O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94


O“ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
UZVIYLASHTIRILGAN DAVLAT  TA’LIM
 STANDARTI VA O‘QUV DASTURI
(Mehnat ta’limi, tasviriy san’at,
chizmachilik, musiqa madaniyati
va jismoniy tarbiya)
(1–9 sinflar)
TOSHKENT  2010


2
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
 OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGINING
QO‘SHMA HAY’AT MAJLISI
QARORI
2010 yil  1  iyul               ¹ 6/2   /  4/1                     Toshkent sh.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida
o‘qitiladigan umumta’lim fanlari hamda oliy ta’limda davom
ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash
to‘g‘risida
 “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Davlat maslahatchisi xizmati va Vazirlar Mahkamasi Ta’lim,
sog‘liqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va
telekommunikatsiyalar kompleksining 2010 yil 17 martdagi qo‘shma
yig‘ilish bayonida belgilangan  vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida
Oliy va o‘rta maxsus hamda Xalq ta’limi vazirliklarining 134- va 62-sonli
qo‘shma buyruqlariga asosan, umumta’lim fanlarining barcha yo‘nalishlari
bo‘yicha umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
hamda oliy ta’lim muassasalarining yuqori pedagogik mahorat va tajribaga
ega amaliyotchi o‘qituvchilari, yetakchi olim, metodist va mutaxassislarni
jalb etgan holda 31 ta ishchi guruhi tuzildi.
Mazkur ishchi guruhlar tomonidan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus
kasb-hunar ta’limi Davlat ta’lim standartlarining sharhlari, o‘quv
dasturlari va darsliklari uzviylik, uzluksizlik hamda o‘quvchilarning yoshi
va psixofiziologik xususiyatlariga mosligi jihatidan tahlil qilinib, tegishli
xulosa va takliflar tayyorlandi.


3
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Tahlillar asosida o‘quvchilarning yosh imkoniyatlari va psixofiziologik
xususiyatlariga asoslanmasdan umumta’lim fanlari o‘quv dasturlariga
kiritilgan yoki 12 yillik majburiy ta’limga o‘tish davrida quyi bosqichlarga
o‘tkazilgan, sinflar, ta’lim bosqichlari (umumiy o‘rta va o‘rta maxsus
kasb hunar ta’limi) mazmunida takrorlangan, izchilligi ta’minlanmagan
jami 813 soat hajmdagi mavzular aniqlanib, optimallashtirildi.
Shundan, 247 soat hajmdagi mavzular umumiy o‘rta ta’lim o‘quv
dasturlaridan chiqarilib, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga, 327 soat
hajmdagi mavzular esa sinfdan-sinfga o‘tkazildi, 239 soat hajmdagi
mavzular sinflarda takrorlanganligi uchun qisqartirilib, maqbullashtirildi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o‘tkazilgan va sinflar kesimida
maqbullashtirilgan soatlar hisobidan amaliy mashg‘ulotlar uchun
qo‘shimcha 240 soat, murakkab mavzularni kengaytirib o‘qitish uchun
359 soat, yangi mavzular uchun 214 soat ajratildi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida 413 soat hajmdagi mavzular
optimallashtirilib, 333 soat hajmdagi mavzularga qo‘shimchalar kiritildi
va to‘ldirildi, qolgan 80 soati mavjud mavzular tarkibiga singdirildi.
Natijada, umumiy o‘rta ta’lim davlat standartlarining sharhlari va
umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida
o‘qitiladigan 18 ta umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlari qayta
ishlanib Respublika ta’lim markazi huzuridagi fanlar bo‘yicha Ilmiy-
metodik kengashlar hamda Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini
Muvofiqlashtiruvchi kengashning fan komissiyalarida muhokama etilidi
va tasdiqlandi.
Bundan tashqari, barcha umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘qituvchilar
uchun taqvim-mavzu rejalarining namunalari ishlab chiqildi hamda
optimallashtirilgan o‘quv dasturlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha
metodik tavsiyalar tayyorlandi.
Shu asosda umumiy o‘rta ta’limda foydalanib kelinayotgan darsliklar
mazmuniga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritildi, masalan, 8-sinf iqtisodiy
bilim asoslari fanidan 6,3%, geografiya fanidan 3,5%, 9-sinf biologiya
fanidan (sitologiya va genetika asoslari) 6,2% o‘zgarishlar darsliklar
mazmuniga singdirildi.


4
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Shuningdek, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi
umumta’lim fanlari hamda oliy ta’limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari
uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash maqsadida, oliy ta’limning o‘quv
dasturlari qayta ishlanib, ularning takomillashtirilgan loyihalari tayyorlandi.
Oliy ta’lim tizimidagi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura
mutaxassisliklarining uzluksizligi va uzviyligi, fanlar mazmunidagi
takrorlanishlarni bartaraf etish va o‘quv reja hamda dasturlarni
optimallashtirish, shuningdek, ta’lim sifatini oshirish maqsadida, Oliy
ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatoriga mos holda sakkizta
bilim sohasi bo‘yicha tashkil etilgan ishchi guruhlari tomonidan tanlangan
bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining uzluksizligi
va uzviyligi tanqidiy tahlil qilindi.
Ishchi guruhlar tomonidan tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
va ushbu yo‘nalishlarga mos keluvchi magistratura mutaxassisliklari o‘quv
rejalari, o‘quv soatlarini solishtirish, o‘quv dasturlari va ularning
mazmunini taqqoslab chiqish, fanlar bo‘yicha tavsiya etilgan o‘quv
adabiyotlari (darslik va o‘quv qo‘llanmalari)ni tanqidiy tahlil qilish
asosida, o‘quv reja va dasturlarini optimallashtirish hamda ta’limning
uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini unifikatsiyalash,
iqtisodiyot tarmoqlari, boshqaruv va xo‘jalik yuritish sub’ektlari uchun
chuqur va fundamental, ayniqsa, yuqori va innovatsion texnologiyalar
bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish
maqsadida, Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatorining
yangi tahriri tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda
tasdiqlandi.
Klassifikatorga yangidan kiritilgan 4 ta bakalavriat yo‘nalishlari va
128 ta magistratura mutaxassisliklari, birlashtirilgan 25 ta bakalavriat
yo‘nalishlari va 275 ta magistratura mutaxassisliklari, shuningdek, nomi
va shifri o‘zgartirilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining davlat
ta’lim standartlari rivojlangan xorijiy davlatlar va respublikada to‘plangan
ilg‘or tajribalar asosida yaratildi hamda ish beruvchi yirik korxona va


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə