Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


III BOB.O’rgimchaksimonlarning xilma-xilligi va o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə7/16
tarix15.04.2022
ölçüsü2,21 Mb.
#85489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Kurs ishi

III BOB.O’rgimchaksimonlarning xilma-xilligi va o’ziga xos xususiyatlari. O’rgimchaksimonlar sinfiga kiruvchi turlarningtarqalishi dunyo bo’ylab turli joylarga to’g’ri keladi. O’rgimchaksimonlar sinfi tuzilishi va hayot kechirishi bilan bir-biridan farq qiladigan O’rgimchaklar ( Aranei ), Chayonlar ( Scorpiones ), Solpugalar ( Solifugae ), Kanalar ( Acari) va shu kabi boshqa turkumlarga bo’linadi. Ularning tarqalgan joylari ham turli hududlarni tashkil etadi. Misol uchun O’rgimchaklar-Aranei turkumi vakillari asosan tropik mintaqalarda tarqalgan. Dunyodagi eng yirik o’rgimchaklardan biri goliaf qushxo’r o’rgimchagi (Theraphosa blondi) bo’lib, uni ilk marta 1804 yilda fransuz entomologi Pyer Andre Latrey kashf qilgan. Xalqaro o’rgimchaklar katalogi ma’lumotlariga ko’ra ushbu tur Venesuela, Braziliya va Gayana mamlakatlari hududida uchraydi. 1965-yilda Venesueladan tutilgan goliaf qushxo’r o’rgimchagining kattaligi 28 sm (!) ni tashkil etgan. Urg’ochisining tana o’lchami 100,4 mm ga, erkagida esa 85 mm ga yetadi. Boshko’krak qalqoni eni va bo’yi bir xildaligi bilan xarakterlanadi. Tanasining rangi to’q jigarrang tusda. Oyoqlari qizg’ish-jigarrang rangli tuklar bilan qoplangan. O’rgimchakning nomi qushxo’r bo’lgani bilan ular juda kamdan-kam hollarda qushlarga hujum qiladi. Ularning odatdagi ozuqasini hasharotlar tashkil qiladi. Shunday bo’lsada ba’zida ilonlar, kemizuvchilar, ko’rshapalaklar, va kaltakesaklar bilan ham oziqlanib turadi. Boshqa o’rgimchak va tarantullarning urg’ochilaridan farqli ravishda goliaf qushxo’r o’rgimchaklari ko’payish davrida erkagini yemaydi. Urg’ochilari 15-25 yil yashaydi, 3-6 yoshligidan boshlab ko’payishga kirishadi. Erkaklari esa 3-6 yil yashab, urg’ochisini urug’lantirgach halok bo’ladi. Urg’ochilari 200 tagacha tuxum qo’yadi, yosh o’rgimchaklar tuxumdan 8 haftalarda chiqadi. Ushbu o’rgimchak turi nihoyatda noyobligi bois ularni o’zi yashaydigan mamlakat hududidan tashqariga olib chiqish qonun yo’li bilan taqiqlanadi. Bu o’rgimchak turini dunyoning turli mamlakatlaridagi o’rgimchak ishqibozlari tomonidan ekzotik tur sifatida parvarishlash juda qadrlansada, ularni topish nihoyatda mushkul sanaladi. Goliaf qushxo’r o’rgimchaklari inson uchun zararsiz tur hisoblanadi. Ular faqatgina hayotiga xavf tug’ilgandagina chaqishi mumkin, ularning chaqishi arining chaqishini eslatadi. Shunday bo’lsada o’rgimchak chaqqan teri sohasini yaxshilab tozalash tavsiya etiladi

7-rasm

Yana eng keng tarqalgan o’rgimchaksimonlar sinfi vakillaridan biri Chayonlar ( Scorpiones ) turkumi hisoblanadi. Ularning tarqalgan hududlari va xilma-xilligi turlicha. Misol uchun




Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə