O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
Chet el adabiyotlali: 
1.Active schools. Kori ki te Kura. Games sport New Zealand 2012
year, 
2.A Hand Book For Teaching Sports 1958-2008 year, 
3.P. Edwards, M.A. Basketball
 
 
 


46 
IV-Bob TAKTIK TAYYORGARLIK 
Taktik tayyorgarlikning asosiy maqsadi - shug’ullanuvchilarni sport 
kurashidagi ahvolga qarab texnik usullarni bajarishga o’rgatishdir. 
Basketbolchini taktik mahoratini, hozirgi zamon o’yin taktikasini 
tushunmay va uni rivojlanishi tarixini bilmay turib (ko’z oldiga keltirish 
qiyindir) tasavvur qilib bulmaydi. Bu ma’lumotlar tayyorgarlikning 
nazariy bo’limida o’z aksini topgan. Amaliy bo’lim, taktik masalani 
amalga oshirish uchun sheriklari bilan o’zaro harakat qilish yoki shaxsiy 
harakat qilish imkonini beradigan aniq malakalarni egallashga 
qaratilgan jarayondir. 
Taktik tayyorgarlikda metodik harakatdan o’zaro bog’liq to’rtta 
vazifani ko’rish mumkin. 
1.
O’yinchilarda taktik fikrlashni, murakkab reakstiya tezligini, 
maydonda orientirovka qilishni, zehni o’tkirlikni (ziyrak), ijodiy 
tashabbusni va har xil harakat qilish masalalar(vazifalar) echimini (hal 
qilishni)oldindan ko’ra olish qobiliyatini rivojlantirish. 
2.
Shug’ullanuvchilarni shaxsiy harakatga va sheriklari bilan 
hujumda va himoyada oddiy o’zaro harakatlar bajarishga o’rgatish. 
Hujumda va himoyada o’yinchilarni maydonda joylashishini aniqlab va 
ularni funkstiyalarini aniq-aniq belgilab, jamoa harakatlariga o’rgatish. 
3.
O’yinlarda ayrim texnik usullarni, taktik malakalarni o’z 
imkoniyatiga va raqib o’yini xususiyatlariga qarab samarali foydalana 
bilishni shakllantirish. 
4.
Maydondagi sharoitga va raqib o’yini xususiyatlariga qarab 
himoya yoki hujumni biror-bir harakatidan boshqasiga tez o’tish, 
qobiliyatini o’yinchilarda rivojlantirish. 
Agar birinchi ikkita vazifa asosan taktikani egallashning 
boshlang’ich bosqichiga taalluqli bo’lsa, keyingilari esa ko’p yillik 
takomillashtirish bosqichida hal qilinadi. O’z harakatlarini jamoadosh 
sheriklari harakatlari bilan moslab olib borish katta ahamiyatga egadir. 
Basketbolchini tayyorlash tizimida (tizimsida) taktik tayyorgarlik 
muhim ahamiyatga egadir. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə