Oila va oilaviy qadryatlar manaviy madaniyatning bosh omili Reja



Yüklə 46,16 Kb.
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü46,16 Kb.
#161824
  1   2   3   4
Oila va oilaviy qadryatlar manaviy madaniyatning bosh omili


Oila va oilaviy qadryatlar manaviy madaniyatning bosh omili
Reja:


1.Tarbiya san`ati haqida tushuncha.
2."Oila kodeksi" koidalariga boysinish.
3.Ota-onaning va farzandlarining oiladagi forizi
4.Oilada ugil bola va qiz bola tarbiyasi haqida.
Oila ma'naviyati va mahalla muhiti -milliy taraqqiyotimiz kafolatlari
Oila - nikohga yoki tug'ishganlikka asoslangan kichik gurah. Uning a'zolari ro'zg'orining birligi, o'zaro yordami va ma'naviy mas'uliyati bilan bir-biriga bog'langan. Oila jamoa-urug'chilik tuzumining yemirilishi bilan barqaror uyushma bo'lib yuzaga keldi. Monogamiyaning dastlabki tarixiy shakli patriarxal oila bo'lgan va oilani ota boshqargan. Oila ham jamiyat taraqqiyotiga va oila a'zolari o'rtasidagi mehnat taqsimotiga qarab mohiyatini o'zgartirib turadi. Sharq oilasi G'arb oilasidan farq qiladi.
Haqiqiy sevgi, muhabbat asosida qurilgan oilalar ko'p. Ba'zan hisob-kitob asosida, mulkiy munosabatlar asosida ham oila qurganlar uchraydi. Shu sababli oila buzilishlari ham ko'pdir.
Oilada doimo ahillik, totuvlik bo'lishi lozim. Agar bu narsa bo'lmasa, oilaga putur yetadi. Uning majburiyatlari buziladi. Oila rasmiy tus olgan taqdirdagina, er-xotin oldida, xotin eri oldida, ularning ikkovlari farzandlari oldida, far-zandlari ota-onalari oldida mas'uliyatli va burchli bo'ladilar. Oiladagi ma'naviyat deyilganda er-xotin, ota-ona va bolalar o'rtasida o'zaro hurmat, mehr-muhabbat, shafqat, mehr-oqibat, odob-axloq, ta'lim-tarbiya va boshqa insoniy tuyg'ular ko'zda tutiladi.
Oilaning birinchi vazifasi o'z nasl-nasabini davom ettirishdan, solih va soliha farzandlarni tarbiyalashdan, oila a'zolarining tirikchiligini, bo'sh vaqtini ko'ngilli o'tkazishdan iboratdir. Ahoh soni ma'lum muayyan ko'rsatkichda bo'lib turishi uchun, ohmlarning hisoblashicha, har 100 oilaga 260 ta bola to'g'ri kelishi kerak. Aniqrog'i, 100 oiladan 60 tasida 3 tadan, 40 tasida 2 tadan bola bo'lishi lozim. Olimlar hisoblariga ko'ra, agar har bir oila bittadan farzand ko'rsa, 8-avlodga kelib, ya'ni 200 yildan keyin bu xalq millat sifatida yo'q bo'lib ketishi mumkin ekan. Ma'lumki, oila jamiyatning birlamchi bo'g'inidir. Jami-yat ana shu bo'g'inlardan tashkil topadi. Lekin u shunchaki bo'g'in emas, tirik vujudlar ittifoqidir. Har bir tirik vujudning o'zi alohida bir olam. Oila - ota-ona va ularning bola-chaqalari, eng yaqin tug'ishganlaridan iborat kishilar gurahi, boshqacha aytganda, xonadondir. Oila odamlarning tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birligidir. Tabiiy munosabat deyilganda bola-chaqali bo'lish, iqtisodiy munosabat deyilganda mulkiy munosabatlar - uy-ro'zg'or, hovli-joy, boshpana; huquqiy munosabat de­yilganda nikohni davlat yo'li bilan qayd etish nazarda tu-tiladi.
Mamlakatimizda oilani mustahkamlash uchun qator tad-birlar amalga oshirilmoqda. 1998-yil 2-fevralda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Respublika «Oila» il-miy-amahy markazini tashkil qilish to'g'risida» Qaror qabul qildi. Bu Qaror Prezidentimiz tomonidan 1998-yilni «Oila yili» deb e'lon qilinishi munosabati bilan qabul qilindi. Ushbu Qarorda «Oilaning jamiyatni o'zgartirishdagi tutgan o'rni va ishtirokini yanada oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-axloqiy manfaatlarini va farovonhgini yaxshilashni davlat tomonidan qo'llab-quwat-lashni kuchaytirish va izchil ta'minlash» ta'kidlanadi. Oila manfaatlarini ta'minlash borasidagi tadbirlar Davlat dasturi kompleks tusga ega bo'lib, u 150 dan ortiq tadbirni o'z ichiga oladi. 1998-yilda ushbu tadbirlarni bajarish uchun davlat budjetidan 144,8 mlrd so'm mablag' ajratildi. 1999-yil «Ayollar yili» deb e'lon qilindi va ushbu yilda-gi Davlat dasturida ham oilaning ustunlaridan biri bo'lgan ayollarning manfaatini himoya qilishga alohida ahamiyat berildi.
2000-yil «Sog'lom avlod yili», 2001-yil «Onalar va bolalar» yili sifatida tarixga kirdi. Bu yillarda oilaning aso-siy tayanchi bo'lgan onalar va bolalar haqida katta g'am-xo'rlik qilindi. O'nlab yangi sanatoriylar, dam olish uylari, tibbiy binolar qurildi. Bolalarga katta yordam ko'rsatildi. O'n minglab Orol bo'yi va Xorazm viloyati bolalari yozda respublikamizning Farg'ona, Toshkent vohasidagi dam olish uylarida hordiq chiqardilar.
2002-yil «Qariyalarni qadrlash yili» deb nomlandi va oilaning ko'rki, maslahatchisi, g'amxo'ri bo'lgan ota-onalarga katta hurmat ko'rsatildi.
2003-yil «Obod mahalla yili» bo'lib tarixda qoldi. Mam-lakatimiz shahar va qishloqlarida guzar va mahallalar obod qilindi, ko'chatlar o'tqazilib, ariqchalar qazildi. Yurtimiz-ning ko'rkiga ko'rk, chiroyiga-chiroy qo'shildi. 2004-yil esa «Mehr va murawat yili» deb atalib, xalqimizning birligini, jipsligini mustahkamlash, qariyalar, yetim-yesirlar, nogiron-lar, kam ta'minlangan oilalarga yordam ko'rsatish borasida katta ish qilindi. 2005-yil - «Sihat-salomatlik yili», 2006-yil - «Homiylar va shifokorlar yili, 2007-yil - «Ijtimoiy himoya yili», 2008-yil «Yoshlar yili», 2009-yil «Qishloq farovonligi yili» deb nomlanib, o'zaro hurmat, oqibat mustahkamlandi.
Insoniyat yaralibdiki, doimo uyushib yashab kelgan. Chunki bir joyda uyushib yashash turli xil xavfdan himoya-lanishni osonlashtirgan. Shu sababli ovullar, qishloqlar va shaharlar paydo bo'lgan. Ayniqsa, ishlab chiqarishning o'sishi va mehnatni tashkil etish masalasi kun tartibiga qo'yilishi xalqning bir joyda to'planib yashash istiqbolini yanada rivojlantirdi. Bu hoi mamlakatimiz xalqlari tarixiga ham xos bo'lib, xalqimizning turmush tarzi va tafakkurida o'ch-mas iz qoldirgandir. O'zbek qishloqlarida turli marosim va to'ylarni o'tkazish uchun oqsoqollar muhim rol o'ynagan. Qishloq oqsoqoli obro'li, halol inson bo'lib, boshqalarga o'z ta'sirini o'tkazgan. Chorvador xalqlarda ham qishki va yozgi yaylovlarda muvaqqat ovullar bo'lgan, ularni ham oq­soqollar, yurtning obro'li insonlari boshqarganlar. Shaharlarning paydo bo'lishi bilan mahallalar yuzaga kelgan. Uzoq tarixda turli xil kasb egalari alohida-alohida bo'lib birlashganlar. Shu sababli boqqollar, kosiblar, kulollar va h.k. mahallalari paydo bo'lgan. Lekin yaqin o'tmishda barcha kasb egalari aralash-quralash bo'lib ketgandan keyin ma'lum bir hudud mahalla bo'lib shakllandi. Mahallalar ham davrga qarab o'zgarib bordi, ularning boshqarav shakli ham yildan-yilga takomillashib, hozirgi ko'rinishga ega bo'ldi.

Mamlakatimizda bolalar to'g'risida, onalar haqida g'amxo'rlik qilish chinakam davlat ahamiyatiga molik ishdir. G'Jamiki yaxshi narsalar - bolalargaG' shiori yanada baralla jaranglamoqda. Keyingi yillarda mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar fikrimizning isbotidir.


Ma`lumki, bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda o'qish davrida ham, asosan oilada tarbiyalanadi. Oila davlatning asosiy kurtagi sifatida bolalarning duneqarashi, xulqi va didiga ta`sir ko'rsatishi tabbiy holdir. Oila a`zolarining ma`naviy birligi eshlarni har tomonlama kamol toptirishning dastlabki va asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Bolalarni barkamol inson qilib etishtirishda maktabni oila bilan mustahkam bog'lamay turib, tarbiya sohasidagi butun ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish bhlmaydi. SHu maqsadda ota-onalar o'rtasida ta`lim-tarbiyaga oid tashviqot ishlarini kengaytirish ularni maktabning faol erdamchilariga, o'quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqaridagi ishlarida har tomonlama foydali tashkilotchilariga aylantirish zarur.
Jamiyatning jadal rivojlanishi, faoliyat turlarining tobora murakkablashib borishi shaxs ongigа ko'rsataetgan ko'rinmas ta`sirlarning kuchayishiga olib kelmoqda. Mana shunday sharoitda kishining mavjud bilimi, kasb-hunari, malakalari kamlik qilib qolmoqda. Эng avvalo, insonlarda oilada tarkib topgan did, farosat, aql, odob, emotsional madaniyatga muhtojlik sezilmoqda. Эstetik, axloqiy va boshqa tarbiya sifatlari kundalik haet ehtiejga aylanib bormoqda. Tabiiyki, bunday sifatlarga oilaviy tarbiya orqali asos solinadi, kamol toptiriladi. To'g'r, bunda ijtimoiy tarbiyaning o'rnini inkor etib bo'lmaydi. Ana shu nuqtai nazardan ularning birligiga, o'zaro hamkorliklariga asoslansak, barkamol inson tarbiyasida muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Oilaviy tarbiya pedagogika fanida murakkab muammolardan biridir. Uning murakkabligi shundaki, har bir oila o'ziga xos ibtidoiy guruh bo'lib, tarbiyada faqat mazkur guruhga xos xususiyatlarga asoslanadi.
Ta`kidlaganimizdek, oilaviy tarbiyani ijtimoiy tarbiya bilan almashtirish bolalar kamolotiga salbiy ta`sir ko'rsatadi. Masalan, yasli, bog'chalarga bormay, faqat oilada o'sgan va voyaga etgan bolalar maktabga borganlarida o'z tengqurlari ichida ko'p jihatlari bilan ajralib turadi. Oilaning bolalarga moddiy va ma`naviy g'amxo'rligini, ko'rsataetgan tarbiyasini yasli, bog'cha tarbiyasi bilan eki, aksincha, yasli bog'cha tarbiyasini oilaviy tarbiya bilan almashtirib bo'lmaydi. Faqat o'zaro hamkorlik masalani ijobiy hal etish imkoniyatini beradi.
Lekin o'zining xususiyatlari va takrorlanmas ta`siri bilan oila bola tarbiyasida muhim omilligicha qoladi. Amalietda kuzatganimizdek, bolada ota-onasining mehri, erkalashlari asosida ota-onalariga, qarindosh-urug'lariga bo'lgan hissietlari shakllanadi. Bolaning otasiga bo'lgan hurmati onaning hurmatini joyiga qo'yishda asos bo'ladi. Onaga bo'lgan mehr-muhabbat oqibat natijada o'z oilasiga, xotini, farzandlariga bo'lgan munosabatlarda o'z aksini topadi.
Ikkinchi tomondan bolalar ham o'z ota-onalariga ta`sir ko'rsatadilar. Oilaviy aloqalarni oilaviy qiziqish, ma`naviy qoniqish hislatlarini takomillashiga sabab bo'ladilar.
Ota-onalarning o'ziga va bolalariga bo'lgan talabchanligi, katta va kichiklarning o'zaro munosabatlari, do'stona muhit, ishonch va o'zaro bir-birlarini tushunish oila, maktab va jamoatchilikning bolalar tarbiyasi yuzasidan olib boriladigan muhim omillaridan biridir. Bunday birlikning ro'ebga chiqishida, enг avvalo, ota-onalarning siesiy ongliligi muhim rol' o'ynaydi. CHunki ota-onalarning faolligi oilaviy haetda o'z ifodasini topadi. SHu ma`noda bolalar o'z ota-onalarining siesiy va fuqarolik qiefalariga qarab o'z xulq-atvorlarini tartibga soladilar, hurmatlarini joyiga qo'yadilar.
Bolalar ulg'aya boshlashi bilanoq o'z ota-onalarining qaerda ishlashlari, jamiyatda tutgan o'rinlari, ularning bilimiga qiziqa boshlaydilar. SHuning uchun ham ota-onalarning nimalarga qiziqishlarini, kimlar bilan safdosh ekanliklarini bolalar mumkin qadar ertaroq bilganlari ma`qul. Ota-ona qanday ishda bo'lmasin uni jiddiy, el hurmatiga loyiq bir ish deb biladigan bo'lishi kerak. Bu borada oiladagi tarbiyaning maqsadga muvofiq tashkil etilishi yuzasidan javobgarlik ma`lum darajada maktabga yuklanadi. Oiladagi hukmronlikning tarbiyaviy jihatdan to'g'ri bo'lishini ta`minlash maktabning muhim vazifalaridan biridir. Oilaviy tarbiyaning mazmunli tashkil etilishiga dastlabki ta`sirni maktab belgilaydi. Maktabgina oilaviy tarbiya samaradorligini oshirish yuzasidan rahbarlik qila oladi. Bu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishida, ijobiy hal etilishida ota-onalar o'rtasida olib boriladigan tarbiyaga oid targ'ibotning roli benihoyadir. CHunki ota-onalarni hozirgi zamon ruhiy-ta`lim-tarbiyaviy bilimlar bilan qurollantirmay turib, oilaviy tarbiyani yo'lga qo'yib bo'lmaydi. Ommaviy-tarbiyaviy targ'ibotda eng yaxshi oilalar namunasida ta`sir ko'rsatish eng maqbul yo'ldir. Bola tarbiyasi yuzasidan oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi hozirgi kunimizning dolzarb masalaligi ham mana shundadir. CHunki, birinchidan, bola tarbiyasida oila, maktab va jamoatchilik hamkorligining o'zi murakkab jaraen bo'lib, bunda muallimlardan tashqari ishlab chiqarish jamoalari vakillari, eshlar, kasaba uyushmalari ishtirok etadilar. Ikkinchidan, ota-onalar va qarindosh-urug'lar turli mehnat jamoalarining vakillari bo'lib, ishlab chiqarish va eru do'stlarining ma`naviy xaetlaridagi omillarni muhokama qiladilar, ularning haetga, san`atga, oilaviy majburiyatlarga bo'lgan munosabatlari haqida gapiradilar. SHu sababli ham mana shunday toifa oilalarida tarbiya topaetgan bolalar boshqa ota-onalarning ko'chada, jamoat joylaridagi haet faoliyatlariga qarab o'z ota-onalariga baho beradilar. To'plangan tajribalarni yasli, bog'cha, maktabdagi o'rtoqlari bilan muhokama qiladilar va hokazo.
Oilalarning bolalar tarbiyasi uchun imkoniyat doiralari ancha keng bo'lib, ko'plab oilalarimiz moddiy jihatdan yaxshi ta`minlangan. Ota-onaning ko'pi eng kamida o'rta ma`lumotli. Bunday holatlar ota-onalarning pedagogika, psixologiya sohasidagi bilimlar bilan qurollanishiga va maktab bilan hamkorlikda bolalar tarbiyasini yaxshilash imkoniyatlarini yaratadi. Ota-onalarning bilim saviyasi, umumiy tarbiyaga oid madaniyati, ijtimoiy intilishlari va talablari, bolalar tarbiyasiga nisbatan turlicha munosabatlari, shakllangan haetiy tajribalari, tarbiya va ijtimoiy taraqqiet natijasida hosil qilgan ishonch va e`tiqodlari, oiladagi o'ziga xoslik bolalar tarbiyasiga salmoqli ta`sir ko'rsatadi.
Ko'plab qishloq oilalarida ma`lum darajada bolalar tarbiyasi yuzasidan jamoatchilik erdami mavjudligiga qaramasdan tarbiyaviy kuchlarning bir butunligiga erishilmagan, o'zaro hamkorlikni qanday tashkil etish mumkinligi haqida ma`lumot etarli emas. O'qituvchilar ham sinf ota-onalar majlisining o'tkazilishi maktab va oila hamkorligini ta`minlaydi, deb o'ylashadi. To'g'ri, ota-onalar majlisi ham hamkorlikni ta`minlashning eng muhim omillaridan hisoblanadi, lekin oila, maktab, jamoatchilik hamkorligi uchun, ularni birlashtirish uchun maxsus tashkil etilgan markaz bo'lishi lozim.
Demak, maktab mukammal tashkilot sifatida barcha tarbiyaviy ishlarni maqsadga muvoфиq tashkil etishi lozim. O'z o'qituvchilar jamoasini uyushtira olgan, jamoatchilikni bolalar tarbiyasiga yo'naltira olgan, ularning ota-onalarini yaxshi bilgan maktab ma`muriyatigina tarbiyaviy yutuqlarni qo'lga kirita oladi. Bunday maktablar esa o'z atrofidagi zavod, fabrika, jamoa va davlat xo'jaliklari, otaliqqa olgan korxonalar bilan aloqani mustahkamlab, o'quvchilarning maktabdan bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etmoqdalar, qarovsiz, tarbiyasi og'ir bolalarni o'z nazoratlariga olmoqdalar. Bunday xayrli ishlarda ko'plab ota-onalar maktab bilan yaqindan aloqada bo'lib o'quvchilar tarbiyasi yuzasidan o'qituvchilar jamoasi bilan bamaslahat ish olib borishmoqda.
Lekin, ko'plab ota-onalar bolalar tarbiyasiga tayer emasliklari, ularga ta`sir etuvchi turli omillardan bexabarliklari, bola kamolotining murakkab tomonlarini bilmasliklari natijasida oilaviy tarbiyada ko'plab ko'ngilsiz voqealar ham sodir bo'lmoqda. Bunday salbiy omillar o'g'il eki qizlarning maktabdagi ta`lim-tarbiyasiga emon ta`sir ko'rsatmoqda. Voyaga etmagan eshlar orasida qonunbuzarliklarning kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda.
Kuzatishlar shuni ko'rsatmoqdaki, hali ham ayrim ota-onalar bolalar tarbiyasi va ularning kelajaklari haqida zamon talabi darajasida tarbiyaviy mas`uliyatni his qilmayaptilar. Ota-onalar bilan suhbatlashish natijasida shu narsa aniqlandiki, ular farzandlari 15-16 eshga etganidagina G'O'g'lim eki qizim yuqori sinfda o'qimoqda. Kelajakda qaerga yuborsam ekan, qaerga o'qitsam ekanG' degan fikrga boradilar. Imkoni boricha, tanish-bilish orqali o'zlari uchun ma`qul dargohga o'qishga eki ishgа joylashtirmoqchi bo'ladilar. Ular bolalarining qobiliyatiga ham, qiziqishiga ham, xohishiga ham e`tibor bermaydilar. Bunday holat ota-onalarning tarbiya masalasida aniq maqsad va dasturlari yo'qligi oqibatida sodir bo'ladi.
O'rni kelganda shuni alohida ta`kidlash kerakki, ayrim maktab o'qituvchilari orasida o'z ishiga mas`uliyatsizlik bilan munosabatda bo'luvchi shaxslar ham yo'q emas. Ularning eng emon xatolaridan biri tarbiyaga oid barcha kamchiliklarni ota-onalar zimmasiga yuklab qo'yib, o'zlari esa kuzatuvchi bo'lib qolishlaridir.
O'qituvchi ota-onalarning faol erdamisiz bolalarning barkamolligini ta`minlay olmaydi. Bu o'rinda tarbiyachining o'zini tarbiyalash lozimligini ham esdan chiqarmaslik kerak. O'ziga nisbatan talabchan muallim ota-onalar bilan hamkorlikda o'quvchilarda mustaqil fikrlash va harakat qilish, yangilikni sezish, tashabbuskorlik hamda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish maqsadida ularga qat`iy talablar qo'yish uchun ma`naviy huquqqa ega bo'ladi.
Respublikamizda ayrim maktablarda ota-onalarni ma`lum guruhlarga bo'lib majlislarga chaqirish joriy etilmoqda. Masalan, esh va kam tajribali oilalarni alohida, noto'liq oilalarni, ko'p bolali oilalarni alohida-alohida chaqirib, ular bilan ishlash yo'llari belgilanmoqda.
Ba`zan ota-onalar bolalarining G'uy vazifalariga erdam berish kerakmiG' degan savolni berishadi. Bunga G'ha eki G'yo'qG' deb javob berish ham noo'rin. Gap shundaki, uyga berilgen topshiriqlar bolalarning mustaqil ishlari bo'lib, ularning fikrlash faolligini ta`minlashni maqsad qilib qo'yadi. O'quvchilarning u eki bu o'quv materiallari bilan amalda tanishishlari, tegishli xulosa chiqarishlari nazarda tutiladi. SHu sababli uy vazifalarini bolalarining ishtirokisiz o'zlari echib bermasdan, balki uni echishda tarbiyaviy rahbarlik qilishlari, fikrlash uchun imkoniyat yaratishlari lozim. Ba`zan shunday holatlar uchraydiki, ota-onalar bolalarini o'qitaetgan o'qituvchilarni, tarbiyachilarni tanimaydilar, bilmaydilar. Bolalari bo'sh vaqtlarini qaerda, kim bilan o'tkazishidan bexabar bo'ladilar. Ba`zan esa, o'qituvchilarning talablari, iltimos-istaklariga ters javobberuvchi, teskarisini bajaruvchi ota-onalarni ham uchratish mumkin.
Maktabga tez-tez borib turuvchi ota-onalarning faoliyati maqtovga sazovordir. CHunki o'qituvchilar bilan bo'lgan uchrashuvlar, bolalari yuzasidan bildirgan fikrlar o'z navbatida ota-onalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Эng muhimi, ular bolalari qaerda, kim bilan yuradi, ularning do'stlari kim va qanday fanlarga qiziqishlarini bilib oladilar, nazorat qilish imkoniyati ortadi.
Maktabni oila bilan bog'lovchi vosita - bu o'quvchilardir. O'quvchilar bilan ishlash, ularning ilmiy duneqarashlarini shakllantirish, ijtimoiy faolliklarini ta`minlash orqali ota-onalarga ta`sir ko'rsatish usullarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu borada maktab va oila aloqasini ta`minlovchi ota-onalar majlislari, bolalar tarbiyasiga aloqador muammolarni jamoa bo'lib hal etish kabilarning rolini inkor etib bo'lmaydi. Jumladan, G'Bolangizning qanday o'qishini bilasizmiG', G'Bolalarimiz odobi haqida suhbatlashaylikG', G'Mustaqil haet bo'sag'asidaG' kabi mavzularda olib boriladigan suhbatlar ota-onalarni o'z bolalari haqida, ularning kelajagi haqida qayg'urishlariga sabab bo'ldi.
Yuqoridagi mas`uliyatli vazifalarning bajarilishida sinf rahbarlarining tarbiyaviy faoliyatlarи nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Masalan, sinf rahbarlarining har bir oilaga kirib borishi shu oilagа va ota-onalarga hurmat sifatida baholanadi. Sinf rahbarining ota-onalar bilan birgalikda tarbiyaviy chora-tadbirlarni belgilashlari, sinf rahbarining o'quvchilar ko'z oldida ota-onalari bilan suhbatlashishlari ularning tarbiyasiga samarali ta`sir ko'rsatadi. Sinf rahbarining ota-onalar bilan suhbatidan keyin hquvchilar haetida sezilarli o'zgarishlar yuz beradi, bu ularni xursand qiladi, yanada kuch-g'ayrat sarflashga ilhomlantiradi. O'z navbatida, sinf rahbarlari ota-onalar tomonidan bildirilaetgan xabar. Tanqidiy fikrlarini vazminlik bilan tiklashlari, iuloyimlik bilan eshitishlari va imkoniyat doirasida ijobiy his etishlari juda muhimdir. Bunday munosabatlarda sinf rahbarlariga ota-onalarni o'z tengqurlaridek do'st tutishlari, G'Keling birgalikda o'ylab ko'raylikG', G'Siz nima deysizG' kabi do'stona savol-javoblar orqali ish tutishlari tavsiya etiladi.
Qarindoshlar va yaqin odamlar o'rtasida ko'rinmas ruhiy aloqa paydo bo'ladi, bu insonning tug'ilishining dastlabki kunlaridan seziladi. Bola muayyan sharoitlarda o'sadi, atrofidagi odamlarning didi va odatlarini o'zlashtiradi, ulg'ayish jarayonida yuzaga keladigan savollarga javob topadi. U unga tushunarli bo'lgan jamiyatda mavjud bo'lib, muayyan harakatlarga nisbatan xuddi shunday idrok va munosabat bilan jamiyatning bir qismiga aylanadi.
Nikohga kirishda bir kishi boshqa odam va uning qarindoshlari o'rtasidagi o'xshash yoki tubdan qarama-qarshi ta'sirga duch keladi. Natijada odatlar, didlar, madaniyatlar birlashtirilib, oldingi avlodlarning tajribasidan kelib chiqqan holda yangi an'analar shakllanadi. Shunday qilib, jamiyatning har bir hujayrasining shaxsiy ma'naviy hissasi bilan to'ldiriladigan oilaviy qadriyatlar paydo bo'ladi. Ular oilaviy aloqalar bilan bog'liq bo'lgan ma'lum miqdordagi odamlarning munosabatlarini ushlab turadigan poydevordir.

Yüklə 46,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə