O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   124

va  cheklarning  o 'rnini  bosadigan  hisob-kitoblar vositasi  b o i ib   xizmat 
qiladî.  Kredit kartochkalarining ahamiyati shundaki, ulardan foydalanish 
naqd  pullar  ishlatiladigan  sohani  toraytiradi,  tovarlar  va  xizmatlarni 
sotishda  stimul  b o i ib   hisoblanadi.
Pullar ularning egasiga har qanday tovar (xizmatlar)ni olish huquqini 
ta 'm in la s h   bilan  ijtim oiy  boylik  tim soli  b o i a d i .   Shuning  u c h u n  
o d a m la rd a   ularni  t o ‘plash  va  ja m g ‘arishga  intilish  paydo  b o i is h i  
m uqarrar.  O dam lar  o ‘z  mahsulotiga  haq  to ia n ish i  evaziga  pullarni 
olish  bilan  ular  m uayyan  zaxirani  yaratishadi.  Bunday  zaxira  qisqa 
m uddatli  yoki  uzoq  m uddatli  b o iis h i  m um kin.
Pullar  ja m g ‘arm a  vositasi  funksiyasini  bajaradi,  chunki  ular  eng 
likvidli  tovar b oiganlig i  sababli  eng qulay shaklda jam g ‘arishga  imkon 
beradi.  Shuni  qayd  qilish  zarurki,  inflatsiya  sharoitida  bunday afzallik 
m uayyan  tarzda yo‘qoladi va  pullarni qadrsizlantirish  zarurati vujudga 
keladi.
Tovar  ishlab  chiqarishning  rivojlanishi  bilan  pullarning  to ‘plash 
va ja m g ‘arish vositasi  sifatidagi  funksiyasi  h a m   oshib  boradi.  T o ‘plash 
va  jam g'arish siz  tak ro r  ishlab  chiqarish  jaray o n in i  amalga  oshirib 
b o im a y d i,  chunki k o ‘proq foyda olishga b o i g a n  intilish tadbirkorlarni 
pullarni  xazina  sifatida  saqlamaslik,  balki  ularni  aylanishga  sarflashga 
undaydi.
M etall  pullar  m uom alasi  sharoitida  m arkaziy  emissiya  banklari 
ichki  pul m uomalasining zaxiralari shaklida oltin zaxiralariga,  bankno- 
talarni  oltinga  almashtirish va  xalqaro  to io v la r   uch u n   zaxiralarga  ega 
b o iis h i shart edi.  Hozirgi vaqtda oltinning m uom aladan chiqarilganligi 
sababli  M arkaziy  bank  oltin  zaxirasining  barcha  bunday  funksiyalari 
bekor  b o id i.  Shu  bilan  birga,  oltin  strategik  zaxira  sifatida  markaziy 
banklarda  saqlanishda  davom   etm oqda.
1.3.  Pulning  nazariyalari
XX 
asr  boshigacha  pullarning  iqtisodiy  nazariyasida  quyidagicha 
ikki  m asala:  1)  p u lla rn in g   kelib  ch iqish i  va  m o h iy ati  haqidagi  va
2)  pullarning  qiym ati  va  xarid  qilish  kuchi  haqidagi  masalalar  m ar­
kaziy  o ‘rin  egallab  kelgan.  Birinchi  masala  b o ‘yicha  siyosiy  iqtisodda 
ikki  y o ‘nalish  —  pullarning  metallistik  va  nominalistik  nazariyaiari 
am al  qilgan.
Pulning  metallistik  nazariyasi.  G 'a rb iy   Yevropada  b o sh la n g ic h  
kapital jam g ‘arish davrida savdo burjuaziyasining manfaatlarini obyektiv


aks  ettiradigan  pullarning  metallistik  nazariyasi  vujudga  keldi.  M etal- 
listik nazariya tarafdorlari —  U.  Stafford (1554— 1612), T.  M e n   (1571 — 
1641),  D.  N ors  (1641 — 1691)  va  boshqalar  —  tangalarning  ishdan 
chiqishiga  qarshi  bo‘lib,  m etallarning  barqaror  m u o m alad a  b o ‘lishini 
yoqlab chiqishdi.  U lam ing nazariyasi uchun davlatning boyligini pullar 
bilan,  pullarning  o ‘zini  esa  asl  metallar  bilan  bir  xil  deb  tushunish 
xarakterli  edi.  U lar  pullarning  mohiyatini  asl  m etallarning  ijtimoiy 
xususiyatlari  emas,  balki tabiiy xususiyatlari  bilan b o g iash g a n ,  pullarga 
ijtimoiy,  ishlab chiqarish munosabati sifatida qarashm agan,  balki  ulam i 
buyum   deb  bilishgan.  S h u n in g   u c h u n   u lar  p u lla rn in g   to 'la q o n li 
tangalarni  talab  qiladigan  funksiyalarini,  ayniqsa,  j a h o n   pullari  va 
xazinalar  funksiyalarini  mutloqlashtirishgan.
Pulning  nominalistik  nazariyasi.  Rimlik  va  o ‘rta  asrlik  yuristlar 
klassik  nom inalizm ning yaratuvchilari edi.  N o m in alizm n in g  «ikkinchi 
bor  o ‘zini  o'nglab  olishi»  m erkantilistlarning  metallistik  nazariyasi 
tanqidi  bilan  bog'liqdir.  N om inalistlar  shunga  asoslanadiki,  ularning 
fikricha,  pullar  —  bu  faqat  tovarlar  ayirboshlashiga  xizm at  qiladigan 
ideal  hisob  birliklari,  m ahsulot,  davlat  hokimiyatining  natijasi  hisob- 
lanadi.  XVII—XVIII  asriarda  amal  qilgan  o ic h o v n in g   ideal  pul  birligi 
nazariyalari  o ‘z  m ohiyatiga  k o ‘ra  nom inalistik  tu sd a  b o ‘lgan.  Bu 
nazariya tarafdorlari  — J.  Lokk  (1632— 1704),  J.  Berkli  (1685— 1753), 
J.  Styuart  (1712— 1780)  —  pul  birliklarining  nom lari  (funt  sterling, 
taler,  frank)  «qiymatning  ideal  atomlari»ni  ifodalaydi,  deb  faraz  qi- 
lishgan.
Tovarlarning  qiymati  ijtimoiy  zarur  ish  vaqtining  m uayyan  sonli 
soatlarini  o ‘zida  mujassam  etadi.  Shuning  uch u n   ayrim  iqtisodchilar, 
jum ladan,  D.  G rey  (1798— 1850),  tovarlar qiymatini  bevosita  ish vaqti 
soatlarida,  o ‘ziga  xos  «ishchi pullarda»  ifodalash  zarurligini  asoslashga 
urinishgan.  D.  G reyning  fikricha,  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  bankka 
o ‘z mehnati  mahsulotlarini topshirishi va ular uchun  «ishchi pullar»ning 
muayyan m iqdorini olishlari  kerak b o ig a n , ular ana shu  «ishchi pullari» 
yordamida ushbu bankda o ‘zlariga zarur tovarlarni sotib olishi  m um kin 
edi.  XIX asrning 20-yillari oxiri  — 40-yillarida «ishchi pullari» g‘oyasini 
amalga  oshirishga  urm ishlar  bo'lgan.  1829-yilda  M arselda  advokat 
Masel  «ayirboshlash  banki»ni  tashkil  qilgan;  1832—1834-yillarda  so- 
tsialist-utopist  R.  Ouenning  tashabbusiga  ko ‘ra  Angliyada  «adolatli 
ayirboshlash  bozorlari»  ochilgan;  1849-yilda m ayda burjua iqtisodchisi 
P.J.  Prudon  shunga  o ‘xshagan  «xalq  banki»ni  ta ’sis  etgan.  Biroq  bu 
muassasalarning  hammasi  bir  xilda  yakun  topib,  inqirozga  uchragan.


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə