Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Xulosa:
– Bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri amal qilish, kattalar 
nutqini idrok etish va o‘zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi.
– Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalarning 
tevarak-atrof obyektlari (kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar, 
o‘simliklar olami, suv osti dunyosi) to‘g‘risidagi tasavvurlarini an-
iqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi.
– Tilni to‘g‘ri o‘rganish, uning grammatik tuzilishiga e’tibor 
berib so‘zlashish, bolalarda erkin muhokama yuritish, savollar berish, 
boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulosalar chiqarish, narsa va 
hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishning turli ko‘rinishlarini anglab ye-
tishga olib keladi.
– Maktabgacha tarbiya muassasasida
 
sog‘lom, tabiiy muhit 
yaratish, ularning to‘g‘ri muomalaga kirishishi, boshqalar bilan gap-
lashish ishtiyoqining ortishiga turtki bo‘ladi.
– Bolalarni narsalarning nomlarini to‘g‘ri aytishga, ularning 
o‘xshash va farqli tomonlarini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossala-
rini, jinsi va turiga oid yo‘naltiruvchi lug‘atini faollashtirish, nutqning 
grammatik tuzilishini shakllantirish, nutq madaniyatini shakllantirish
dialogik va monologik nutqini takomillashtirish va nihoyat savod 
o‘rgatishga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuni-
yatlari haqida gapirib bering. 
2. Bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy asoslari haqida nima-
larni bilasiz?
3. Nutq o‘stirish borasida qanday didaktik tamoyillarga tayanib 
ish ko‘riladi?
4. «Bolajon» tayanch dasturi ishlab chiqilishiga nima sabab 
bo‘ldi?
5. Yangi takomillashtirilgan «Bolajon» tayanch dasturining 
maqsad, vazifalari nimalardan iborat?
6. Bolalarning nutqini o‘rganishning eng qulay usulini ayting?


71

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə