Nomoddiy akтivlar hisobi



Yüklə 105,5 Kb.
səhifə1/7
tarix09.06.2022
ölçüsü105,5 Kb.
#89234
  1   2   3   4   5   6   7

NOMODDIY AKTIVLARGA AMORTIZATSIYA HISOBLASH USULLARI.
REJA:
1.Nomoddiy aktivlarning mohiyati va turlari

2.Nomoddiy aktivlarni sotib olish va ularni baholash


3.Nomoddiy aktivlarni hisobga olish tamoyillari


4.Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash tartibi



Nomoddiy aktivlarning mohiyati va turlari.


Buxgalteriya hisobiningmilliy standartlarida nomoddiy aktivlarga quyi-dagicha ta`rif beriladi: «Nomoddiy aktivlar – bu xo`jalik faoliyatida foydala-nish uchun yoki boshqarish uchun xo`jalik sub`ekti tomonidan nazorat qilinadigan, shuningdeq uzoq (bir yildan ortiq) muddat ishlatishga mo`ljallangan moddiy-buyum shakliga ega bo`lmagan mulk ob`ektlaridir».1 Berilgan ta`rifdan ko`rinib turib-diki nomoddiy aktivlar bu:

  • Korxonaning mulkiy ob`ektidir - nomoddiy aktivlarni aksariyat qismi korxona tomonidan sotib olinadi, ularga egalik qiladi va buxgalteriya balansida o`z mulkining bir qismi sifatida aks ettiradi;

  • Moddiy (natural)-buyum shakliga ega emas – nomoddiy aktivlar jismo-niy ko`rinishga ega emasdirlar;

  • Sotish uchun mo`ljallanmaydi - nomoddiy aktivlar qayta sotish uchun sotib olinmaydi, balki xo`jalik faoliyatida foydalanish, nazorat qi-lish va boshqarish uchun sotib olinadi;

  • Хo`jalik faoliyatida uzoq muddat foydalaniladi - odatda nomoddiy aktivlar tarkibiga korxona faoliyatida bir yildan uzoq muddat faoliyat ko`rsatadigan (foydalaniladigan) va shu davr mobaynida egalariga huquq va ustunliklar beradigan aktivlar kiritiladi.

Nomoddiy aktivlar tarkibi turlicha bo`lib, ular bir qator belgilari bo`-yicha tarkibiy qismlarga ajratilib o`rganiladi: identifikatsiyalash, sotib olish, kutilayotgan ustunliklar berish davri, korxonadan ajralishi va boshqalar bo`yicha turkumlanishi mumkin.( 9.1-chizma)
Nomoddiy aktivlarning turkumlanishini izohlashdan oldin korxona no-moddiy aktivlari va ularni tavsifi bilan tanishib chiqaylik. Korxona nomod-diy aktivlariga quyidagilar kiradi: patentlar, litsenziyalar, intelektual mulk va savdo belgilari, kompьyuter dasturlari, mualliflik huquqi, mijozlar ro`yhati, litsenziya, marketing huquqlari, import kvotalari, tashkiliy xarajatlar, nou-xau, franchayzing va gudvill.
Patent — huquqiy tan olingan va ro`yxatdan o`tkazilgan mutlaq huquq. Patent huquqi o`zining egasiga patentga taalluqli bo`lgan buyumni, jarayonni yoki faoliyatni foydalanish, ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish huquqini beradi. Bunda chetdan boshqa shaxslar bevosita aralasha olmaydi. Patent huquqi kashfiyotning tarkibini himoya qiladi va u belgilangan tartibda ro`yxatga olingan bo`lishi kerak. Patent huquqi bilan himoyalanadigan ob`ektlarni ishlatishning asosiy ko`rinishi - bu huquqni litsenziya shartnomasi asosida berish va ob`ektni korxona ustav kapitaliga ulush sifatida qo`shishdir.

Yüklə 105,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə