Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika



Yüklə 72,33 Kb.
səhifə1/6
tarix22.03.2023
ölçüsü72,33 Kb.
#102935
  1   2   3   4   5   6
Ona tili va o\'qish savodxonligi darslarida mantiqiy mashqlarni tashkil etish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI


Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo‘nalishi
403/5 -guruh talabasi Ulkanova Odinaning
Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida mantiqiy mashqlarni tashkil etish” mavzusidagi
KURS ISHI


Toshkent-2023
Mavzu: Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida mantiqiy mashqlarni tashkil etish
Mundarija:
Kirish …………………………………………………………………………….3
I.bob. Ona tili darslarida o’quvchilarni mantiqiy topshiriqlar ustida o’qitish metodikasining shakl, usul va vositalari………………………………….……..7
1.1. Boshlang’ich sinflarda ona tili va o’qish savodxonligi darslarini tashkillash…..7
1.2. Savod o`rgatish darslarida mantiqiy mashqlarni tashkil etish………….…...17
II.bob. Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’rgatishning mazmuni va vazifalari…………………………………………………………………………19
2.1. Savod o’rgatish davrida o’qish va yozuv darslari……………………………..19
2.2.Savod o’rgatish jarayonida o’qish va yozuv darslari tizimi.…………….……26
Xulosa…………………………………………………………..…………………29
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………………..31
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘qituvchi har bir dars yoki mashg‘ulot maqsadi va mazmuniga mos keladigan motivatsiya me’yorini aniqlashi lozim. Savod o‘rgatishning alifbegacha bo‘lgan davrida maktabga endi qadam qo‘yayotgan bolaning hafsalasini so‘ndirmaslik uchun o‘qituvchi faoliyatida didaktik jarayonning nechog‘liq muhimligini tushunish izoh talab qilmas haqiqatdir. Maktab o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ma’naviyat maskani bo‘lib, bolaning ichki dunyosini nurlantirmog‘i, axloqiy barkamolligini shakllantirmog‘i shartdir. Тa’lim islohoti «Uchinchi ming yillikning bolasi» tayanch dasturini e’lon qilarkan, maktabga tayyorlov davri (6 yoshdan 7 yoshgacha)da bolalarni ma’nan rivojlantirishning quyidagi ta’lim yo‘nalishiga e’tiborni qaratdi:
— bolalarda nafosat va orastalikni tarbiyalash;
— milliy odob-axloq me’yorlarini singdirish;
— jamoat joylarida, uyda tartib va ozodalikni saqlash;
— o‘zini kamtarona tutish;
— bolalarni «Keling, marhamat!», «Mumkinmi?», «Kechirasiz», «Oq yo‘l», «Osh bo‘lsin», «Labbay», «Xo‘p bo‘ladi», «Xush kelibsiz», «Rahmat», «Marhamat», «Xayrli tun» kabi so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llashga o‘rgatish;
— bolalarni go‘zallikni farqlashga, orasta va chiroyli kiyinishga odatlantirish; — bolalarning badiiy didini o‘stirish;
— bolalarni o‘zi bilgan hikoya, ertak, voqea-hodisalarni so‘zlab berishga, mustaqil ravishda hikoya tuzishga o‘rgatish;
— bolalarda o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarini, mumtoz adabiyot vakillari va hozirgi zamon ijodkorlari haqida dastlabki tushunchalarni uyg‘otib, obrazli ifodani his etishga odatlantirish;
— bolalarning adabiy nutqini o‘stirish.Biz alifbegacha bo‘lgan davrni bog‘cha, oila va maktab mushtarakligi asosida tahlil etishni nazarda tutdik.
Bundan tashqari, alifbegacha bo‘lgan davrning tashkiliy-tarbiyaviy vazifalari ham mavjud. Bular:
1.O‘qituvchining bola xarakterini o‘rganishi.
2.Bolalarni maktab va uning ichki intizomi bilan tanishtirish.
3.O‘quv predmeti va o‘quv qurollaridan foydalanish tartibini tushuntirish.
4.Qo‘lni yozuvga tayyorlovchi mashqlar o‘tkazish.
5.Nutq o‘stirish — so‘z talaffuzi, gap tuzish va hikoya qilishni kuzatish.
6.Sodda matnlarni analiz va sintez qilish.
7.Bolalarning fonetik hushyorligini sinash (suhbat asosida). Alifbegacha bo‘lgan tayyorlov davrida bolalar o‘quv ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladigan yangi faoliyat turiga o‘tishadi. Barqaror diqqat, kuchli iroda talab qilinadigan bu aqliy mehnat bolalarning yangi sharoitga ko‘nikishida ancha qiyinchilik tug‘diradi. Uni yengillashtirish uchun darsni aqliy mehnat bilan jismoniy mashqlar galmagal o‘tkaziladigan va «o‘n daqiqa» ish turini almashtirib turiladigan yo‘sinda tashkil etish zarur. Unda dars 35 daqiqa davom etadi. Mashg‘ulot yengil muammoli, bahsli, anjuman tarzida o‘tkazilsa, murabbiyning pedagogik mahoratiga bog‘liq holda o‘quvchilarda hosil bo‘ladigan motivlar kuchayadi. Ular topshiriqni to‘g‘ri bajarishga o‘rganadi, o‘quvchilar mashg‘ulot qoidasiga bo‘ysunib, o‘rtoqlari bilan savol-javob qilish odobiga rioya etadi va birbirlarining xatolarini aniqlashga odatlanadi. O‘quvchilarda ta’limga bo‘lgan mehr va jamoatchilikka nisbatan hurmat uyg‘onadi, go‘zal axloqiy fazilatlar tarkib topa boradi. Savod o’rgatish jaraynining bosqichlari:
1.Alifbe davri — savod o‘rgatishning eng mas’uliyatli jarayoni.
2.Alifbe davrining bosqichlarga bo‘linishi:
— 1-bosqichda unlilar va aytilishi oson bo‘lgan undoshlarni o‘rgatish;
— harflar yozuvini o‘rgatish;
— bo‘g‘in va so‘z hosil qilib o‘qish va ularning yozuvdagi ifodasini o‘zlashtirish;
— ongli va ifodali o‘qish malakasini shakllantirish;
— 2-bosqichda tovush va harflarning analiz-sintezini takomillashtirish, artikulatsiyasi qiyin bo‘lgan tovushlarni o‘rganish;
— 3-bosqich mohiyatini belgilash.
3. Alifbe davrining so‘nggi bosqichida o‘quvchilar egallashi shart bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar. Mashhur pedagoglardan biri Y. A. Komenskiy shunday degan edi: «Faylasuflar insonni mikrokosm (kichik olam) deyishadi... Hamma narsani bilish inson tabiatiga juda xosdir. Agar yetti yoshli boladan falsafaga oid hamma narsalar oqilona so‘ralsa, bola hamma savollarga javob berishi mumkin, chunki aql-idrok barcha narsani qamrab olishga qodir».
Ana shu yetti yoshli bola — jajji mikrokosm barcha donoliklarning kaliti bo‘lgan bilimni egallashga sa’yharakat qilsa, birinchi qadamni savod o‘rganishdan boshlashi lozim. Unda birgina o‘qish va yozishni o‘zlashtirishning o‘zi o‘tkir aql-idrok bilan hal qilinadigan kashfiyotdir. Bu kashfiyot esa alifbe davrida hal etiladi. Boshlang‘ich ta’limda alifbe davri eng uzoq davom etadigan mas’uliyatli jarayon bo‘lib, unda tirishqoq o‘quvchilar o‘z ona tilisidagi tovushlarni bilib oladilar, barcha harflarni tanib, o‘qish va yozishga o‘rganadilar. Bu davrni shartli ravishda uch bosqichga bo‘lish mumkin: 1-bosqichda a, o, i, u, e, o‘ kabi unli tovushlar, n, m, t, l, b, k,d, g kabi undosh tovushlarning o‘qilishi va yozilishi o‘rgatiladi. Bosqichning asosiy vazifasi quyidagicha belgilanadi: — tovushlarning bosma va yozma shakllarini darslik talabi asosida o‘rgatish;
— so‘z va bo‘g‘inni tovush tomonidan analiz qilish (ana, a-na, a-n-a);
20 — rangli rasmlarda aks etgan predmet atamasi bo‘lgan so‘zni bo‘g‘inlab, kitobda berilgan kubikchalarga joylash;
— bo‘g‘inlab o‘qish asosini yaratish (ma, mi, mo; ma-na, O-mi-na);
— o‘rganilgan tovushlarning grafik ifodasi bo‘lgan bosh va kichik harflarni yozish va so‘z yasash (N,n; O, o; Non);
— ayrim bo‘g‘indan bir necha so‘z hosil qilish (o-na, o-la; lo-la, bo-la, to-la, xo-la, no-la); — ikki-uch gapdan tuzilgan dialogni o‘qish va yozish:
— Shukriya, mana, kitob.
— Yaxshi, lekin bu kitob kimniki, Akmal? — Kitob — Muhammad Aminniki. — harflar tartibini o‘zgartirish bilan so‘zda yangi ma’no yaratishga o‘rganish (o b o d, o s m o n); — 1 4 3 2, 2 1 3 4 5; — matnlardagi katak o‘rniga so‘z topib qo‘yish, o‘qish va qayta o‘z so‘zlari bilan aytish («Odobli bo‘l», «Bo‘ri bilan turna» kabi matnlar). Bu bosqichda bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga, ifodalilikka, so‘zlardagi ma’noni yo‘qotmaslikka, urg‘uli bo‘g‘inlarga e’tibor berib, diksiyani rivojlantirishga diqqati jalb etiladi.
Kurs ishining asosiy maqsadi. Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida mantiqiy mashqlarni tashkil etish usullari va ularning samaradorligini o’rganish.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat


Yüklə 72,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə