Oila pedagogikasi fanidan mustaqil ishi mavzu: guruh rahbari sifatida biror oilaga tashrif buyurish va taasurotlarni bay


"Oila, mahalla, o‘quv bilim yurti hamkorligi"



Yüklə 48,42 Kb.
səhifə3/6
tarix11.05.2022
ölçüsü48,42 Kb.
#86740
1   2   3   4   5   6
mustqatil ish

"Oila, mahalla, o‘quv bilim yurti hamkorligi"

"Oila, mahalla, o‘quv bilim yurti hamkorligi" yo‘nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o‘quv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi.1. Guruh rahbari oila va jamoa bilan olib borgan faoliyati

O‘quv yurtining oila va keng jamoatchilik bilan aloqasi guruh rahbari orqali amalga oshiriladi. Guruh rahbari ota-onalar bilan olib boradigan ishlariga quyidagi vazifalarni hal qiladi:

1. Ota-onalar bilan yaqindan aloqa o‘rnatadi va aloqani doimo mustaqkamlab boradi;

2. Talabaga nisbatan o‘quv yurtining va oilaning yagona talablar qo‘yishga erishadi;

3. Guruh ota-onalar jamoasini tashkil etib, ularning guruhdagi tarbiyaviy ishlariga faol qatnashishlarini ta’minlaydi;

4. Ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni tarqatadi va ularning pedagogik madaniyatini yuqori darajaga ko‘taradi;

5. Guruhga otaliq qilayotgan tashkilotlar, oila va o‘quv yurtiga yordam beruvchi tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatadi va ularni guruhdagi tarbiyaviy ishlarga jalb qiladi.

Guruh rahbarining talabani yaxshi tarbiyalashdagi oila va jamoatchilik bilan hamkorligining muvaffaqiyati ularning bola bilan qilayotgan ishlari haqida bir-birlarigaqanchalik ko‘p, aniq va muntazam xabar berib turishlariga bog‘liq. Ana shu maqsadda guruh rahbari oilaga bir qator tizimli axborotlar berib turishi kerak:

Talabaning o‘quv mehnatiga tavsifnoma, o‘qishdagi muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi, ularning sabablari, olayotgan baholari.

- Talabannig ijtimoiy faolligi haqida axborotlar, talabaning jamoa hayotidagi ishtiroki nimalardan iborat ekanligi, jamoat topshiriqlari va vazifalarning bor-yo‘qligi, sababi, ularga o‘zining munosabati.

- Talabaning o‘z o‘rtoqlari, o‘qituvchilari bilan munosabatida vujudga kelgan holatlarning harakteri, o‘quv yurtidagi munosabatlarnnig doirasi.

- Talabaning ayrim xatti-harakatlarini tahlil qilib, ularga pedagogik izohlar berish. Oilaga talaba tarbiyachi haqida maslahat va tavsiyalar. Oila ham o‘z navbatida farzandi haqida o‘z mulohazalari, ko‘zatishlari yuzasidan guruh rahbariga quyidagi mazmunda ma’lum axborotlar berib borishi mumkin:

- Farzandi uyga berilgan vazifalarni qanday bajaradi, unga sarflaydigan vaqti, dars tayyorlash tartibi, mustaqillik darajasi.

- Belgilangan kun tartibining bola tomonidan bajarilishi.

- Talabaning o‘quv yurti haqidagi hikoyalari, taassurotlari, gaplari, guruh hayotidagi turli voqealarga baholari.

- Ota-onaning ayrim o‘qituvchilardan, guruh rahbaridan, o‘quv yurti rahbarlaridan iltimoslari va takliflari.

Guruh rahbari bilan oila o‘rtasidagi bu xildagi o‘zaro xabarlashuvlar talabani to‘la o‘rganishga, ta’lim va tarbiyada shu talaba uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Guruh rahbari o‘z ko‘zatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa, undagi to‘plangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o‘rganish bilan shularga asoslanib tegishli xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo‘llari, keyingi rejalarni belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo‘yib bo‘lsa, tarbiya albatta samarali natija beradi.

Guruh rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari tajribasida shaxsiy, guruh-guruhli va ommaviy kabi shakllar keng tarqalgan. Ayniqsa, uning ota-onalar bilan olib boradigan ommaviy ishlari bu sohadagi faoliyatinnig asosiy yo‘nalishidir. Chunki bu barcha ota-onalarni birlashtiradi hamda ularni o‘quv yurti talablari bilan tanishtirish, jamiyatning tarbiyadan ko‘zatadigan maqsadlari, ota-onaning vazifalari, tarbiyani amalga oshirish yo‘llari, uslub va shakllari haqida bilim berish, guruh hayotidagi o‘zgarishlar, rejalar haqida maslahatlashish uchun pedagogik ma’ruzalar tashkil etish ilmiy anjumanlar, “ochiq eshik” kunlari, savol-javob kechalari, ota-onalar majlislari o‘tkazish ommaviy ishning turlaridir.

Guruh rahbarining tajribasida ota-onalar majlislari keng tarqalgan va qaror topgan ish shaklidir. Bu majlislar guruh ota-onalar jamoasining yuqori organi sifatida o‘z qarorlari bilan guruhdagi, oiladagi va turar joylardagi amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlarning vazifasini va yo‘nalishini belgilab beradi.

Guruh ota-onalar majlislarining bir necha xili mavjud: guruhdagi tashkiliy ishlar bilan bog‘liq majlislar, ota-onalarga pedagogik ma’lumot berishga bag‘ishlangan majlislar, munozara shaklidagi majlislar, yarim yillik yoki yil yakuniga bag‘ishlangan majlislar. Bu majlislarning har biri o‘z maqsadiga tayyorlash va o‘tkazish tartibiga ega.Tashkiliy masalalar bilan bog‘liq guruh ota-onalari majlisida odatda ota-onalar guruhi saylanadi, ish rejalari tasdiqlanadi, ota-onalar o‘rtasidagi vazifalar taqsimlanadi.

Ko‘pgina o‘quv yurtidagi guruh rahbarining ota-onalar bilan olib borayotgan ishlari tajribasida savol-javob kechalari, maslahatlar va munozaralar ham vujudga kelmoqda. Maslahatlar ko‘proq shaxsiy ish shakli bo‘lib, unga guruh rahbari ota yoki onaga farzandini tarbiyalashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish va boshqa masalalar yuzasidan aniq maslahatlar beradi. Guruh rahbari o‘zining shaxsiy suhbatini, oilani o‘rganish va ko‘zatish asosida to‘plagan ma’lumotlarni ota-onalar bilan o‘tkaziladigan ishlarni hisobga olib boradigan maxsus jurnaliga yozib borishi g‘oyatda muhim. Agar bu xil jurnalni guruh rahbarlari har yili muntazam holda yuritib borsa, u tarbiyaviy ta’siri yaxshilashning muhim vositasiga aylanadi.2. Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari.

Guruh rahbari ota-onalar bilan ish olib borishda ishlashning xilma-xil shakl va metodlaridan foydalanishi lozim. Ota-onalar bilan ishlashga shaxsiy ishlar jamoa bilan birgalikda olib borilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Biz quyida ota-onalar bilan ishlashning asosiy shakllari bilan tanishib chiqamiz :

1. Talabalarning uylariga borish – bu oila bilan aloqa qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Bunda guruh rahbari talabaning ota-onasi, uning yashash sharoiti, moddiy imkoniyatlari bilan tanishishga imkon topadi.

2. Ota-onalarni o‘quv yurtiga chaqirish. Bundan maqsad, faqatgina talabalarning xulqi, savodliligi va boshqa xususiyatlari bilan ota-onani tanishtirish emas, balki shu bilan birgalikda ota-onalarga pedagogik va ruhiy maslahatlar berib, ularga talabani oilada tarbiyalashlariga yordam ham qilishdir.

3. Ota-onalar bilan ishlash. Bu esa talabaga chaqiriqlar yoki maxsus da’vatnomalar orqali amalga oshiriladi.

4. Ota-onalar guruh majlisini o‘tkazish. Bu shakldagi aloqa maxsus ish rejasi orqali amalga oshiriladi.

5. Ota-onalarni maxsus pedagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirish maqsadida ular bilan suhbat va ma’ruzalar o‘tkaziladi.

6. Savol-javoblar kechasi. Ishning bu shakli guruh talabalarning xususiyati, harakterini yaxshiroq o‘zlashtirish imkonini beradi.

7. Ota-onalarning tarbiya borasidagi ilg‘or tajribalar bilan fikr almashish, o‘rtoqlashish. Bu narsa quyidagi mavzuda bo‘lishi mumkin:

a) yoshlarni qanday qilib mehnatga tayyorlash mumkin?

b) talabaning kundalik rejimi haqida.

v) “Ota-onalarning obro‘si” haqida, “Oilada yoshlarga axloqiy tarbiya berish” va hokazolar to‘g‘risida anjumanlar o‘tkazish.

8. O‘quv yurti qoshida ota-onalar universitetlarini tashkil etish va bu universitetlardan tizimli ish olib borish:

a) ota-onalarni tarbiya sohasidagi adabiyotlar bilan tanishtirish.

b) “Ota-onalar, sizlar uchun” degan mavzuda og‘zaki jurnal.

v) faol ota-onalarning tarbiyaviy ish tajribalari bilan boshqa guruh rahbarlarini tanishtirish kabi ishlar olib borilishi lozim.

Guruh rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari g‘oyat keng, ko‘p qirrali bo‘lib, bu ishlar faqat guruh va o‘quv yurti miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha turar joylardagi va talabaning ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik bilan ham yaqin aloqada bo‘lishni taqozo etadi.Bizning yosh avlod xalkimizniig inkilobiy, mehnat, jangovar an’analarini uzlashtirib, uziga katta avlodning eng yaxshi fazilatlarini — goyaviy e’tikod va matonatni, Vatanga muxabbatni, uning ikgisodiy, siyosiy va jangovar kudratini mustahkamlashda ishtirok etishga intilishni singdiribgina uz bobolari va otalari ishini davom ettira va kupaytira oladi. Bu ishda ota-onalar ayniksa muhim urin tutishlari kerak.

Buni barcha guruh rahbarlari nazarda tutishlari muhimdir, Bunda shaxsning huquqiy etukligi shaxs ijtimoiylashuvining maxsuli ekanligini har bir oilaga tushuntirish goyat muhimdir. Oila shaxs uchun uning ijtimoiylashuv jaraeni ruy beradigan, uning a hloki, duiyokarashi asoslari va hokazolar tarkib topadigan dastlabki va ni hoyatda mu him a hamiyatga ega bulgan jamoadir.

Oilaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati shaxslar va ota-onalarning uziga hos hususiyatlari: kon-karindoshligi, muhabbati, yakinligi, ishonchi, burch hissi, obro’liligi va hokazolar bilan ta’minlanadi. Uz farzandining barcha zaif va kuchli tomonlarini yurgakdagi chogidan biladigan, uning kalbidagi eng kichik harakatni ham sezadigan va tushunadigan, unga ta’sir etishni bi­ladigan onadan va otadan ya hshirok. kim ham ularni ezgulikka, mehnatsevarlikka, dustlikka, muhabbatga urgata oladi!

Guruh rahbarlari ota-onalar bilan birgalikda tarbiyaviy ishni tashkil etar -kanlar, eng yangi psixologik-pedagogik tadkikotlar ma’lumotlarini e’tiborga olishlari ham mu himdir, ularga; muvofiq o’sib kelayotgan kishi sha hsini shakllantirishga oilaning qo’shadigan hissasi turli yosh boskichlarida turlicha buladi va to’lqinsimon o’zgaradi. Dastlabki 3 yil ichida u ayniqsa kuchli buladi, shundan keyin oilaviy ta’sirning muayyan darajada barqarorlashuvi davri boshlanadi. Uning navbatdagi chukkisik» odatda ma htabgacha yosh tugaydigan paytga tugri keladi, shundan keyin ta hminan o’smirlik davrigacha u zaiflashgandek bo’ladi. Yana ota-onalariing ta’siri ota-ona oilasidan ajralib, uz oilasini uzguncha ancha kuchayadi.

Psixologik-pedagogik tadkikotlarning ma’lumotlari ba’zan shaxsning imkoniyatlari tugrisidagi barqaror tasavvurlarni o’zgartirib yuboradi. Masalan, uch yillik shaxslar olimlar bir necha yil mukaddam ta hmin kilganlariga nisbatan ancha chukur idrok etish qobiliyaiga ega, uch yoshli shaxs hozir faqat olti eshli shaxslar qilgan va qilmagan narsalarni bilishi va qilishi mumkinligi kichkintoyni yurishdan oldin suzishga, ona tili bilan deyarli baravar chet tilida gapirishga urganish mumkinligi va hokazolar ma’lum buldi.

Vaholanki, tajribaning kursatishicha, ota-onalar ko’pincha uzlarini tarbiyaviy ishga tula tayyor deb biladilar va maxsus pedagogik bilimlarni egallashni zarur deb hisoblamaydilar. Ota-onalarning bu husuiyatini tanikli pedagog va psi holog K. D. Ushinskiy o’z davrida ta’kidlagan edi. «Tarbiya san’ati, — deb degan edi u, — shunday hususiyatga egaki, deyarli barchaga tanish va tushunarli, ba’zilarga esa juda oson ish bulib tuyuladi — odam bu ish bilan nazariy va amaliy ji hatdan kanchalik kam tanish bulsa, unga bu shunchalik tushunarli va oson bulib ko’rinadi. Deyarli hamma tarbiya sabr-tokatni talab etishini e’tirof kilishadi, ayrimlar buning uchun tugma kobiliyat va malaka, ya’ni ko’nikma kerak, deb o’ylaydilar; lekin juda kam odam sabr-toqat, tug’ma qobiliyat va malakadan tashqari yana maxsus bilimlar kerakligi hakida ishonch hosil qilish kerak.

Bunday bilimlarning yuqligi oilaviy tarbiyada ko’plab xatolarga olib keladi, guruh ra hbari ota-onalar bilan ishlashda buni hisobga olmay iloji yuk.. Bu jihatdan ota-onalarning shaxslarni tarbiyalashdagi kuydagi kiyinchiliklari va hatolarini ajratib kursagish mumkin:

1 shaxslarni mehnat jarayonlariga jalb etish orkali ularning me hnat tarbiyasini tashkil kila bilmaslik Ona ishga kumilib ketgan paytda shaxslar oilaviy ishlardan, turar joylardagi ishlardan va hokazolardan ozod etiladilar. Buning natijasida mehnatga mensimay munosabatda buladilar.

3. Ota-onalar turmushida salbiy misollarning mavjudligi o‘quv muassasasining pedagogik kuch-gayratini yukka chikaradi.

4. Ota-onalar tarbiyaviy ta’sirining izchil emasligi — onda-sonda uqishini tekshirish, biror nojo’ya ish uchun jazolash va hokazolar ahloqiy immunitet hosil bo’lishiga yordam bermaydi.

5. Oilaviy tarbiyaning asosi sifatida takiklashlar sistemasi — ijobiy namuna asosida tarbiyalay bilmaslik, shaxs hayotini u har doim turli hatti-harakatni mashq qiladigan tarzda tashkil eta olmaslik natijasidir. Bu sistema shaxsning kattalar xohishiga salbiy munosabatini tugdiradi, mustakillikning rivojlanishini susaytiradi.

6. Harakatlarning o‘quv bilim yurti bilan muvofiqlashtirilmagan-ligi yoki u bilan kelishmovchilik. Tarbiyalanuvchida pedagogga, o‘quv bilim yurtiga ishonchsizlik paydo buladi va usib boradi, bu esa uning kamchiliklarini tuzatishni kiyin-lashtiradi, pedagogik ji hatdan karovsizlik holatiga olib keladi.

7. Ayrim ota-onalarning shaxslar ulgayib borishi bilan tarbiyaviy faollikni susaytirib yuborishlari, bu esa shaxslarning ota-onalardan uzoklashuviga, o‘quv bilim yurtiga kizikishi pasayishiga va hokazolarga olib keladi.

8. Qarorlar qabul qilishda kechikish. Shaxs katta bo’lgandan keyin aqli kirib, tuzaladi deb uylash odatda uzini oqlamaydi, kupincha kayta tarbiyalashni talab etadigan pedagogik jihatdan karoveizlik holatiga olib keladi. Ko’rsatib o’tilgan kamchiliklar katoriga ota-onalar­ning tarbiya usullarini bush bilishlarini, shaxslar ulgayishi bilan ularni uzgartirishni bilmaslik yoki istamaslik ota bilan onaning talablari birligining, pedagogik odob, chidamning yukligi, ota-onalarning turmushning ma’naviy tomoniga zid tarzda moddiy tomoniga kizikib ketishi va boshkalarni kushish mumkin.

Ota-onalar bilan ish shakllari va usullarini tanlashni odatda guruh ra hbari uz shaxsiy hususiyatlari tajribasini, talabalarning oilalarida vujudga kelgan uziga hos hususiyatlarni, ota-onalarning bilim va tajribasini, tarbiyalanuvchilarni tarbiyalashda yukorida kursatib utilgan hatolar va kyinchiliklarni, fe’l-atvor hususiyatlarini, o‘quv muassasasi pedagoglar jamoasidagi muhitni, ota-onalar bilan ish olib borishda tarkib topgan an’analarni va hokazolarni hisobga olib belgilaydi,

Tajribaning kursatishicha, guruh rahbarining ota-ona­lar bilan hamkorligining ommaviy, guruh. tarzidagi va yakka tartibdagi ish shakllarini oqilona birga qo’shib olib borish, bunda uning mazmunida izchillikka rioya etish orkali erishiladi.




  1. Yüklə 48,42 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə