12-rasm

Labirintika – Agelena labyrinthica (clezck, 1767). O‘zbekistonda bu
o‘rgimchak hamma joyda tarqalgan. U tekislikda, tog‘oldi hududlarida va baland
tog‘li joylarda ham yashaydi.
Vertikal tarqalishi dengiz sathidan to 3000 m gacha balandlikda qayd
qilingan (Maydontol). Shaharlar sharoitida ham bu turni uchratish mumkin.
Bu o‘rgimchak harakatchan, hatti - harakati murakkab. Shuning uchun uni
tutish ancha qiyin. Ovlash (tutish) vaqtida uyasidan tezlik bilan sakraydi. Shu
zahoti ko‘zdan g‘oyib ham bo‘la oladi.
Tabiatda bu o‘rgimchak uchuvchi va sakrovchi hasharotar bilan oziqlanadi.
Ayniqsa u chigirtka, temirchak, pashshalarni, kapalaklarni va arilarni ko‘proq
ovlaydi. O‘z o‘ljasini yeb bo‘lgach, uning qoldiqlarini tashlab yuboradi, yana to‘rida saqlab turmaydi. Urg‘ochisi: 16 mm tana uzunligiga ega. Umumiy tana jigarrang - kulrang,
oyoqlari uzun sixchali va tukchali. Qorni oval va katta.
Erkagi: tanasi 12 mm; oyoqlari uzun va nafis, nozik.
Tuxumi - yumaloq, oqimtir. O’lchami 1,4 mm. Embriogenez davri 17
kunga teng. Serpushtligi, o‘rtacha 268 ta tuxumdan iborat. Labirintka o‘rgimchagi zahrining toksikologiyasi o‘rganilgan. Tajribada
uning zahari hayvonlarga inyeksiya qilinganda quyidagi simptomlar kuzatilgan. 2-
3 minutdan keyin hayvonlarda bo‘shashish, holsizlik ro‘y bergan, nafas olish
tezlashgan, qusish kuzatilgan, ko‘p terlash, ko‘zni kattalashishi, ko‘rishning
yomonlishishi kuzatilgan. 15-20 minut ichida barcha sichqonlar xalok bo‘lagan.
Sichqonlar ochib ko‘rilganda ularning taloqida o‘zgarish kuzatilgan, jigari
kattalashgan, ammo miyada hech bir o‘zgarish sezilmagan.

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə