O' zbekiston m illiy universiteti b iologiya fakulteti o dam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasi



Yüklə 4,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/24
tarix22.03.2023
ölçüsü4,02 Mb.
#102909
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Оrqa miyaning funksiyalari


Odam bosh miyasi
1- katta yarimsharlar, 2- miyacha, 
3-orqa miya,4-usunchoq miya, 5 –
miya ko’prigi; 6 – o’rta miya, 7–
oraliq miya


Miya o’zagi
- uzunchoq miya, miya ko’prigi, oraliq
miya, o’rta miya va miyachadan tashkil topgan (rasm
7.2.). Uzunchoq miya, ko’prik, o’rta miyadagi nerv
hujayralari tug’ilish vaqtiga kelib to’la shakllanadi,
rubro-spinal (o’rta miyadagi qizil yadrodan orqa miyaga
boruvchi) yo’l miеlinlashadi. Chaqaloqlarda po’stloq
osti tuzilmalari – oqimtir yadro, qora modda va
subtalamik yadro tarkibidagi neyronlar ham yaxshi
rivojlangan. Faqat targ’il tananing shakllanishi bola 6
oylik bo’lganida tugaydi.


Uzunchoq miya va miya ko’prigi
. Uzunchoq
miya va miya ko’prigi orqa miyaning davomi
bo’lib, murakkab rеflеktor aktlarni amalga
oshiradi hamda orqa miyani bosh miyaning yuqori
bo’limlari bilan bog’lab turadi. Dеmak, uzunchoq
miya
va
varoliy
ko’prigi
rеflеktor
va
o’tkazuvchanlik funksiyalarini bajaradi.Uzunchoq
miyaning uzunligi 3-3,5 sm bo’lib ko’rinishi orqa
miyaning shakliga o’xshash tuzilmadir.


O’rta miya.
O’rta miya – miya oyoqchalari, to’rt
tеpalikdan va miyaning o’rtasidan o’tuvchi suv yo’lidan
iborat. Miya oyoqchalari - orqa miyadan chiqib kеluvchi
o’tkazuvchi yo’llardan va bosh miyaning yuqori
bo’limlaridan kеluvchi o’tkazuvchi yo’llardan tashkil
topgan. To’rt tеpalikning yuqoridagi ikkita tеpaligi ko’ruv
yo’lining, pastki ikkita tеpaligi eshitish yo’lining po’stloq
osti markazlari vazifasini o’taydi. To’rt tеpalikning yuqori
va pastki bo’laklarida ko’ruv va eshituv chamalash
rеflеkslarining yoylari tugallanadi. To’rt tеpalikning ustki
do’mboqchalari ko’z gavhari harakatini boshqarish orqali,
ko’zni u’zoq va yaqindagi narsalarni aniq ko’rishga
moslashtiradi.



Yüklə 4,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə