Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Kurs ishining ob’ekti va predmeti



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə4/16
tarix15.04.2022
ölçüsü2,21 Mb.
#85489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Kurs ishi

Kurs ishining ob’ekti va predmeti . O’rgimchaksimonlar sinfi va ularga kiruvchi turlar kurs ishining ob’ekti hisoblanadi.O’rgimchaksimonlar sinfiga kiruvchi turlarning tuzilishi,ko’payishi, biologik xususiyatlari,tarqalishi, sistematikasi va ahamiyati to’g’risida mutaxassis olimlarimiz tomonidan chop etilgan ilmiy va o’quv uslubiy q’llanmalar, adabiyotlar ushbu kurs ishining predmeti hisoblanadi.

I BOB. O’rgimchaksimonlar (Araxna) sinfi haqida umumiy ma’lumotlar 1.1 O’rgimchaklarning yashash muhiti, tashqi va ichki tuzilishi O’rgimchaksimonlar quruqlikda yashaydigan juda xilma-xil tuzilgan bo’g’imoyoqlilarni o’z ichiga oladi.Bosh qismida mo’ylovlari bo’lmaydi,faqat oddiy ko’zlari rivojlangan. Boshko’krak bo’limida 6 juft o’simtalarida bo’lib ,ulardan 2 jufti –xelitsera va pedipalpalar ovqat hazm qilishda ishtirok etadi,qolgan 4 jufti esa yurish oyoqlari hisoblanadi.O’pka yoki traxeyalar yordamida nafas oladi.Ayirish organlari koksal bezlari bilan bir qatorida qorin bo’shlig’ida joylashgan malpigi naychalaridan iborat. Tashqi tuzilishi; O’rgimchaksimonlar tana bog’imlari va bo’limlari turli darajada rivojlangan . Ayrim vakillari (chayonlar, solpugalar) ning tanasi ko’p sonli bo’g’imlardan iborat. Ular ko’kragining oldingi bo’g’imlari yoki hamma ko’krak bo’g’imlari bosh bo’limi bilan birikib bitta boshko’krak bo’limini hosil qiladi. Ko’pchilik o’rgimchaksimonlarning qorin bo’g’imlari ham boshko’krak singari qo’shilib ketib tanasi ikkita yaxlit bo’lim boshko’krak qorinni hosil qiladi. Bir qancha o’rgimchaksimonlar (kanalar)ning hamma tana bo’limlari va bo’g’imlari qo’shilib ketgan. O’rgimchaksimonlarning tanasining tuzilishi undagi bo’g’imlar soniga ko’p jihatdan bog’liq. Ko’p bo’g’imli o’rgimchaksimonlarning (solpuga, chayonlar) tanasi cho’ziq bo’ladi. Tana bo’g’imlari soninig qisqarishi bilan uning cho’ziqligi ham kamayib boradi. Tanasi bo’g’imlarga bo’linmagan o’rgimchaksimonlar tanasi yumaloq shaklda (kanalar). . O’rgimchaksimonlarning tanasining kattaligi 0.2m dan (ayrim kanalar) 20 sm gacha ( ayrim chayonlar va o’rgimchaklar) bo’ladi. O’rgimchaksimonlarning olti juft oyoqlaridan birinchi jufti xelitseralar va ikkinchi juft-pedipalpalar (jag’ paypaslagichlari) ozig’ini ushlab turadi va maydalashda ishtirok etadi. Ko’pchilik o’rgimchaksimonlarning (solpuga, chayonlar, soxtachayonlar, pichano’ranlar va ayrim kanalar va boshqalar) xelitseralari kalta bo’lib, og’iz teshigining oldingi tomonida joylashadi. Xelitseralari uch bo’g’imdan iborat. Eng ustki bo’g’imi harakatchan o’tkir ilmoqni hosil qiladi. Kanalar xelitserasining uchi o’tkirlashgan tishchasi ikkita bo’g’imli o’simtalardan iborat. Pedipalpalar bir necha bo’g’imdan iborat; asosiy bo’g’imdagi chaynovchi o’simtasi oziqni maydalaydi. Pedipalpalarning boshqa bo’g’imlari paypaslagich vazifasini bajaradi. Chayonlar va soxtachayonlar pedipalpasi uzun qisqichga aylangan . O’rgimchaklar va solpugalarda pedipalpalari yurish oyoqlariga o’xshash bo’lib , sezgi organ vazifasini bajaradi. O’rgimchaksimonlarning to’rt juft yurish oyoqlarning hammasi bir xilda tuzilgan 6-7 bo’g’imli oyoqlarning uchki qismida tirnoqlar bo’ladi, Qorin bo’limida oyoqlar rivojlanmagan ko’pchilik o’rgimchaksimonlarning embrional rivojlanish davridan boshlab qorin oyoqlari paydo bo’ladi lekin ko’pchiligida keyinchalik yo’qolib ketadi. Ayrim o’rgimchaksimonlarda esa qorin oyoqlari boshqacha shakilda bo’lib voyaga yetgan davrda ham saqlanib qoladi. Chayonlar va soxtachayonlarning o’pka xaltasi ,o’rgimchaklarning o’rgimchak bezlari shakli o’zgargan qorinoyoqlaridan iborat. Tana qoplagichi 3 qavatli kutikula hamda uning ostida joylashgan gipodrma va bazal membranadan iborat. Kutikula yupqa bo’lib , uning tashqi ekzokutikula qavati mumga o’xshash modda lipoproteindan iborat epikutikula bilan qoplangan. Epikutikula organizmda suvni bug’lanishiga yo’l qo’ymaydi va tanani qurib qolishdan saqlaydi. Shu sababli o’rgimchaksimonlar yer yuzining eng quruq joylarida ham yashay oladi. Chayon va o’rgimchaksimonlarning zahar bezlari teri epiteliysidan hosil bo’lgan. Ovqat hazm qilish sistemasi. O’rgimchaksimonlarning xelisterasi va pedipalpasining asosiy bo’g’imi og’iz organi vazifasini bajaradi. Ichagining oldini halqum bo’limi muskulli so’ruvchi keng oshqozonini hosil qiladi. Oshqozon suyuq ozuqani so’rib olish uchun xizmat qiladi. Oldingi ichakka bir juft so’lak bezlari yo’li ochiladi. Bu bezlar va jigar suyuqligi oqsil moddalarni parchalash xususiyatiga ega. O’rgimchaksimonlar tutgan o’ljasini o’ldirib, uning tanasiga so’lak bezi suyuqligini to’kadi. Suyuqlik ta’sirida o’ljasining ichki to’qimalarni parchalanib, suyuq holiga keladi. Shundan so’ng ular suyuq oziqni so’rib oladi. Shunday qilib o’rgimchaklarning ozig’I ichakdan tashqari hazm bo’ladi. O’rta ichakning oldingi qismi uzun yon o’simtalarni hosil qiladi. Bu o’simtalar ichak hajmini va uning so’rilish yuzasini kengaytiradi. Ichak bo’shlig’iga bir juft hazm qilish bezi- jigar yo’li orqali ochiladi. Jigar hazm qilish fermentini ishlab chiqarish va oziqni oson so’rish vazifasini bajaradi. Bundan tashqari jigar hujayralarida oziq hazm bo’ladi. Ko’pchilik o’rgimchaksimonlar yirtqich oziqlanadi.,lekin ular orasida umurtqali ba’zan hashoratlarning qoni va tana suyuqligini so’ruvchi parazitlar,o’simlik shirasi bilan oziqlanadigan zararkunandalar va chiriyotgan oranik qoldiqlarni iste’mol qiluvchi saprofit turlari ham ko’p uchraydi. Ayrish sistemasi. Bir juft shoxlangan-malpigi naychalardan iborat. Naychalarning yo’li ichak bo’shlig’iga , uning o’rta va orqa bo’limi chegarasiga ochiladi. Malpigi naychalarining tuzilishi hashoratlarnikiga o’xshash bo’lsada , ektodermadan kelib chiqanligi bilan ulardan farq qiladi. O’rgimchaksimonlarning ayrish mahsuloti zarrachalar shaklidagi quanin moddasidan iborat. Shunday qilib, o’rgimchaksimonlar ham hashoratlar singari moddalar almashinuvida mahsulotlari kristall zarracha shaklida ajratib, namlikni tejab sarflaydi. Ularning bu xususiyati yashash uchun muhim ahamiyatga ega. O’rgimchaksimonlarda ayirish vazifasini bajaruvchi koksal bezlar ham bor.Bu bezlar ikki juft (ba’zan bir juft) xaltaga o’xshash organlardan iborat bo’lib, yosh o’rgimchaklarda ayniqsa yaxshi rivojlangan .Voyaga yetgan hayvonlarda bezlar qisman reduksiyaga uchraydi.Koksal bezlar tana bo’shlig’ida joylashgan epiteliy xaltacha, ko’p marta buralgan naycha, kalta chiqarish yo’li hamda uchinchi va to’rtinchi juft yurish oyoqlari asosida ochiladigan siydik chiqarish teshigidan iborat . Nafas olish sistemasi. Organlari o’pka va traxeyalardan iborat.Ayrim o’rgimchaksimonlardan o’pka (chayon,qiloyoqlilar,ayrim soda o’rgimchaklar),boshqalari traxeyalar (solpugalar,soxta chayonlar,pichano’rarlar va ayrim kanalar) orqali nafas oladi.Ko’pchilik o’rgimchaksimonlarda bu ikkala nafas olish organlari ham uchraydi.O’pka tana bo’shlig’idaning qorin bo’limida joylashgan xaltachalardan va tana sirtidagi nafas olish teshiklaridan iborat.Xaltachalar bo’shlig’ida juda ko’p bir-biriga parallel joylashgan bargsimon burmalar osilib turadi.Nafas olish teshigi orqali burmalar orasiga havo kiradi.Burmalar gemolimfa aylanib turadi.Chayonlarning o’pka xaltachalari 4 juft,qiloyoq va tuban o’rgimchaklarda esa ikki juft bo’ladi. Traxeyalar qorin bo’shlig’ida joylashgan nafas olish teshiklari-stigmalar bilan boshlanadi.Har bir stigmadan bir boylam uzun,uchi berk ingichka naychalar ketadi.Nafas olish teshiklari birinchi va ikkinchi bo’g’imlarda joylashgan.Traxeyalar tashqi ektoderma epiteliysining tana boshlig’iga chuqur botib kirishidan kelib chiqqan.Ko’pchilik o’rgimchaklarda nafas olish funksiyasini qorin bo’limining oldingi qismida joylashgan bir juftdan o’pka va traxeyalar bajaradi.Ayrim mayda o’rgimchaksimonlar ,masalan,kanalarning nafas olish organlari bo’lmaydi:gaz almashinuvi yupqa tana qoplag’ichi orqali sodir bo’ladi.

1-rasm


Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə