Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)



O‘ZBEKISTON PESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
D.R.BABAYEVA
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI 
VA METODIKASI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 
100000 – «Gumanitar soha» 110000 – «Pedagogika» ta’lim sohasi
 5111800 – «Maktabgacha ta’lim» ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
 darslik sifatida tavsiya etilgan
TOSHKENT–2018


UO‘K 81’233(075)
KBK 81ya7
B 12
 
D.R. Babayeva. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. 
 
(Darslik). – T.: «Barkamol fayz media», 2018, – 432 b.
ISBN 978-9943-5518-1-7
Mazkur darslik pedagogika oliy o‘quv yurtlarining talabalari, 
magistrlari va akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, 
maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarining uslubchilari va tarbi-
yachilariga mo‘ljallangan. Qo‘llanmada maktabgacha katta yoshdagi 
bolalar nutqini rivojlantirishning yo‘nalishlari, shakllari, vositalari va 
metodlari yoritilgan.
UO‘K 81’233(075)

 
KBK 
81ya7
Taqrizchilar:
B.S.Abdullayeva
– Pedagogika fanlari doktori, professor;
Sh.M.Mirzaaxmatova – 
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent;
N.N.Djamilova
– Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
ISBN 978-9943-5518-1-7
© «Barkamol fayz media» nashriyoti, 2018.


3
KIRISH
Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy 
yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin oli-
shi – bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu 
fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog‘liq hisoblanib, har jihatdan 
yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, 
fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va maz
-
mun jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va 
tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli 
vazifani yuklaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish 
yo‘lidan borar ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat 
barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning 
barkamol bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratmoqda. 
Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ij-
timoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. 
Tabiiyki hozirgi ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol avlod 
tarbiyasi haqida gapirar ekanlar: «Vatanimizning kelajagi, xal-
qimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi 
obro‘-e’tibori avvlambor farzandlarimizning unib, o‘sib, ulg‘ayib, 
qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishga bog‘liqdir.»
1
– deb alo-
hida ta’kidlaganlar. 
Hozirgi paytda yuz berayotgan globallashuv jarayoni va jami-
yatni isloh etish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash 
ta’lim tizimida ham jiddiy o‘zgarishlar kiritishni talab etadi. Dunyo 
davlatlari orasida O‘zbekiston Respublikasida birinchilardan bo‘lib 
umumbashariy tavsifga ega mazkur muammoni hal etishga doir 
konseptual-nazariy asoslar yaratildi va tizimli ravishda amaliyotga 
tatbiq etib borilmoqda. Mazkur ezgu maqsadni hayotda o‘z isbotini 
topishda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun 
va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» huquqiy asos bo‘lib xizmat 
qilmoqda. 
1
Karimov I.A. Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: 
O‘zbekiston, 1997. 4–9-b.


4
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda belgilab berilganidek, maktabga-
cha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk maktabda o‘qishga tay-
yorgarlik darajasini shakllantirish maqsadida tashkil etiladi. Ushbu 
ta’lim bolaning 6–7 yoshga to‘lguniga qadar oilada maktabgacha 
ta’lim muassasalari va mulk shaklidan qat’i nazar, ta’lim muassasala-
rida olib boriladi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi O‘zbekiston Respublikasining 
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajriba-
ning tahlili va ta’lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida 
tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, 
ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravish-
da mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazi-
falarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini 
shakllantirishga yo‘naltirilgandir
2

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining birinchi – maktab-
gacha ta’lim rivojining zamonaviy bosqichi qator o‘zgarishlar bilan 
tavsiflanadi: maktabgacha ta’lim ochiq turdagi ta’lim muassasasi si
-
fatida shakllandi; maktabgacha ta’lim muassasalarining eng muhim 
funksiyasi bolalarning hayotiy faoliyatini muhofaza qilish va salo-
matligini mustahkamlash; tarbiyalanuvchilarni maktab ta’limiga 
muvafaqqiyatli tayyorlash va boshqalar. Shuningdek, bugungi 
kunda Respublikamizda xilma-xil (yasli, bolalar bog‘chasi, bolalar 
bog‘chasi-boshlang‘ich maktab, davlatga qarashli va xususiy) turdagi 
maktabgacha ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritmoqda. 
Mustaqillik yillarida respublikada milliy ta’lim va tarbiya tizimi 
davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi darajasiga ko‘tarildi. 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning
bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon hamjamiyati tomoni-
dan keng e’tirof etilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muvaf-
faqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda noyob uzluksiz ta’lim 
tizimi barpo etildi. 
Maktabgacha ta’lim sohasi mazkur tizimning ilk bo‘g‘ini hisob-
lanadi va butun ta’lim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi bo‘lgan 
– barkamol avlodni tarbiyalashga erishishda muhim ahamiyat kasb 
2
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. – Т.: Sharq, 1997. – B. 20.


5
etadi. Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyat 
samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash-
ga yo‘naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 
2015–2016-yillar davomida 459 ta maktabgacha ta’lim muassasalari 
mukammal ta’mirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jihoz-
landi. Shu bilan birga, bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasa-
larining ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan dav-
lat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Ak-
sariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi 
zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga 
qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud 
muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Res-
publikasi Prezidentining “2017–2021-yillarda maktabgacha ta’lim 
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qa-
rori qabul qilindi. Dastur asosida keng ko‘lamli kompleks tadbirlarni 
amalga oshirish ko‘zda tutilgan: 
• 
bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va 
jismoniy rivojlanishi uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan 
holda zarur shart-sharoitlar yaratish; 
• 
maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni 
tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamo-
naviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda 
takomillashtirish; 
• 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-
texnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktla-
rida yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, ularni zamo-
naviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o‘quv-metodik 
qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash. Ushbu tadbir-
larni amalga oshirish uchun jami 2.2 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi 
ko‘zda tutilmoqda. 
Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi 
natijasida quyidagilarga erishiladi: 
• 
yuqori sifatli maktabgacha ta’limni ta’minlash, bolalarni si-
fatli maktabga tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayo-
niga muqobil dasturlarni joriy etishga; 


6
• 
bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 
6100 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etishga; 
• 
3–6 yoshdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab 
olinmagan bolalarni, ularning ota-onalarini metodik qo‘llanmalar bi-
lan ta’minlash orqali maktab ta’limiga tayyorlashni tashkil etishga
• maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini 50 ta yangi quri
-
lish hamda mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish 
va 983 tasini mukammal ta’mirlash orqali kengaytirishga; 
• 
qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-
onalar badal to‘lovini 30 foizgacha kamaytirishga; 
• 
bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini 1,5 barobarga 
oshirishga. 
Dasturning samarali amalga oshirilishi unda ko‘zda tutilgan 
ko‘rsatkichlar ijrosining borishini tizimli monitoring qilib borish 
orqali davlat organlarining doimiy nazoratida bo‘ladi.
3
Bu qaror 
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashuviga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi»da 
ko‘rsatib o‘tilganidek, maktabgacha ta’lim bu ko‘p tomonlamali, 
maqsadga yo‘naltirilgan, bolani ta’limning keyingi bosqichi – maktab 
ta’limiga tayyorlovchi, jismoniy, ruhiy, individual va yoshga doir rivoj-
lanishini ta’minlovchi ta’lim va tarbiya jarayonidir. 
«Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi»da maktabgacha ta’lim ma-
salasi alohida yoritib o‘tilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsi-
yasi, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va boshqa me’yoriy-huquqiy huj-
jatlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda respublikamizda maktab-
gacha ta’limni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari o‘z aksini 
topgan
4
.
Shuningdek, Konsepsiyada maktabgacha ta’limning asosiy ik-
kita – didaktik va metodik modellarining mohiyati ham chuqur 
3
O‘zb. Res. Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “2017–2021-yillarda maktab-
gacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
Qarori. T.:-2016 y. 29-dekabr.
4
Кадырова Ф.Р., Кадырова Р.М., Вахобова Ф.Н. Концепция дошкольного 
образования Республики Узбекистан. – Т: Фан ва технологиялар, 2011. – С.4.


7
va yetarlicha yoritib berilgan. Har ikkala model ham shaxsga 
yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari nuqtayi nazaridan asoslab beril-
gan bo‘lib, ularning asosiy tamoyillari, ta’lim vositalari, bosqichlari 
hamda pedagog va bolalarning o‘zaro harakati turlari aniq ko‘rsatib 
berilgan. Bilim olishga intilish, ma’rifatli bo‘lish o‘zbek xalqi, mil-
latining ruhiyatida ustuvor o‘rin tutuvchi omil sanaladi. Ma’rifatlilik 
– faqatgina bilim va malakaga ega bo‘lish emas, ayni vaqtda chuqur 
ma’naviy axloq hamdir. Bilimli, komil inson qiyofasida ana shun-
day xislatlarga ega shaxslar namoyon bo‘ladi. Bolalarning ma’naviy 
jihatdan barkamol bo‘lishini rivojlantirib borish yosh avlod tarbiya-
sida umumxalq ishidir. 
Ma’lumki, vatan beshikdan boshlangani kabi, ta’lim-tarbiya ham 
beshikdanoq, hattoki, bola tug‘ilmasidanoq berila boshlanishi kela-
jakdagi ijobiy natijalarga sabab bo‘ladi.
Mamlakatimiz yoshlariga erta ta’lim-tarbiya berish mas’uliyatini
hozirda yurtimizda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim muas-
sasalari o‘z zimmasiga olgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida 
bilimlarni berish shakli mashg‘ulotdir. Mashg‘ulotlar jarayonida bo-
laning nutqi rivojlanib, undagi grammatik va fonetik qirralari sayqal-
lanib, til boyligi oshib borish bilan bir qatorda undagi psixologik va 
intellektual jihatlari rivojlanib boradi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida 5 ta metodika bo‘yicha bo-
lalarga ta’lim-tarbiya saboqlari berib boriladi. Bulardan eng asosiysi 
«Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari» desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, 
nutq o‘stirish nafaqat bolaning so‘z boyligini oshirish, balki uning 
muloqot qobiliyatini rivojlantiradi, undagi bilish jarayonlarining, shu 
jumladan bolaning tafakkurini o‘stirishda ham muhim vosita bo‘lib 
hisoblanadi. 
Hozirgi paytda maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini ri-
vojlantirishga yanada yuqori talablar qo‘yilmoqda. Bu talablarga 
javob berish nutqni rivojlantirishga oid yangi izlanishlarni taqozo 
etadi. Shunday qilib, pedagogika ilmining hozirgi bosqichida mak-
tabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga nisbatan 
qo‘yiladigan talablar bilan ushbu talablar ijrosi o‘rtasida ziddiyatlar 
namoyon bo‘lmoqda.


8
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, biz mazkur kitobda maktabgacha 
katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning samarali yo‘llari 
hamda vositalarini ishlab chiqishda tayanch bo‘ladigan nazariy, meto-
dik usullarni yoritishga qaror qildik.


9

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə