Оила психологияси


Oilaning funktsional xususiyatlari



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə30/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Oilaning funktsional xususiyatlari – bu oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarning sifatiy taraflarini tavsiflaydi. Masalan,

  • muloqot uslublari;

  • har bir oilaga xos bo’lgan tartib-qoidalar;

  • o’zaro muloqot jarayonida kommunikativ to’siqlarning mavjudlari (yo’qligi).

Satir o’zining psixoterapevtik tajribasidan kelib chiqqan holda oilaviy munosabatlar jarayonida ko’zga tashlanadigan muloqotning 5 xil uslubini ajratadiki, ulardan to’rttasini u samarasiz deb ataydi, bittasi etarli darajada tajriba va bilimga ega bo’lgan etuk muloqot uslubiga kiradi. Dastlabki to’rttasi odatda muomala jarayonida biror muammo yoki to’siqni engishga, o’zini ataylab yaxshi ko’rsatishga, kimgadir yoqishga yoki aksincha, kimnidir nimagadir ayblashga, tanqid qilishga xizmat qiluvchi uslublardir. Masalan,

  • Xushomadgo’ylik uslubi kimlargadir ataylab yoqish maqsadida barcha oila a’zolarining xatti-harakatlaridan andoza olish, o’zini erga urib bo’lsa-da, o’zgalar bilan kelishib yashash, bu bilan o’zini hamisha erga urishni nazarda tutadi.

  • Ayblovchi uslub doimo kimnidir nimagadir o’rgataverish, tanqid va nazorat qilish, faqat o’zidan kuchli odam oldidagina biroz o’zini tortish bilan bog’liq kommunikativ harakatlarni o’z ichiga oladi. Birinchi va ikkinchi uslublar go’yoki bir birini to’ldiradi.

  • Hisob-kitobli muomala uslubi shundayki, unga ko’ra odam hamisha va har qanday vaziyatda aniq, bexato harakatlar qilishga intiladi, chunki bunday odam adashmay, doimo “to’g’ri, benuqson” bo’lishga intiladi, shuning uchun bunday insonning harakatlari doimo sun’iyday, his-tuyg’ulari esa mazmunsiz, doimo tazyiq ostiga olinganday bo’ladi.

  • Chetlashtirilgan muomala uslubi o’zini nima qilib bo’lsa-da o’zgalardan uzoqda, muayyan masofada tutishga qaratilgan, odamoviday boshqalarning nazaridan ham, ularning ta’siridan ham o’zini tortadi (masalan, bizda odatda yangi kelinchak o’zini ana shunday tutadi).

  • Etuk, adaptiv muomala uslubida esa inson hamisha o’z oiladoshlari bilan to’g’ri, samimiy, ochiq munosabatlarga tayyor bo’ladi. Bunday odam o’zining barcha fazilatlarini bilgani va saqlagani holda boshqalarning ham shaxs ekanligini, individualligini unutmagan tarzda muloqotga kirishadi. U gapirishni ham maromida eplaydi, o’zgalarni tinglashni ham biladi, shu sababli, unga qandaydir kommunikativ to’siqlar xatarli emas.

Psixoterapevtik amaliyotda Satir ham Karl Rojers kabi barcha muomala uslublarini tahlil qilar ekan, bir insonning boshqa bir insonni tinglay olishiga alohida e’tibor qaratadi. Asosiy maqsad shundan iboratki, har bir oila a’zosini o’z tartib-qoidalarini buzmagan holda muomala madaniyatiga o’rgatishdir. Masalan, oilaning muayyan tartib qoidalariga quyidagilar kirishi mumkin: “Yakshanba kunlari hamma to’planib, birga tushlik qilishadi”, “Otamiz uxlagan paytda unga hech kim xalaqit bermaydi”, “Maktab xarajatlari uchun bolalarga muayyan miqdorda pul beriladi” va hokazo.
Ochiq tartib-qoidalardan tashqari, har bir oilaning yashirin qoidalari ham mavjudki, ular ham oilaviy munosabatlarning yaxshi bo’lishida katta rol o’ynaydi. Odatda bunday qoidalar muayyan mavzularning oila davrasida ko’tarilmasligi yoki ma’lum tarzda his-kechinmalarning namoyon etimasligida ko’rinadi. Masalan, otasining oldingi nikohdan farzandlari borligi mavzusi, oilada nogiron borligi, bolaning qandaydir falokat tufayli ruhan yoki jismonan dardman bo’lib qolgani, kimnidir qamalib ketganligi, ota va onaning birga yotmayotganligi, otaning spirtli ichimliklarga ruju qo’yganligi kabilar odatda oila a’zolari to’plangan paytda ochiq muhokama qilinmaydi. Chunki rasman taomil bo’yicha bunday holatlarga bevosita bolalarning aloqasi ham, aybi ham bo’lmaydi, shuning uchun ularda shu kabi salbiy tajriba paydo bo’lishidan saqlagan tarzda bu kabi holatlar muhokama qilinmaydi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə