Nizomiy nomidagi



Yüklə 113,62 Kb.
səhifə1/11
tarix20.04.2023
ölçüsü113,62 Kb.
#106457
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kushbakova Gavhar


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
SIRTQI BO‘LIMI
PEDAGOGIKA” KAFEDRASI

PEDAGOGIK MAHORATNING SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH OMILLARI” mavzusidagi


KURS ISHI

Bajardi: -kurs -semestr sirtqi () guruh talabasi


__________ Kushbakova Gavhar
Rahbar: “____________________” kafedrasi
__________ ___________________________
TOSHKENT-2023
M U N D A R I J A
KIRISH…………………………………………………………………………….3

I.BOB.PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI


1.1.Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Uning mohiyati. Pedagogik mahorat fanining vazifalari va asosiy tarkibiy qismlari……………………………………..6
1.2.Pedagogik mahoratni egallash vositalari…………………………...................16
1.3.O‘qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan о‘rni………………………………………………………………………….……19
II.BOB.O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK MAHORATNI RIVOJLANTIRISHNING METODIKDLARI,AMALIY USULLARI TIZIMI
2.1.O‘qituvchi pedagogik mahoratini rivojlantirishdagi imkoniyatlar……………25
2.2.O‘qituvchi pedagogik mahoratini rivojlantirish jarayoni,usullari………….....28
2.3.O‘qituvchida pedagogik mahoratning amaliy faoliyatidagi rivojlantiruvchi usullarini takomillashtirish ……………………………………………………….31
XULOSA…………………………………………………………..……………..37
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………. …..…39


KIRISH
O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlaming ma’naviy qiyofasiga, aqliy salohiyatiga hamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida mas’uliyat yuklangan.
Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerak? Mustaqillikdan keyin ushbu muammo ko‘plab olimlaming, ziyoli ahlining, hatto ota-onalarning diqqat-e’tiborida bo‘ldi. O‘qituvchilar uchun zamonaviy, hozirgi kun talablariga javob bera oladigan metodik va o ‘quv qo‘llanmalari, darsliklar yaratila boshlandi. Lekin bu muammo bo‘yicha izlanishlar, ilmiy-tadqiqotlar hozirgi kunda ham davom etmoqda. Hozirgi kundagi global o ‘zgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologi- yalarining kun sayin rivojlanib borishi XXI asr o‘qituvchisidan pedagogik mahoratni, o‘tkir irodani, pedagogik-psixologik bilimlarni, o 'z fanini chuqur bilishni va yuksak tafakkurni, siyosiy savodxonlikni, fikrlash doirasi keng va mulohazali bo‘lishni talab qiladi.
Ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar o‘qitish shakllarining optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi g'oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 –yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy tadqiqot faoliyatini qollab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora –tadbirlari to‘g‘risida”1gi PQ-4963-qarori ijrosini taminlash,g'oyalarni amaliyotga tatbiq etish, mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi va tarbiyachilaming m a’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ko‘p jihatdan bog'liq.
O‘qituvchi - O‘zbekistonning porloq kelajigini barpo etuvchi, dunyoga mashhur mutafakkir va olimlaming davor chisi bo‘lgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxsdir.
Shunday ekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026 yillarda Xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”2gi farmoni o‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi, uning o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o‘rtasidagi obro-e’tibori hozirgi zamon talablariga mos bo‘lishi shart.

Yüklə 113,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə