Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika unversiteti


Tadqiqotning ilmiy bazasi



Yüklə 293,74 Kb.
səhifə4/34
tarix05.04.2023
ölçüsü293,74 Kb.
#104405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
bolalardagi xavotirlanish va qorquv emotsional holatlarni tadqiq qilish maktabgacha va kichik maktab yosh davrlari )

Tadqiqotning ilmiy bazasi sifatida Nukus shahri XTB qarashli №8 bolalar bog`chasi hamda №4 o`rta ta`lim maktabi belgilandi. Tadqiqotta ushbu muassasalarning mutaxassis-xodimlari, o`qituvchi-pedagoglari, pedagogik jamoalari hamda bolalar va o`quvchilar qatnashdilar.
Ilmiy tadqiqotning metodologik asoslari quyidagilardan iborat: didaktika (ta`lim nazariyasi), uning asosiy tamoyillari va kategoriyalari; bilish nazariyasi, psixologiyaning asosiy tamoyillari va kategoriyalari: jumladan, determenizm tamoyili, ong va faoliyatning birligi tamoyili, nazariya va amaliyotning bog`liqligi tamoyili, ta`lim-tarbiyadagi shaxsiy yo`naltirilganlik tamoyili, ta`lim-tarbiya haqidagi gumanistik psixologiyaning qonuniyatlari, L.S.Vigotskiyning madaniy-tarixiy kontseptsiyasi, A.N.Leont`ev, V.A.Petrovskiy va boshqalarning shaxs nazariyalari, shuningdek, bolalar psixologiyasi, pedagogik psixologiya xususiyatlari muammosini tadqiq qilishgan etakchi rus va o`zbek olimlarining g`oyalari. Shuningdek, biz dissertatsiyamizda yosh avlodni tarbiyalashda Sharq mutaffakirlarining falsafiy va pedagogik qarashlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning har tamonlama barkamol, komil insonni tarbiyalash hakidagi fikrlariga, xususan, «O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» (2011), «Yuksak ma`naviyat - engilmas kuch» (2008) asarlaridagi g`oyalariga hamda O`zbekiston Respublikasi «Ta`lim haqida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi», «Milliy Mustaqillik mafkurasi» hamda 2013 yili qabul qilingan «Obod turmush yili» davlat dasturidagi
ko`rsatmalarni boshchilikka olgan hamda ularga suyangan holda ish olib bordik.
Ish jarayonida yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida bir qator ilmiy-tadqiqot metodlari qo`llanildi:

    • Ilmiy-psixologik adabiyotlarni, maxsus monografiyalarni, ommaviy axborot vositalari materiallarini hamda Internet sayt ma`lumotlarini o`rganish va taxlil qilish metodi;

    • bolalar bog`chasi tarbiyachi-metodistlari va boshlang`ich maktab o`qituvchilarining pedagogik tajriybalarini o`rganish va umumlashtirish metodi;

    • bolalar bog`chasi va boshlang`ich maktabtagi ta`lim-tarbiya jarayonni va bolalarni ko`zatish metodi;

    • bog`cha bolalari, maktab o`quvchilari hamda pedagogik jamoa bilan suhbat va interv`yu metodi;

    • tajriyba (eksperiment) metodi;

    • test va faoliyat mahsulini tahlil qilish metodlari.


Yüklə 293,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə