Оила психологияси


Ijtimoiy va oilaviy munosabatlar



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə47/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Ijtimoiy va oilaviy munosabatlar. Bola tajribasining asoslaridan biri undagi ota-ona oilasi ta’sirida shakllanadigan ijtimoiy fe’l-atvordir. Ya’ni, o’zaro ishonch, o’zini-o’zi baholash, Men-kontseptsiyasi ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari ta’sirida bola ongida shakllanadigan hislatlardir. Bola ota-onasining o’zaro muloqotlariga qarab, umri mobaynida kuzatib, bilib-bilmay ularga taqlid qilib, tinchlik – xotirjamlikda, o’zaro hamjihatlikda yashashga o’rgansa, aka-uka, opa-singillariga qarab, jamiyatdagi murakkab o’zaro muomala holatlarida o’zini qanday tutishga o’rganadi, hayotning ma’nosini tushunib boradi, dunyoqarashi, dunyoviy hamda diniy e’tiqodlarining shakllanishi ham ayni shu munosabatlar ta’sirida ro’y beradi.
Er-xotin munosabatlari avvalo adaptatsiya, ya’ni bir-biriga asta-sekin ko’nikib, moslashib borish jarayonidan boshlanadi, zero, ularning har biri yangi muhitga, yangi ro’zg’orga o’z oilasida orttirgan shaxsiy tajribasi, oila to’g’risidagi ijtimoiy tasavvurlari bilan kirib keladi. Natijada ota-onasi oilasida olgan tajribaning bir qismidan voz kechgani holda, yangi munosabatlar uchun yangi fazilatlarni o’zida tarbiyalay boshlaydi.
Nazorat savollair:
1. Er-xotin munosabatlarining rivojlanish bosqichlari qanday?
2. Nikoh modellari va er-xotin munosabatlarini izohlang.
3. Opa-singil, aka-inilik munosabatlariga asoslangan oila modeli nima?
3. Ijtimoiy va oilaviy munosabatlarni tushuntiring.

Adabiyotlar ro`yxati:

  1. Karimova V.M. “Oila psixologiyasi” Darslik –T.:Fan va texnologiya. 2008. 152 b.

  2. Shoumarov G.B. taxrir ostida. «Oila psixologiyasi».T.: Sharq,-272b.

  3. Xodakov N.M. Yosh kelin-kuyovlarga. 3-nashr. –T.:, 1990. –173 b.

  4. Bo’riev O.O’zbek oilasi tarixidan. – T.: O’qituvchi, 1995.-128b

  5. “Psixologiya semeynix otnosheniy”: konspekt lekцii/ sost. S.A.Velikova.-M.: AST;-SPB: Sova, 2005, - 127s.

  6. Satir V. Kak stroit sebya i svoю semю: Per. s angl. –M.:, 1992. –192 s




Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə