|
Nomanfiy butun sonni natural songa bo`lishning ta'rifi, uning mavjudligi va yagonaligi. Yig`indini va ko`paytmani songa bo`lish qoidarining to`plamlar nazariyasi bo`yicha ma'nosi. Ma’ruza mashg’ulotining rejasi
|
səhifə | 1/21 | tarix | 23.12.2023 | ölçüsü | 119,81 Kb. | | #157044 |
| Nomanfiy butun sonni natural songa bo`lishning ta\'rifi, uning ma-hozir.org
Nomanfiy butun sonni natural songa bo`lishning ta'rifi, uning mavjudligi va yagonaligi. Yig`indini va ko`paytmani songa bo`lish qoidarining to`plamlar nazariyasi bo`yicha ma'nosi. Ma’ruza mashg’ulotining rejasi
Nomanfiy butun sonni natural songa bo`lishning ta'rifi, uning mavjudligi va yagonaligi. Yig`indini va ko`paytmani songa bo`lish qoidarining to`plamlar nazariyasi bo`yicha ma'nosi.
Ma’ruza mashg’ulotining rejasi:
Nomanfiy butun sonlar bo`linmasi ta’rifi.
Nomanfiy butun sonlar bo`linmasining mavjudligi va yagonaligi.
Nomanfiy butun sonlarni bo`lish qoidalari.
Ma’ruza matni
1. Nomanfiy butun sonlar bo’linmasi ta’rifi. Nomanfiy butun sonlar to’plamida bo’lish amalini ta’riflash uchun to’plamni sinflarga ajratish tushunchasidan foydalaniladi.
Quvvati a ga teng bo’lgan A to’plamni teng quvvatli sinflarga ajratish mumkin bo’lsin.
1-ta’rif. Agar b soni A to’plamni qismlarga ajratishdagi qism to’plamlar soni bo’lsa, a va b nomanfiy butun sonlar bo’linmasi deb, har bir qismdagi elementlar soni c ga aytiladi.
Agar b soni A to’plamni sinflarga ajratishdagi har bir qismelementlari soni bo’lsa, a va b sonlar bo’linmasi deb, qism to’plamlar soni c ga aytiladi.
Nomanfiy butun a va b sonlar bo’linmasini topish amali bo’lish, a — bo’linuvchi, b — bo’luvchi, a : b — bo’linma deyiladi. Bo’lish ta’rifiga ko’ra bo’lishga oid masalalar ikki turga ajraladi:
mazmuniga ko’ra bo’lish; 2) teng qismlarga ajratish.
1-turga oid masala: 48 ta qalam 6 ta qutichaga baravardan solingan bo’lsa, har bir qutichaga nechtadan qalam joylangan?
2-turga oid masala: 48 ta qalam 6 tadan qilib qutichalarga solingan bo’lsa, nechta quticha kerak bo’ladi?
Bo’lishni ko’paytirishga teskari amal sifatida ham ta’riflash mumkin:
13-ta’rif.a va b nomanfiy butun sonlar bo’linmasi deb, a = bc tenglik bajariladigan c nomanfiy butun songa aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|