Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari haqida 
gapirib bering. 
2. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qanday amalga 
oshiriladi? 
3. Ilk bolalikda nutq rivojlanish davrlari haqida nimalarni 
bilаsiz?
4. Uch yoshli bolalardagi markaziy yangilik nimadan iborat?
5. Uch yoshga kelib bola ijtimoiy rivojlanishning qanday 
ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi?
6. Uch yoshli bolalardagi markaziy yangilik nimadan iborat 
ekanligini ayting?
7. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishga doir 
mashg‘ulotlarni aytib bering?


79
6–7-§. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning vazifalari,
metodlari va vositalari
Reja:
1. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari.
2. Kichik yoshdagi bolalar nutgini o‘stirishning metodik masalalari. 
3. Kichik yoshdagi bolalar uchun mashg‘ulotlar ishlanmasi. 
4. Bolaning har bir yosh bosqichida nutqning tovush madani-
yatini tarbiyalash. 
Tayanch tushunchalar: 
Psixolingvistik adabiyotlar, yarim tilli-
lik, ijtimoiy kutish, kommunikativ yo‘naltirilganlik, ijtimoiy vaziyat, 
emotsional kechinmalar, ermak o‘yinlar, diksiya, emotsional ekspres-
siya, empatiya
1. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari. 
Uch-
besh yoshli bolalarda kattalarning mehriga, ularning tushunishiga 
va u bilan muloqot qilishiga ehtiyoj saqlanib qoladi. Kattalarga nis-
batan ishonchga asoslangan muloqot va uning emotsional ahvolini 
(quvonch, zavq-shavq, qayg‘u, xotirjamlik, jahldorlik va h.k.) his qil-
ishga, kayfiyat o‘zgarganligi sabablarini tushunishga qodirlik rivoj-
lanadi. Kattalar bilan muloqotning yangi shakli – qiziqarli mavzu-
larda muloqot qilish vujudga keladi va rivojlanadi. U dastlab kattalar 
bilan birgalikdagi bilish faoliyatiga (masalan, o‘yin, predmetlar va 
o‘yinchoqlar bilan tajriba o‘tkazish, qog‘ozdan va tabiiy materialdan 
narsa yasash va boshq.) qo‘shilib ketgan, so‘ngra, bola hayotining 
beshinchi yili oxiriga kelib muayyan vaziyat bilan bog‘liq bo‘lmagan 
bilish mavzularidagi «nazariy» muloqot ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
Bolalarning katta yoshli odam bilan muloqotga bo‘lgan ehtiyoji-
ning qondirilmasligi ular o‘rtasida emotsional jihatdan begonalashuv-
ga olib keladi. U turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: ba’zi bolalar 
indamas, hurkak, arzimagan narsaga ham yig‘lab yuboruvchi bo‘lib 
qoladilar; boshqalari esa – negativizm, tajovuzni namoyon qilishadi.
Bola hayotining to‘rtinchi yilida tengdoshi uning uchun eng av-
valo, birgalikdagi amaliy faoliyat (rasm chizish, narsa yasash, tuzish 


80
va h.k.) ishtirokchisi, o‘yindagi sherik sifatida qolaveradi. Bola teng-
doshiga eng oddiy talablar, iltimoslar bilan murojaat qiladi va teng-
doshining harakatiga baho beradi. Besh yoshli bolalar tengdoshlari-
ning hadeb u yoki bu narsani so‘rab, jonga tegishini salbiy baholaydi.
Besh yoshga kelib, tengdoshlari bilan muloqotga va ular bilan bo-
lalar jamiyatini vujudga keltiradigan birgalikdagi o‘yinlarga bo‘lgan 
ehtiyoj keskin ortadi. Bola hayotining beshinchi yiliga kelib, u o‘z 
tengdoshlari o‘rtasida o‘z o‘rnini anglay boshlaydi. Kommunikativ 
ko‘nikma rivojlanadi: bola salomlashadi va xayrlashadi, do‘stini ismini 
aytib chaqiradi, to‘rt-besh yoshlarga kelib – sherigini u o‘ynayotgan 
rol nomi bilan chaqiradi («hoy, shofyor, arqon g‘ildirakning tagiga 
tushib ketdi»).
Kattalar va tengdoshlar bilan muloqot qilish bolaga o‘zining 
«men»ini anglash imkonini beradi. Aynan muloqotda «men» ob-
razining shakllanishi ro‘y beradi. Qulay tarbiya sharoitlarida, ya’ni 
kattalar va tengdoshlari bolaga xayrixohlik bilan munosabatda 
bo‘layotganida uning ma’qullanishiga, ijobiy bahoga, tan olishga 
bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi. Salbiy muloqot tajribasi tajovuzga
o‘ziga nisbatan ishonchsizlikka, odamovi bo‘lib qolishga olib keladi.
Bolaning o‘ziga-o‘zi baho berishi, odatda yuqori bo‘ladi. Kichik 
bolakay o‘z shaxsini haddan tashqari yuqori baholashi tabiiy, 
o‘rinlidir va bu kimdir uning shaxsiy xususiyotlarini salbiy bahola-
gan («qizg‘anchiq») yoki uning xulq-atvorini, faoliyatini qandaydir 
bir ideal bilan, masalan tengdoshi bilan taqqoslagan taqdirda, shaxsni 
himoya qilishning o‘ziga xos mexanizmi hisoblanadi.
Yosh o‘tishi bilan bolaning o‘z aytgan so‘zlariga va xatti-harakat-
lariga, shuningdek, faoliyatning har xil turlaridagi o‘z imkoniyatlari 
va yutuqlariga mos tarzda baho berish rivojlanadi.
Besh yoshga kelib o‘zi sodir etgan xatti-harakatlarni ularning 
boshqa odamning va uning o‘zining jismoniy va emotsional ahvoli 
uchun keltirib chiqaradigan oqibatlari nuqtayi nazaridan baholashi 
mumkin. Unga «Agar men birovga yomonlik qilsam, bu unga ham, 
menga ham yoqmaydi, ikkimiz ham xafa bo‘lamiz. Agar men yax-
shi ish qilsam, ikkovimiz ham xursand bo‘lamiz» degan fikr-mulo
-
hazaning mazmuni tushunarli bo‘ladi. Bolada qiziqishlar va qadriyat 


81
yo‘nalishlari, o‘g‘il bolalar va qizlarga xos bo‘lgan muayyan faoliyat 
turlarini va o‘zini tutish usullarini afzal ko‘rish shakllana boshlaydi 
(masalan, qizaloqlar qo‘g‘irchoq o‘ynashsa, o‘g‘il bolalar mashi-
nalarni o‘ynaydilar va h.k.).

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə