O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124

aks  ettirilgan.  Keyingi  davrlar  ularning  o ‘rniga  qirollar,  shohlar  va 
cherkov iyerarxlari  suratlari tasvirlangan.  Buijua Respublikalari tanga- 
larida  podsholar  va  avliyolar  tasvirlari  o ‘rniga  davlat  gerblari,  turli 
belgilar va  yangi  tarixiy  hodisalar  manzaralari  aks  ettirilgan.
K o ‘p  asrlar  davomida,  deyarli  XIX  asrning  boshiga  qadar  k o ‘p- 
chilik mamlakatlarning pul tizimlarida bir xildagi maqomga ega b o ‘lgan 
oltin  va  kum ush  tangalar  parallel  ravishda  amal  qilib  kelgan.  B unda 
o ltin  bilan  k u m u sh   o ‘rtasidagi  narxga  oid  o 'z a ro   nisbat  rasm an  
belgilanmagan,  balki  bozor  mexanizmlari  bilan  belgilangan.  Ayrim 
m am lakatlarda esa to ‘laqonli oltin va kumush tangalarning amal qilishi 
oltin  bilan  kum ush  o ‘rtasidagi  davlat  to m onidan  belgilangan  narxga 
oid  o'zaro  nisbatga  k o ‘ra  yuritilgan.
1816-yildan  1900-yilgacha  m am lakatlarning  ko'pchiligi  oltin  yoki 
oltin  tangali  standartga  o ‘tganlar:  bu  standartda  mamlakatning  asosiy 
pul  birligi t o ‘laqonli m uom alada b o ‘ladigan oltin tangada zarb qilingan. 
U ning  nom inali  uning  tarkibidagi  oltin  qiymatiga teng edi.  Bu  davrda 
banknotalarning oltin tangalarga h ech qanday t o ‘siqsiz ayirboshlanishi 
t a ’m inlangan.  Kum ush  va  mis  tangalar esa  mayda  pul  rolini  o'y nardi. 
Bunda  m ayda  pullarning  metall  qiymati  ham ,  odatda,  u  yoki  boshqa 
darajada  oltin  tangaga  b o g‘lan a r  edi.  XX  asr  boshiga  kelib  to v ar 
ishlab  chiqarish  katta  miqyoslarga  erishdi  va  tovar  massasining  oshib 
borayotgan hajmlariga xizmat ko‘rsatish uchun tobora ko‘proq  m iqdor- 
dagi  pullar  talab  qilingan.
XIX 
asrning  oxiri  —  XX  asrning  boshida  yirik  mashinali  ishlab 
chiqarishning  rivojlanishi  bilan  tovarlarning  keskin  ortib  borayotgan 
massasi  bilan  oltin  standart  shartlariga  ko ‘ra  amalda  mavjud  b o ‘lishi 
cheklangan  metall pullarning  m iqdori o'rtasida jiddiy disproporsiyalar 
vujudga  keldi.  Lekin  oltin  standart  aksariyat  ko‘pchilik  davlatlarda 
birinchi  ja h o n   urushigacha  amal  qilib  turdi.  Birinchi  jah o n   urushi 
boshlangan  vaqtga  kelib  am alda  b arch a  m am lakatlar  harbiy  strategik 
zaxiralarni  shakllantirish  m aqsadlarida  oltin  va  kum ush  tangalarni 
m uom aladan olib tashlashdi.  Pul  m uomalasida ularning o ‘rnini t a ’m in - 
lanm agan  b a n k n o ta la r  va  m ayda  pullar  egalladi. 
Shu  m unosabat 
bilan prinsipial jihatdan yangi pul tizimlari paydo bo‘ldiki, ular o'zining 
tovar  qiymatiga  ega  bo'lgan  real  pullardan  shakllantirilmasdan,  balki 
ularning  surrogatlariga  asoslangan  edi.  B unday  pul  surrogatlari  oltin 
bilan  t a ’m inlanm agan  pul  belgilari  —  banknotalar,  xazina  biletlari, 
arzon  qotishm alardan  yasalgan  tangalar  nom ini  oldi.  T o ‘laqonli  oltin 
tangadan farqli ravishda bunday pul  surrogatlari tovar bozorida o'zining


qiymatiga  ega  em as  edi,  chunki  b u n d a y   qiym at  ju d a   k a m   b o ‘lib, 
faqat ularni tutib turuvchining bunday pullarni almashtirganda muayyan 
qiymatni olish  huquqidan guvohlik berardi.  Bunday holda pul  belgilari 
faqat  qiymatning  vositachi  vakillari  rolini  bajarardi.
Birinchi jah o n  urushi  haddan ortiq  moddiy zararlar keltirib,  xo'jalik 
faoliyatini izdan chiqargani sababli,  dunyodagi  barcha mamlakatlarning 
hukumatlari  real  qimm atga  ega  b o im a g a n  ju d a   katta  m iqdordagi  pul 
belgilarini  chiqarishga  kirishdi.  Buning  natijasida  urush  tugaganidan 
keyin  bu  m am lakatlarda  qadri  tushib  ketgan  pullar  miqdori  ko'payib 
qoldi.  Inflatsiya jarayonlari  1930-yillargacha  ko ‘pgina  davlatlarni  o ‘z 
girdobiga  tortdi.  B unday  jarayonlar  sababli  iqtisodiy  va  moliyaviy 
sohalarda  yuz  bergan  deformatsiyalar  shunchalik jiddiy  ediki,  Yevro- 
pada  urushdan  keyin  bir  qator  m am lakatlarda  oltin  standartni  yana 
qaytadan  tiklashga  b o ‘lgan  urinishlar  kerakli  natija  bermadi.
XX asrning 70-yillarida oltinning denominallashuvi yuz berib, buning 
natijasida  oltin  oldiniga  mamlakatning  ichki  aylanishida  m uo m ala  va 
t o io v  vositasi  funksiyalarini,  so‘ngra  1976-yildan  boshlab ja h o n   pullari 
funksiyasini  ham  bajarmay  q o ‘ydi.  Ichki  aylanishda  va jah o n   bozorida 
ham  qog‘oz  va  kredit  pullari  oltinni  siqib  chiqarib  tashladi.
Q o g‘oz pullar 
— t o ia q o n li  pullarni taq d im  etuvchi  pul belgilaridir. 
Tarixiyjihatdan olganda,  qog'oz pullar metall  pullar muomalasi asosida 
kelib  chiqqan.  U lar  bundan  oldin  m u o m alad a  b o ‘lgan  kum ush  yoki 
oltin tangalarining o ‘rniga tatbiq etilgan.  Pullar tovarlarning  ayirbosh- 
lanishida  vositachi  b o i i b   hisoblanadigan  voqelikning  o ‘zi,  pullarning 
muomala  vositasi  sifatida  faoliyat  yuritishi  obyektiv  tarzda  to ia q o n li  
pullar o'rniga chiqarilgan pul belgilarining muomalasi  mumkin ekanligini 
tasdiqladi.  Kum ush  va oltin  tangalar  ishlatib  kelingan  ko‘p  asrlik  tarix 
m obaynida  siyqasi  ch iqqan  va  o ‘z  shaklini  y o 'q o tg an ,  y a ’ni  real 
og‘irligi  kamroq b o i g a n   tangalar  m uom alad a  to ia q o n li tangalar bilan 
bir  qatorda  amal  qilishi  va  xuddi  shunday  qiymatni  ifodalashi  qayd 
qilindi.  Bu  metall  tan g alarn i  a m a ld a   h e c h   q a nday  qiym atga  ega 
b o im a g a n   qog‘oz  pullar  bilan  almashtirish  haqidagi  fikrga  olib  keldi. 
Ilk  q o g ‘oz  p u lla r  e ra m iz n in g  
XIT  a s rid a   X ito y d a,  Y e v ro p a   va 
Amerikada esa —  faqat XVTI—XVIII  asrlarda  paydo b o i d i.  Rossiyada 
qog'oz  pullar  (assignatsiyalar)  1769-yilda joriy  etilgan.
Qog‘oz  pullarning  mohiyati  shun d an  iboratki,  ular  pul  belgilari 
hisoblanadi va, odatda,  metallga ayirboshlanadi.  Shuning u c h u n  qog‘oz 
pullar m uom alada vakillik  qiymatiga ega b o i a d i  va xarid qilish  h am d a 
t o io v   vositasi  rolini  bajaradi.


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə