Nuklein kislotalarni o`rganish tarixi va ularning umumiy tavsifi.
Nuklein kislotalar
yangi bir biologik modda sifatida 1868 yili shveytsariyalik biolog olim Fridrix Misher
tomonidan kashf etilgan edi. U yiringni tashkil qiladigan qon elementlari – leykotsitlar
yadrosidan fosforga boy noma’lum birikmani ajratib olib, unga ―nuklein‖ nomini beradi.
Keyinroq bu modda kislota xossasiga ega bo`lgani uchun ―nuklein kislota‖ deb ataldi.
1891 yilda nemis olimi Kossel bu moddalarni gidroliz qilib, ular 3 xil komponentdan:
purin va pirimidinlar qatoriga kiradigan geterotsiklik azotli asoslar, uglevod va fosfat
kislotadan tashkil topganligini aniqladi. Shuningdek, u kislotalarning 2 turi mavjudligini
ko`rsatdi. Ular keyinroq tarkibiga kiradigan uglevod komponenti – pentozaning riboza
yoki dezoksiriboza bo`lishiga qarab ribonuklein kislota(RNK) va dezoksiribonuklein
kislota(DNK) nomini oldi.
Mononukleotidlardan tashkil topgan va zanjirda 3¹5¹ - fosfodiefir bog`lari yordamida
bog`langan yuqori molekulyar moddalarga nuklein kislotalar yoki polinukleotidlar
deyiladi.
Hujayra tarkibidagi DNK va RNKning umumiy miqdori uning funktsional holatiga
bog`liq bo`ladi. Masalan, urug` hujayralari (spermatozoidlar)da DNK hujayra quruq
massasining 60% ini, ko`pchilik hujayralarda 1-10, muskullarda esa 0,2 % bo`ladi. PNK
ning miqdori esa odatda, DNK ga nisbatan 5-10 marta ko`proq bo`ladi. Jigar, oshqozon
osti bezi, embrional to`qimalar kabi faol ravishda oqsil sintezlovchi to`qimalarda
RNK/DNK nisbati 4 dan 10 gacha bo`ladi.
Yadrosi shakllanmagan bakteriya hujayralari (prokariotlar) da DNK molekulasi
sitoplazmaning maxsus zonasida – nukleoidda joylashgan bo`ladi. Agar u bakteriyaning
hujayra membranasi bilan bog`langan bo`lsa, mezosoma deb aytiladi. Kichik o`lchamli
DNK bo`laklari bunday xromosomali zonadan tashqarida joylashgan bo`lib,
bakteriyalarda bunday qismlar plazmidalar deyiladi.
Yadrosi to`la shakllangan hujayralar (eukariotlar) da DNK yadro bilan yadrocha
oralig`ida – xromosomalar tarkibida hamda yadrodan tashqari organoidlar (mitoxondriya
va xloroplastlar)da bo`ladi. Hujayraning taxminan 1-3 % DNK si yadrodan tashqariga,
qolgan qismi esa yadro ichida taqsimlangan bo`ladi. DNK dan farqli ravishda RNK
hujayrada tekisroq taqsimlangan. Bu esa RNK ning vazifasi turli-tuman ekanligi bilan
bog`liq. Yuksak tuzilgan organizm hujayrasida hamma RNK ning 11 % i yadroda, 15 %
i mitoxondriyada, 50 % i ribosomada va 24 % i gialoplazmada joylashgan bo`ladi.
DNK ning molekulyar massasi tirik organizmning murakkablik darajasiga bog`liq. Odam
va boshqa yuksak organizmlarning hujayralaridagi xromosomalarda DNK giston va
giston
bo`lmagan
oqsillar bilan bog`langan bo`ladi.
Bunday komplekslar
dezoksiribonukleoproteidlar (DNP) deyiladi.
RNK ning DNK ga nisbatan molekula massasi ancha kichik. Bajaradigan vazifasi,
molekula og`irligi va nukleotidlar tarkibiga qarab RNK ning quyidagi asosiy turlari farq
qilinadi: informatsion yoki matritsali (mRNK), transport (tRNK) va ribosoma (rRNK).