Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


II. BOBO’rgimchaksimonlar klassifikatsiyasi Chayonlar



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə6/16
tarix15.04.2022
ölçüsü2,21 Mb.
#85489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Kurs ishi

II. BOBO’rgimchaksimonlar klassifikatsiyasi Chayonlar( Scorpiones )turkumi.Chayonlarning tanasiyaxlit boshko’krak va ko’p bo’g’imli qorindan iborat. Pedipalpasi qisqichsimon bo’ladi.Qorin bo’limi 12 bo’g’imli bo’lib, 7 bo’g’imli keng oldingi va 5 bo’g’imli ingichka keyingi qoringa bo’linadi.Keyingi qorin bo’limi bo’g’imlari o’zaro harakatchan qo’shilgan bo’lib, uchki qismi-telsonda bir juft zahar bezlari va nayzasi joylashgan. Nayzasining uchiga zahar bezlarining yo’li ochiladi. Chayonlar zaharli nayzasidan o’ljasini o’ldirish va dushmanlardan o’zini himoya qilish uchun foydalanadi.Chayon o’ljasini pedipalpasi bilan tutib oladi va qornini yelkasi ustidan oshirib,uning tanasiga nayzasini sanchadi. Chayonlar odam uchun xavfli emas, lekin tropik mamlakatlarda uchraydigan chayonlar zahari odamlar, ayniqsa bolalar organizmiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Chayonlar –issiqsevar , janubiy mintaqalarda keng tarqalgan yirtqich hayvonlar. Ular kunduzi toshlar ostida yoki daraxtlarning kovagida va boshqa pana joylarda yashirinib, tunda ovga chiqadi. Chayonlar – eng qadimgi o’rgimchaksimonlar. Ularning turi 600 dan ortiq. Bir necha turi Markaziy Osiyoda uchraydi.Ko’pchilik turlari mayda. Bizning mintaqamizda chipor chayon Buthus eupeus keng tarqalgan. Uning uzunligi 6,5 sm ga yetadi. Soxta chayonlar ( Pseudoscorpiones ) turkumi. Tashqi tuzulishi chayonlarga o’xshash, lekin juda mayda ( 1-12 mm ) hayvonlar. Qorin bo’limi 11 bo’g’imdan iborat, pedipalpasi yirik qisqichga o’xshash. Xelitseralarining harakatchan bo’g’imi uchiga to’r bezlarining yo’li ochiladi. Bu bezlarning suyuqligidan in qurish uchun foydalaniladi. Ikki juft traxeyalari yordamida nafas oladi. Soxta chayonlar urg’ochisi spermataforlar yordamida urug’lanadi. Urug’langan tuxumlari urg’ochining qorin tomonidagi maxsus chiqarish kamerasoda rivojlanadi. Lichinkasi tuxumdondan ajralib chiqadigan sariqlik bilan oziqlanadi.Kameradan chiqqan lichinkalar dastlab uning sirtiga yopishib oladi. Lichinkalar faqat tullashdan keyin mustaqil yashay boshlaydi.

Soxta chayonlarning 1300 ga yaqin turi ma’lum. Odatda tuproqda, toshlarning ostida, ba’zan xonadonlarda eski kitiblar orasida uchraydi. Mayda hasharotlar bilan oziqlanadi. Xonadonlarda kitob soxta chayoni Chelifer cancroides yashaydi. Qiloyoqlilar( Pedipalpi )turkumi. Tashqi tuzulishi chayonlarga birmuncha o’xshab ketadi, lekin qorin bo’limi ikki qismga bo’linmagan. Ayrim turlarining qorin bo’limi uchida uzun ipchasi bo’ladi. Pedipalpalari qisqichgayoki tutuvchi oyoqqa aylangan. Birinchi jufti yurish oyoqlari tuyg’u vazifasini bajaruvchi uzun va ingichka qilni hosil qiladi. Qiloyoqlilar bir yoki ikki juft o’pkalar yordamida nafas oladi. Ular faqat tunda ov qiladigan yirtqichlar, kunduzi inlarida yashirinib yotadi. 180 dan ortiq turlari ma’lum, asosan tropik iqlimda tarqalgan. Solpugalar, ya’ni falangalar( Solifugae )turkumi.Solpugalar- yirik o’rgimchaksimonlar, uzunligi odatda 50-70 mm , ayrim vakillari 10-15 sm gacha yetadi. Tanasi qo’ng’ir –sarg’ish rangli bo’ladi. Boshqa o’rgimchaksimonlar orasida solpugalar tanasining ko’p sonli bo’g’imlarga bo’linganligi bilan ajralib turadi. Ularning boshko’kragi ikki qismdan iborat. To’rtta segmentlarning qo’shilishidan hosil bo’lgan oldingi qismida xelitseralari, pedipalpalari va ikki juft qorin oyoqlari , ikkita erkin joylashgan bo’g’imlardan hosil bo’lgan keyingi qismida esa faqat ikki juft yurish oyoqlari bo’ladi. Oldingi boshko’krak qismini yirik bosh qalqoni yopib turadi . Bosh qalqonining oldingi chetida bir juft ko’zlari joylashgan. Solpugalarning yurish oyoqlari bir-biridan birmuncha farq qiladi. Biroz qisqaroq va ingichkaroq oldingi oyoqlari tuyg’u vazifasini bajaradi, qolgan ikki jufti esa haqiqiy yurish oyoqlari bo’lib, ularning panjaralari bo’g’imlarga bo’lingan , uchida tirnoqlari bor. Orqa oyoqlari boshqalariga nisbatan uzunroq . Soplugalarning tanasi va oyoqlari juda ko’p har xil tuklar va qillar bilan qoplangan. Ular juda tez yuguradi va yaxshi sakraydi , tik joylarga ham oson chiqa oladi. Dushmani bilan to’qnash kelganida uni qo’rqitishga urinib , tanasining oldingi qismini ko’tarib oladi, qisqichlarini ochadi,pedipalpasi va oldingi oyoqlarini ko’tarib olib, dushmaniga hamla qiladi, hatto ayrim turlari xelitseralarini bir-biriga ishqalab, g’ichirlashga o’xshash ovoz chiqaradi. Solpugalar juda ochko’z bo’lib , hasharotlar, ko’poyoqlilar, o’rgimchaklar, zaxkashlar va boshqa hayvonlar bilan oziqlanadi. Yirik turlari hatto qushlarning jo’jasiga, mayda kaltakesaklarga yoki kemiruvchilarning bolasiga ham hujum qilishi mumkin. Ular o’z o’ljasini tez ushlab , terisini xelitseralari yordamida yirtib, jarahotlangan joyga hazm qilish shirasini tomizadi. Hazm shirasi ta’sirida suyulgan oziqni so’rib oladi. Solpugalar hech yeb to’ymaydigan hayvonlar. Bu turkumga 60 dan ortiqroq tur kiradi. Pichano’rarlar (Opilliones) turkumi. Tashqi ko’rinishi o’rgimchaklarga o’xshash bo’ladi. Lekin ulardan anasining bo’g’imlarga bo’linganligi bilan farq qiladi. Qorin bo’limi 9-10 bo’g’imdan iborat. Xelitserasi qisqichga o’xshash, oyoqlari juda uzun va ingichka bo’ladi. Traxeyalar bilan nafas oladi. Pichano’rarlarning 3200 dan ko’proq turi ma’lum. Oddiy pichano’rar Phalangium oppillio keng tarqalgan bo’lib, imoratlarning devorida va daraxtlarda uchraydi. O’rgimchaklar ( Aranei ) turkumi. O’rgimchaklarning boshko’krak va qorin bo’limlari bo’g’imlarga bo’linmagan, lekin bu bo’limlari bir-biri bilan qisqa va ingichka poyacha orqali tutashgan. Xelitseralarining uchki bo’g’imi harakatchan tirnoqqa o’xshaydi.Pedipalpalari uzun paypaslagichga o’xshash bo’lib, erkaklarida qo’shiluv organ vazifasini bajaradi. O’pkalari bir yoki ikki juftdan iborat, ko’pchilik turlarida bir juft traxeya boylamlari ham bo’ladi. Qorin bo’limining ikki bo’g’imidagi qorin oyoqlari o’zgarib, ikki juft to’r ishlab chiqaruvchi so’gallarni hosil qiladi O’rgimchaklarning qorin bo’shlig’ida juda ko’p bezlari bo’ladi. Ayrim o’rgimchaklarda bu bezlarning soni 1000 ga yetadi. Bezlarning yo’li qornining keyingi qismiga , ya’ni to’r so’gallari oldidagi plastinkaga ochiladi. Bezlar ishlab chiqargan yopishqoq suyuqlik havoda qotib, ip hosil qiladi. Bir necha yuzlab bezlar ishlab chiqaradigan juda ingichka ipchalarni bitta umumiy ipga yopishtirib o’rgimchak to’rini hosil qiladi. Bu iplar har xil ( quruq, nam yoki yopishqoq ) bo’lganidan ulardan o’rgimchaklar tutuvchi o’rgimchak ini va pilla yashash uchun foydalanishadi. Hayot kechirirish xususiyatiga ko’ra o’rgimchaklar daydilar va o’troq yashovchilar , ya’ni to’r to’quvchilarga ajratish mumkin. Daydi o’rgimchaklar tutuvchi to’r to’qimaydi , o’ljasini yerda yoki o’simliklar ustiga chiqib olib poylaydi. Ko’pchilik o’rgimchaklar uyada yoki to’ri ustida o’troq hayot kechiradi. Tutqich to’rlarning kata-kichikligi va shakli juda xilma-xil , har bir to’r o’ziga xos bo’ladi. O’troq o’rgimchaklarning tutqich to’ri ini yaqinida yastanib yotadi yoki daraxtlar va butalarning shoxlari orasiga tortilgan bo’ladi. Bir qancha o’rgimchaklar yer yuzasiga chuqurcha shaklida in qurad , in devorlariga o’rgimchak to’rini to’shaydi., inni to’rdan yasalgan qopqoqcha yopib turadi . Suv o’rgimchagi Argyroneta aquatic suv tubida qo’ng’iroqcha shaklidagi tutqich to’r to’qiydi. To’rni suv ostidagi o’simliklarga yopishtirib, uni havo bilan to’ldiradi. O’rgimchak vaqti- vaqti bilan suv yuzasiga chiqadi va tana yuzasidagi tuklari orasiga havo olib, iniga qaytadi. O’rgimchaklar to’rga tushgan hasharotlarni iplar bilan o’rab tashlaydi, so’ngra uning tanasini xelitseralari yordamida yirtib, so’lagini tomizadi . So’lak ta’sirida parchalanib, suyuq holga kelgan ichki to’qimalarni o’rgimchak so’rib oladi. O’rgimchaklar iplardan tuxumi atrofiga pilla to’qish uchun ham foydalanadi. Urg’ochi o’rgimchaklar pillasini o’zi bilan olib yuradi yoki uni qo’riqlaydi. O’rgimchak iplari o’rgimchakalarni havo oqimi yordamida tarqalishida ham kata ahamiyatga ega. Yengil shabada esib turadigan kuz kunlari tuxumdan chiqqan yosh o’rgimchaklar o’tlarning ustiga chiqib olib, uzun ip chiqara boshlaydi. Ip ma’lum bir uzunlikka yetgandan so’ng o’rgimchak oyog’ini yig’ib olib, o’simlikdan pastga sakraydi , shamol esa uni uchirib ketadi. O’rgimchaklarda jinsiy demorfizm yaxshi rivojlangan. Erkaklari urg’ochilariga nisbatan kichik bo’ladi. Erkak o’rgimchaklar pedipalpasidagi naysimon o’simtasi qo’shilish organi hisoblanadi. O’simtaning nayi tashqariga ochiladi



3-rasm Har xil o’rgimchaksimonlar .

  1. Qiloyoq Telyphonus caudatum Poccilotheria

  2. Pichano’rar Phalangium opillio regalis D- Qushxo’r o’rgimchak Poccilotheria regalis

Erkak o’rgimchaklar kuyikish paytida raqsga o’xshash turli harakatlar qiladi. Ayrim o’rgimchaklarning erkagi urg’ochisiga o’ldirilgan o’lja in’om etadi. Urug’langan urg’ochi o’rgimchak qochishga ulgurmagan erkagini yeb qo’yadi. O’rgimchaklar hayotida sezgi organlari muhim ahmiyatga ega. Tanasi yuzasidagi juda sezgir tuklar tuyg’u vazifasini bajaradi. O’rgimchaklar tuklar yordamida yaqindan uchib o’tayotgan hasharotlarni yoki tutqich to’r iplarining tebranishini sezadi. Bir qancha o’rgimchaklar ovoz chiqarish va uni eshitish xususiyatiga ega. Bu organlar tananing turli joylarida, xususan xelitsera va pedipalpalari ko’krak va qorin qismlarida joylashgan . Hid bilish vazifasini oldingi oyoqlarining panjasidagi tarzal organlari yoki tana sirtida va maxsus o’simtalarda joylashgan lirasimon organlar bajaradi. Bu organlar ta’m bilish vazifasini ham bajaradi. Hid bilish organlari kuyikish davrida kata ahamiyatga ega. O’rgimchaklarning ko’zlari 4 juft, ba’zan 3 juft bo’ladi. Ko’pchilik o’rgimchaklarda, ayniqsa to’r to’qiydigan vakillarida ko’zlari yaxshi rivojlanmagan. To’rdagi o’rgimchakalar faqat harakatlanadigan yirik narsalarni ko’radi. Sakrovchi o’rgimchaklarning ko’zlari yaxshi ko’radi, hatto ular narsalarning rangini ham farq qiladi. Tajriba yo’li bilan o’rgimchaklarda shartli reflekslar ham hosil qilish mumkin. Bir qancha o’rgimchaklarda himoya rangi va mimikriya xususiyati yaxshi rivojlangan. Ko’pchilik o’rgimchaklarning hayoti bir yilda tugaydi. Ularning pilla ichidagi tuxumi yoki yosh nasli qishlab qoladi. Janubiy, ayniqsa tropik iqlimda hayot kechiradigan ayrim o’rgimchaklar ancha uzoq yashaydi. Masalan, qushxo’r o’rgimchaklar 7-8 yildan 20 yilgacha umr ko’radi. O’rgimchaklar ko’p miqdorda zararkunanda hasharotlarni yo’qotib foyda keltiradi. Ularning o’zi boshqa hayvonalar , masalan – kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar va hasharotlarga yem bo’ladi. Ko’pchilik o’rgimchaklarning zahar bezlari suyuqligi faqat hasharotlarga ta’sir ko’rsatadi. Lekin ulardan ayrim vakillarining zahari odam va hayvonlar uchun xavfli hisoblanadi. O’rta Osiyo, Kavkaz, Qrim va Eronning cho’l va dasht mintaqalarida uchraydigan qoraqurt Latrodectus tredecimguttatus hamda Amerika cho’llarida tarqalgan qora beva L.mactans ayniqsa juda zaharli hisoblanadi. Qoraqurtning urg’ochisi 10-20 mm , erkagi 4-7 mm bo’lib, qorin qismining orqasida qizil dog’lari bo’ladi. O’rgimchak cho’ldagi quruq yerlarda , jarliklar va tog’ yonbag’irlarida ko’p uchraydi.

4-rasm

Issiqyoz mavsumida ( iyun , iyul ) qoraqurtlar pana joy qidirishga tushadi. Qoraqurtlar bilan zaharlanish ana shunday migratsiya davrida ko’proq sodir bo’ladi. Qoraqurt zahari tuyalar va otlarga ayniqsa kuchli ta’sir ko’rsatib, ularni odatda o’limga olib keladi . Qoraqurt zahari odamga ham kuchli ta’sir qiladi ba’zan halokatga olib kelishi mumkin. Qoraqurt chaqqan odam qoraqurtga qarshi zardob bilan emlanadi. Zaharli o’rgimchaklardan O’rta O’siyo, Yevropaning janubida keng tarqalgan biy-Tarantul (Lycosa singoriensis ) ni ham mumkin. Biy 25-35 mm kattalikda bo’lib, tanasi qalin tuklar bilan qoplangan. U chuqur vertikal inlarda yashaydi. Inining ostiga to’r to’shaydi. Biy ko’proq nam , yerosti sizot suvlari tuproq yuzasiga yaqin joylashgan yerlarda uchraydi. Biy chaqqanida og’riq sezilsa-da , uning zahari odam uchun xavfli emas.



5-rasm




Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə