Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari. Harakat apparati funktsiyasining yoshga xos xususiyatlari va gigienasi



Yüklə 335,59 Kb.
səhifə1/6
tarix31.12.2021
ölçüsü335,59 Kb.
#81368
  1   2   3   4   5   6
1-A.mash. Odamning samotometrik kursatkich an.


ODAM ORGANIZMI RIVOJLANISHINING UMUMBIOLOGIK QONUNIYATLARI. HARAKAT APPARATI FUNKTSIYASINING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI VA GIGIENASI.
1-mashg‘ulot. ODAMLARNING SOMATOMETRIK KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH
Darsning maqsadi: Bolalar, o‘smirlar va kattalarning bo‘yi, vaznini o‘lchash orqali ularning rivojlanishini o‘rganish

Kerakli jihozlar. Bo‘y o‘lchagichlar, tarozilar.
1-ish. Bo‘y uzunligini o‘lchash
Bo‘y uzunligini yog‘ochdan yasalgan bo‘y o‘lchagich yoki metaldan yasalgan antropometr yordamida aniqlanadi.

Yog‘och bo‘y o‘lchagich tik holda platformaga mustahkam o‘rnatilgan 2 metrli reyka bo‘lib uni butun uzunligi bo‘yicha moslama yordamida surish mumkin. Bo‘y ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri aniqlash uchun moslamaga reykaga nisbatan gorizontal holdagi taxtacha o‘rnatilgan.

Vertikal holda o‘rnatilgan reykada ikki xil ko‘rsatkichni (biri unga o‘rnatilgan stulga o‘tirganda, ikkinchisi tik turganda) santimetrli belgilar bilan aniqlash ifodalangan.

Reyka o‘rnatilgan platforma o‘tirg‘ichi ochiladigan kursicha bilan jihozlangan. Kursichaning balandligi bolalar uchun 25 sm, kattalar uchun 35-40 sm.




Yüklə 335,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə