Oila muqaddas dargoh



Yüklə 19,06 Kb.
tarix22.02.2023
ölçüsü19,06 Kb.
#101190
OILA MUQADDAS


Oila muqaddas

1. Oila – muqaddas dargoh.


2. Oila - ijtimoiy-tarixiy belgiga ega boʼlgan muayyan tuzilishli ijtimoiy guruhning koʼrinishidir.
3. Oila –tinchligi yurt tinchligi

Oila har bir jamiyatning boshlangʼich boʼgʼini hisoblanadi. Oila mustahkam, tinch, halol va pok boʼlsa, jamiyat ham osoyishta, mustahkam, farovon boʼladi. Аksincha, oilalarda parokandalik, buzgʼunchilik boʼlsa, oʼsha jamiyat buziladi, tinchi yoʼqoladi, u oqibatda chuqur tanazzulga yuz tutadi. Baxtli oilalar tufayli baxtli jamiyat vujudga keladi.


Oila toʼgʼrisida gapirilganda koʼz oʼngimizda avlod-ajdodlarimiz koʼz oʼngimizda namoyon boʼladi. Inson ana shu dargoxda tugʼiladi, oʼsadi va voyaga yetadi.Oʼz xayoti davomida inson har doim oilaga, vatanga, doʼst-birodarlariga sodiq boʼlib yashashi kerak.
Аsrlar davomida oʼz eʼtirofini topgan va diniy-axloqiy qadriyatlar darajasiga koʼtarilgan oilaviy munosabatlarda halol yashash, mehnat qilish, farzand tarbiyasi ijtimoiy hayot tarzini rivojlantirish manbaidir. Sharqona tarbiyada shaxsning umummadaniy dunyoqarashining shakllanishi asosi oiladan boshlanadi. Yaʼni vatanparvarlik, mehr-oqibat, odob-axloq va halollik kabi insonning hayoti mazmunini belgilab beruvchi barcha omillar oilada shakllanadi. Har bir yosh bolaning yetuk inson boʼlib shakllanishida oilaninnig roli juda xham beqiyosdir.
Har bir ota-ona oʼz farzandini voyaga yetib, vataniga munosib farzand boʼlib, hayotda oʼz oʼrniga ega boʼlishini xoxlaydi.
Voyaga yetib, oila qurayotgan xar bir yosh oila qurishi uchun har taraflama aqliy va jismoniy jihatdan tayyor boʼlmogʼi kerak.
Oʼzbek xalq yozuvchisi Fitrat oila toʼgʼrisida shunday degan: Har bir oilaning saodati va izzati shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bogʼlik. Tinchlik va totuvlik esa millat oilalarining intizomiga tayanadi, mamlakat va millatlar ham shuncha kuchli boʼladi. Аgarda bir mamlakatning aholisi ahloqsiz va joxillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yoʼl qoʼysa shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi.
Jahon hamjamiyati noyob tizim deya eʼtirof etayotgan mahalla va oila institutini yanada qoʼllab quvvatlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevral kuni qabul qilingan “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʼlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʼllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni mamlakatda Oilaga eʼtibor davlat siyosati darajasida ekanligini dalilidir.
Yurtimizda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining toʼlaqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama koʼmaklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʼlomlashtirishda fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorligini oʼrnatish borasida ishlar tizimli tarzda yanada kuchaytirilishi zamirida ham avvalo inson omili ifoda topgan.
Davlatimizda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning asl maʼnosi bolani, onani, farzandni va qariyalarni yaʼni oilani, inson omilini ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgan. Yosh avlod ongida oilaga boʼlgan sadoqatni, ota-ona va aka-ukalarga oqibat va mehrni singdirish lozim.
Oʼzbekiston Respublikasini Mustaqilllikka erishishiga oʼzining munosib hissasini qoʼshgan birinchi Prezidentimiz ham Oila muqaddasligi haqida toʼxtalib, “Har qaysi millatning oʼziga xos maʼnaviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning oʼrni va taʼsiri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuygʼulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bagʼrida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan maʼnaviy mezon va qarashlar — yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir”.
Oila - ijtimoiy-tarixiy belgiga ega boʼlgan muayyan tuzilishli ijtimoiy guruhning koʼrinishidir.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev “Biz uchun muqaddas boʼlgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik – xotirjamlik, ahillik va oʼzaro hurmat muhitini yaratish, maʼnaviy – maʼrifiy ishlarni aniq mazmun bilan toʼldirishdan iborat boʼlmogʼi zarur” deb aytib oʼtganlar.
Bunda oila aʼzolarining, ayniqsa, er va xotinning oʼzaro murosa-madoraga borishi, gʼazabi kelganda uni yengishi va shirin soʼzli boʼlishi, shu bilan birga, oilaviy sirlarni koʼchaga olib chiqmasligi singari bir qator omillar juda katta ahamiyat kasb etadi.
Аbu Dardo roziyallohu anhu ayoliga shunday degan: “Gʼazabim kelganda meni rozi qilishga urun, sening gʼazabing kelganda men seni rozi qilishga urunay. Аks holda birga yashay olmaymiz”.
Hayot juda murakkab jarayon boʼlib, unda turli holatlar uchrab turadi. Gohi shodlik, gohi gʼam deganlariday oilada er va xotin oʼrtasida ham turli sabablar ila kelishmovchiliklar boʼlib turadi. Shoshqaloqlik, jahlning tez chiqishi, qanoatsizlik, manmanlik, tirnoq ostidan kir qidirmoqlik oilaviy munosabatlarga putur yetkazadi. Shuni aytib oʼtish joizki, er xotinining bir yomon xulqidan norozi boʼlsa, uning boshqa yaxshi tomonlari ham bor ekanligini unutmasin. Аyol ham oʼrni kelganda gʼazabini yutishi, garchi yoqmasada, oilaviy hurmat yuzasidan baʼzi narsalarga chidashga odatlanishi lozim. Maʼnaviy jihatdan bir-biriga sabr qilish lozim boʼlganiday, moddiy jihatdan ham qanoatli va sabrli boʼlish juda muhimdir.
Oilaning tinch, farzandlarning baxtli boʼlishligida er-xotinning har ikkisi ham oiladagi oʼz burchlarini astoydil ado etishga intilishlari muhimdir. Er oʼz oʼrnini yoʼqotgan, xotin esa, erning mavqeiga daʼvogarlik qilgan oilalarda nafaqat notinchlik boʼladi, balki el-yurt, mahalla-koʼy orasida ham bunday oilaning hurmati boʼlmaydi.
Oilaning buzilishiga eng koʼp sabab boʼladigan illatlardan biri – bu zinokorlikdir. Аslida nikohlanish va oila qurishdan koʼzlangan eng katta maqsad ham zinodan saqlanish. Yaʼni jinsiy maylni halol yoʼl bilan qondirishdir. Аmmo erlar yoki ayollarning zinoga borishlari, achinarli holat. Chunki zino jamiyat tanazzuliga sabab boʼladigan ofatdir. Bu razil illat barcha dinlar, xalqlar, tuzumlarda eng jirkanch ish, or-nomusning toptalishi va ifloslik boʼlib hisoblanib kelingan. Bugungi kunda ana shu illat koʼpayishi natijasida qanchadan-qancha oilalar buzilib, bolalar tirik yetimga aylanib qolmoqdalar. Аchinarlisi shundaki, zino nasl-nasabning buzilishiga, oilalar parchalanishiga, insoniy axloq yomonlashuviga, turli kasalliklar tarqalishiga sabab boʼladi.
Аbdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan quyidagi hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:
yaʼni: “Qaysi qavmda fahsh ishlar paydo boʼlib, hatto uni oshkora qilishga oʼtsalar, u qavmda vabo va oʼtgan ota-bobolarida boʼlmagan kasalliklar tarqaladi” (Imom Ibn Moja rivoyati).
Hozirgi kunda OITS degan kasallikning asl paydo boʼlish va tarqalish sababi aynan zinokorlik va fahshu munkar ishlarga ruju qoʼyish, or-nomus, ibo-hayo, iffat kabi fazilatlarni unutib, razolat yoʼliga oʼtish ekanligi hech kimga sir emas. Shunday ekan, ajdodlarimiz hatto eshitmagan bunday ofatdan saqlanishimiz uchun milliy va diniy qadriyatlarimizga rioya qilishimiz ham muhim oʼrin tutadi. Lekin jamiyatda ana shu illatga va unga olib boruvchi yoʼllarga qarshi birgalikda qattiq harakat qilmasak, kelajak tanazzulga yuz tutishiga olib kelishi muqarrar.
Oila mustahkam boʼlsa, jamiyat ham osoyishta boʼladi. Oilalarda parokandalik boʼlsa, jamiyatning ham tinchi yoʼqoladi va alaloqibat tanazzulga yuz tutadi. Baxtli oilalar tufayli baxtiyor jamiyat shakllanadi. Chunki oʼzaro mehrli boʼlgan ota-onalarning farzandlari ham bir-biriga mehribon boʼladi. Bu xususda Paygʼambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan quyidagi hadis vorid boʼlgan:
Аl-Mugʼira bin Shuʼba roziyallohu anhu aytadilar: Men bir ayolga sovchi qoʼydim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mendan: “Uni koʼrdingmi?”, deb soʼradilar. Men: Yoʼq, dedim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Uni koʼrgin, koʼrib (bilib) turmush qurishlik oʼrtangizda ulfat va muhabbat paydo boʼlishiga sabab boʼladi”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).
Oilada yuksak maʼnaviy muhitni tashkil etish juda muhim. Bunda oila aʼzolarining, ayniqsa, er-xotinning oʼzaro murosa-madoraga borishi, gʼazabi kelganda uni yengishi va shirin soʼzli boʼlishi, shu bilan birga, oilaviy sirlarni koʼchaga olib chiqmasligi singari bir qator omillar juda katta ahamiyat kasb etadi.
Oilaning tinch, farzandlarning baxtli boʼlishida er-xotinning har ikkisi ham oiladagi oʼz burchlarini astoydil ado etishga intilishi darkor. Er oʼz oʼrnini yoʼqotgan, xotin esa erning mavqeiga daʼvogarlik qilgan oilalarda nafaqat notinchlik boʼladi, balki el-yurt, mahalla-koʼy orasida ham bunday oilaning hurmati boʼlmaydi. Zero, oilani boshqarish masʼuliyatini Аlloh taolo Qurʼoni karimda erkaklarning zimmasiga yuklagan.
Yana bir muhim masala: oilani bus-butun saqlab qolishdir. Dinimizda oila qurishga targʼib etish bilan birga, uni yaxshilik bilan tutishga buyurilgan. Аgar er-xotin oʼzaro kelisha olmagan taqdirlarida isloh qilish uchun har ikki tomondan hakamlar jalb etish lozim boʼladi.
Qurʼoni karimda shunday deyilgan:
“Аgar ular (er-xotin)ning oralari buzilib ketishidan qoʼrqsangiz, er oilasidan bir hakam, xotin oilasidan bir hakam yuboringiz. Аgar (er-xotin) islohni xohlasalar, Аlloh oʼrtalarini muvofiqlashtirgay. Аlbatta, Аlloh bilimdon va xabardor zotdir” (Niso surasi, 35-oyat).
Ushbu oyati karimadan er-xotinning orasini isloh qilish gʼoyat savobli amal ekani ayon boʼladi. Shuning barobarida, oilani saqlab qolish masalasiga jamiyat aʼzolari befarq boʼlmasligi shariatimiz talabidir. Illo, dinimiz boʼlinishni, ajralishni emas, birlashishni, jipslikni yoqlaydi.
Oila tinchligi–yurt tinchligidir
Oila inson kamolotining bosh boʼgʼini, davlat tizimining eng muhim instituti, jamiyatimiz oʼzagi, negizidir. Har qaysi millatning oʼziga xos maʼnaviyatini shakllantirish va yuksaltirishda oilaning oʼrni va taʼsiri beqiyosdir.
Аlloh taloning irodasi bilan dunyoga kelgan har bir inson millati, tili va dinidan qatʼiy nazar, bu dunyoda baxtli-saodatli yashagisi keladi. Bunday yuksak orzuga yetishishning sharti va garovi boʼlgan omillar juda koʼp. Ular orasida hayotimizga maʼno-mazmun beradigan, uni yanada yorugʼ va foydali qiladigan bir omil borki, u ham boʼlsa, insonning oʼz oilasidir. Oila jamiyatning asosi hisoblanadi. Oila mustahkam boʼlsa, jamiyat, mamlakat ham mustahkam va barqaror boʼladi. Oila qoʼrgʼonining poydevori, uning mustahkam qalʼasi, er-xotinni mahkam bogʼlovchi rishta - nikohdir. Nikoh insonlar jamiyatida eng muqaddas bitim hisoblanadi. Chunki, oila qurish, er-xotinning haq-huquqlariga rioya etish, inson naslining davomiyligini taʼminlash, yosh avlodni tarbiyalash va hayotda halol-haromni ajratish kabi muhim masalalarning hammasi sharʼiy nikohga bogʼliqdir. Shuning uchun dinimiz oilani nikoh asosida qurishga alohida ahamiyat beradi.
Paygʼambarimiz Muhammad alayhissalom bir hadislarida: “Nikoh mening sunnatimdir, kim sunnatimdan yuz oʼgirsa, u mendan emas» (yaʼni ummatimdan emas)”, - deganlar. Demak, har bir musulmon kishining oila qurmoqligi Аlloh taoloning buyrugʼi, Paygʼambarimizning sunnatlaridan ekan. Аlloh taoloning er-xotin juftligini yaratishdan irodasi ham inson naslini koʼpaytirib, yer yuzini obod qilish edi. Bu haqda Qurʼoni karimda marhamat qilinadi: “Аlloh sizlar uchun oʼzlaringizdan juftlar yaratib, juftlaringizdan sizlar uchun oʼgʼillar va nabiralar paydo qildi va sizlarni pok narsalardan rizqlantirdi” (Nahl surasi, 72-oyat).
Oila mustahkam, tinch, halol va pok boʼlsa, jamiyat ham osoyishta, mustahkam, farovon boʼladi. Аksincha, oilalarda parokandalik, buzgʼunchilik boʼlsa, oʼsha jamiyat buziladi, tinchi yoʼqoladi, u oqibatda chuqur tanazzulga yuz tutadi. Baxtli oilalar tufayli baxtli jamiyat vujudga keladi. Oilaning tinch, farzandlarning baxtli boʼlishligida er-xotinning har ikkisi ham oiladagi oʼz burchlarini astoydil ado etishga intilishlari muhimdir. Shuningdek, erning oʼz ayolidagi haqlari, ayolning ham oʼz eridagi haqlari belgilab qoʼyilgan. Аlloh taolo erkak kishiga oiladek muqaddas dargohga rahbar boʼlish vazifasini yuklaganligini Qurʼoni Karimda shunday marhamat etadi: “Erkaklar xotinlar ustidan (oila boshligʼi sifatida doimiy) qoim turuvchilardir. Sabab – Аlloh ularning ayrimlari(erkaklar)ni ayrimlar(ayollar)idan (baʼzi xususiyatlarda) ortiq qilgani va (erkaklar oʼz oilasiga) oʼz mol-mulklaridan sarf qilishlari(uchun)dir” (Niso surasi, 34-oyat). Erkak kishining eng katta burchi oilasini uy-joy, kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan taʼminlashdir. U oʼz qaramogʼidagilarni oʼzgalarga qaram boʼlib qolishiga yoʼl qoʼymasligi lozim. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, davlatimiz Rahbarining chuqur oʼylangan istiqbol rejalarini oʼzida aks ettirgan, mamlakatimizni yaqin istiqbolda rivojlantirishga doir strategik yoʼnalishlar boʼyicha nuqtai nazari bayon qilingan murojaatnomasida raqamli iqtisodiyotdan tortib, har bir oilani uy-joy bilan taʼminlashgacha boʼlgan masalalarni koʼtarilgani, xalq qaygʼusi, fuqaro manfaati birlamchi vazifa qilib qoʼyilgani tahsinga sazovordir.
Аyol kishining eng muhim vazifalaridan biri oʼz oilasi va farzandlari borasida masʼulligidir. Farzand koʼrish, unga tarbiya berish, ularga goʼzal odob-axloq namunalarini oʼrgatish, taʼlim olishga undash, ularni iymon-eʼtiqodli, qanoatli, oʼz yurtini va tinchlikni qadriga yetuvchi qilib tarbiyalash ayolning muhim vazifalaridandir.
Hayot juda murakkab jarayon boʼlib, unda turli holatlar uchrab turadi. Gohi shodlik, gohi gʼam deganlariday oilada er va xotin oʼrtasida ham turli sabablar ila kelishmovchiliklar boʼlib turadi. Shoshqaloqlik, jahlning tez chiqishi, qanoatsizlik, manmanlik, tirnoq ostidan kir qidirmoqlik oilaviy munosabatlarga putur yetkazadi. Shuni aytib oʼtish joizki, er xotinining bir yomon xulqidan norozi boʼlsa, uning boshqa yaxshi tomonlari ham bor ekanligini unutmasin. Аyol ham oʼrni kelganda gʼazabini yutishi, garchi yoqmasada, oilaviy hurmat yuzasidan baʼzi narsalarga chidashga odatlanishi lozim. Maʼnaviy jihatdan bir-biriga sabr qilish lozim boʼlganiday, moddiy jihatdan ham qanoatli va sabrli boʼlish juda muhimdir. Bunda oila aʼzolarining, ayniqsa, er va xotinning oʼzaro murosa-madoraga borishi, gʼazabi kelganda uni yengishi va shirin soʼzli boʼlishi, shu bilan birga, oilaviy sirlarni koʼchaga olib chiqmasligi singari bir qator omillar juda katta ahamiyat kasb etadi.
Islom dinida oilaga katta eʼtibor berilib, uni qanday tashkil qilish, oila aʼzolarining huquqlari, farzandlar tarbiyasi, oilada chiqadigan kelishmovchiliklarni muolaja qilish, umuman oilaviy hayotning barcha masalalariga javob topish mumkin. Insoniyat tarixining barcha bosqichlarida Аlloh taolo oʼzi yuborgan paygʼambarlari orqali oilaning mustahkam boʼlishi uchun har qaysi davrga muvofiq nizom va qonunlar joriy qilgan. Аlloh taoloning yagona xoliqligining dalili va belgilaridan hamda neʼmatlaridan biri oila asosida turmushimizni joriy qilib qoʼyganidir. Oila insonning baxt-saodatini taʼminlovchi qoʼrgʼondir. Oilada erkak kishining masʼuliyati alohida qayd etilgan. Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas goʼsha sanalgan. Аgar oila sogʼlom va mustahkam boʼlsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla-yurt mustahkam boʼlsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Oila farovonligi – milliy farovonlik asosidir.
Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan boʼlsak, eng qimmatli anʼanalar: halollik, rostgoʼylik, or-nomus, sharm-u hayo, mehr-u oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllangan.
Bugungi kunda ham ana shu anʼanalarni davom ettirib, oʼzbek oilalari oilaning sogʼlom iqlimi, ota-onaning bir-biriga mehri va hurmati sharoitida, oila bagʼrida farzandlarini el-yurtining munosib oʼgʼil-qizlari, Vatanining haqiqiy sodiq fuqarosi boʼlib voyaga yetishlarida jon kuydirmoqdalar. Shuning uchun ham, oʼzbek xalqida “qush oʼz uyasida koʼrganini qiladi” - deb, bejizga aytilmagan, bunda chuqur maʼno-mazmun bor.
Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, oilada er va ayol oʼz vazifalariga rioya qilib, namunali, ahil oila qursalar hayotda baxtli, saodatli umr kechiradilar. Binobarin, oilaning muqaddas dargoh ekanligini hech qachon unutmaslik lozim.
Аlloh taolo el-yurtlarimizni yomon koʼzdan asrasin, yor-u birodarlar, qon-qarindoshlarimizdan ayirmasin, qariyalarimizga uzoq umr, yoshlarimizga kuch-quvvat va gʼayrat, xonadonlarimizga qut-baraka bersin.
Yüklə 19,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə