Ограждения дорожные. Методы


Avtomobillar uchun ushlab qolish to‘siqlarining yeyilishini aniqlash uslubi



Yüklə 358,97 Kb.
səhifə12/13
tarix22.03.2024
ölçüsü358,97 Kb.
#183385
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
3486 Йўл тўсиқлари Натурал синов усуллари Стандарт вариант lotin

8 Avtomobillar uchun ushlab qolish to‘siqlarining yeyilishini aniqlash uslubi


Mazkur uslub konstruksiyalarning ushlab qolish qobiliyatini (energiya sig‘imi) o‘zgarishini baholashga asoslangan, u konstruksiyaning o‘lchamlari va holatiga bog‘liq va bordyurli, parapetli, uslub baryerli to‘siqlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
To‘siqlar yeyilishi (foizlarda) energiya sig‘imining haqiqiy va talab qilinadigan qiymatlari nisbati bilan aniqlanadi. Haqiqiy energiya sig‘imi to‘siqning dastlabki (o‘rnatilgandan keyin darhol) energiya sig‘imi to‘g‘risidagi maʼlumotlar va konstruksiya holatini energiya sig‘imiga taʼsirini ko‘rsatuvchi nuqsonlilik ko‘rsatkichi yordamida aniqlanadi.

bu yerda:


- energiya sig‘imining haqiqiy qiymati;
Е dastlabki energiya sig‘imi;
- talab qilinadigan energiya sig‘imi;
Д – konstruksiyaning balandligi va holatiga bog‘liq bo‘lgan nuqsonlik koeffitsiyenti

bu yerda:
H h, H te - to‘siqlar konstruksiyalarining haqiqiy va talab qilinadigan balandliklari;
пс holat koeffitsiyenti.
To‘siqlar konstruksiyalarining holat koeffitsiyenti shikastlanish darajasiga ko‘ra ns= 0 dan ns = 1,0 gacha qabul qilinadi

8.1 ns– baryerli to‘siqlar uchun:


ns = 0,9 –metall konstruksiyalarning bo‘yoqlari shikastlanishi;
ns = 0,7 (0,8) – hamma ustunlarda (ustunlar va to‘sinlar orasida) amortizatorlar bo‘lmasa.
ns = 0,5 (0,6) – yo‘naltiruvchi to‘sin hamma ustunlarda bo‘sh qotirilgan (masalan, faqat tutashtirib payvandlangan yoki boltlar soni kam bo‘lganda);
ns = 0,3 (0,4) –ustunlar deformatsiyalangan (egilgan, chetlashgan, payvand choklarida yoriqlar bo‘lganda);
ns = 0,1 (0,2) – yo‘naltiruvchi to‘sinlar deformatsiyalangan;
ns = 0 –to‘sin va ustunlar (buzilgan) yoki deformatsiyalangan. Qavslarda ko‘prik qurilmalarida o‘rnatilgan to‘siqlar uchun koeffitsiyentlar qiymatlari keltirilgan.

Yüklə 358,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə