Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika unversiteti


Rasm bola qalbining ko`zgusidir



Yüklə 293,74 Kb.
səhifə24/34
tarix05.04.2023
ölçüsü293,74 Kb.
#104405
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
bolalardagi xavotirlanish va qorquv emotsional holatlarni tadqiq qilish maktabgacha va kichik maktab yosh davrlari )

Rasm bola qalbining ko`zgusidir


Biz, katalar ko`nglimizni o`rtayotgan ham, tashvishlar, qo`rquv yoki dardimiz to`g`risida gapirib dilimizdagini bo`shatamiz. Kichkintoylar esa qo`liga qalam olib o`z his-tuyg`ularini «chizib» beradilar. Chunki bu ular uchun eng oson va qulay yo`ldir. Uch-to`rt yoki etti yoshli bolalarning rasm chizishi voyaga etgan o`smirning shaxsiy kundalik daftar tutishdek o`zini namoyon qilish usulidir.
Keling, shunday ekan, farzandimiz chizayotgan rasmlarga ruhshunos nazari bilan qarashni o`rganaylik. Mabodo quyida keltirilgan rasmlarni, bundan avval qizchangiz yoki o`g`ilchangiz al`bomida uchratgan bo`lsangiz, demak bir oz o`ylanishga fursat kelibdi. Lekin, xulosa chiqarishga shoshilmang. Agar qaysidir bir detal farzandingiz chizayotgan rasmda bot-bot takrorlanaversa, shundagina bezovta bo`lishga asos bo`ladi. Bunday vaziyatda albatta ruhshunos dargohiga boring. Balkim kichkintoyingiz rostdan ham yordamga muhtojdir?! Unda boshladik!


Varaqda o`g`il bolaning rasmi chizilgan


Qanday tushunish mumkin?
Bunday rasmlarni faqatgina o`zidan ko`ngli to`q va o`ziga ishongan bolalar chizishi mumkin. (Ba`zida bunday bolalar haddan ziyod o`ziga ishonib ketadilar).
Qanday qilib yordam bersa bo`ladi?
O`ziga berayotgan yuksak bahosi boshqalarni hurmat qilish hissi bilan uyg`unlashib namoyon bo`lishini kuzatib boring. Lekin bu narsani bolaning nafsoniyatiga tegmay amalga oshiring. Chunki osmondan erga tushish har doim ham yoqimli bo`lavermaydi.

«Meni faqat dadajonim yaxshi ko`radilar».


Ota o`z o`g`lini sayrga olib chiqmoqda. Ota-o`g`il futbol o`ynamoqdalar (rasmda tasvirlangan).
Qanday tushunmoq kerak?
Bola deyarli barcha vaqtini dadasi bilan o`tkazadi. Ular ikkalasi yaxshi kelishadilarku-ya, biroq ona bu erda ikkinchi darajaga o`tib qolmoqda.
Qanday yordam bersa bo`ladi?
Ko`pincha yakshanba kunlari ro`zg`or yumushlari bilan band bo`ladigan ayol, kichkintoyi xalahit bermasligi uchun uni dadasi bilan sayr qilib kelishga yuboradi. Keling, yaxshisi hech qachon ado bo`lmaydigan va keyinga surib quysa ham bo`ladigan yumushlarni chetga yig`ishtirib quyingda, uchovlon sayrga otlaning!



Yüklə 293,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə