Oilaviy tarbiya asoslari o`quvchilar tarbiyasida oilaning o`rni


Bolalar tarbiyasida oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi



Yüklə 39,48 Kb.
səhifə3/3
tarix24.12.2023
ölçüsü39,48 Kb.
#159575
1   2   3
Bolalar tarbiyasida oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi
Ma`lumki, bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda o`qish davrida ham, asosan oilada tarbiyalanadi. Oila bolaning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta`sir ko`rsatishi tabiiy xoldir. Ota-onalarning bolalarni tarbiyalashdagi eng birinchi vazifalari-bolalarning sog’ligini saqlashdir. Ayniqsa, ota-onalar o`zlarining mehnat faoliyatlari, xulq-atvorlari orqali namuna bo`lishlari lozim. O`zaro oilaviy jamoada yaxshi iborali so`zlashuvni tashkil etish ham maqsadga muvofiqdir.
Odatda ota-onalar maktab o`quv vazifalarini yaxshi bajarilishini ta`minlash uchun quyidagilarga rioya etsalar ma`qul bo`ladi.
- O`quvchilarning mashg’ulotlardan kechikishlariga va darsga kech qolishlariga yo`l qo`ymaslik;
- bolaning mashg’uloti uchun uyda unga qanday joy tanlab berish, belgilangan soatlarda o`quv ishi bilan band bo`lish ko`nikmasini shakllantirish, uy vazifalarini shoshilmay, aniq bajarish imkoniyatini vujudga keltirish;
- bolalarning uy vazifalariga xalollik bilan qarashga o`rgatish, bolalarni g’ayrat va chidamini oshirish;
- o`quvchilarni vijdonli va rostgo’y bo`lishiga hamda o`z bilmagan narsasini yashirish, aldash, mustaqil ishlashdan bo`yin tovlash, boshqalardan uy vazifasini ko`chirib olish kabi har qanday urinishlarga nafrat bilan qarashga o`rgatish lozim va hokazo.
Oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi hozirgi kunimizning dolzarb masalasidir. Chunki, birinchidan, oila tarbiyasida oila, maktab va jamoatchilik hamkorligining o`zi murakkab jarayon bo`lib, bunda muallimlardan tashqari ishlab chiqarish jamoalari vakillari, yoshlar, kasaba uyushmalari ishtirok etadilar.
Ikkinchidan, ota-onalar va qarindosh-urug’lar turli mehnat jamoalarining vakillari bo`lib, ishlab chiqarish va yoru-do`stlarining ma`naviy hayotlarida omillarni muhokama qiladilar, ularning hayotga, san`atga, oilaviy majburiyatlarga bo`lgan munosabatlari haqida gapiradilar. Shu sababli ham mana shunday toifa oilalarida tarbiya topayotgan bolalar boshqa ota-onalarning ko`chada, jamoat joylaridagi hayot faoliyatlariga qarab o`z ota-onalariga baho beradilar.
Uchinchidan, o`zbek oilalari, ularning xat tarzi ijtimoiy voqealar natijasida sifat jihatidan o`zgarishlar qilish uchun yangi samarali yo`l va metodlar qidirilmoqda.
Har bir ota-ona farzandi ta`lim olayotgan maktab jamoasining a`zosi hisoblanadi. Ota-onalar orasida turli kasb egalari va jamoatchi kishilar ko`p. Ular umumiy majburiy ta`limni amalga oshirishda ota-onalar o`rtasida ta`lim-tarbiya targ’ibotini olib borishda, maktabning iqtisodiy bazasini mustahkamlashda yordam beradilar.
Maktab bilan ota-onalarning hamkorligini mustahkamlash maqsadida ota-onalar qo`mitasi tashkil qilinadi. Bu qo`mitaga maktab direktori rahbarlik qiladi. Bundan tashqari har bir sinfda ham sinf ota-onalari qo`mitasi tuziladi. Ularning ish mazmuni ota-onalar qo’mitasi to`g’risidagi Nizomda belgilangan. Hamma ota-onalar qo`mitalari har bir o`quv yilining boshida butun o`quv yili uchun tuziladi. Sinf ota-onalar qo’mitasi ota-onalar yig’ilishida 3-5 kishidan iborat qilib saylanadi. Sinf ota-onalar qo`mitasining raisi maktab ota-onalar qo`mitasiga a`zo qilib hisobga olinadi. Shu sababli maktab ota-onalar umumiy yig’ilishda sinf ota-onalar majlisi tavsiya etgan kishilardan saylanadi. Maktab ota-onalar qo`mitasi a`zolarining soni har bir maktabning katta-kichikligi, ish sharoitiga qarab ota-onalar umumiy yig’ilishi qarori bilan belgilanadi, lekin uning tuzilishida har bir sinf ota-onalar a`zosi bo`lishi shart. Maktab ota-onalar qo`mitasi a`zolariga maktabni otalikka olgan tashkilotning vakillari ham kiritiladi. Kundalik ishlarni bajarish hamda ota-onalar kumitasi va nazorat ishlariga rahbarlik qilish uchun maktab ota-onalar qo`mitasi raisi va uning o`rinbosari, kotibi va 5-7 a`zodan iborat xay`at saylanadi.
Qo`mita a`zolari umumiy majburiy ta`limni amalga oshirishda, maktab yoshidagi bolalarni hisobga olishda, ularni maktabga tortishda, maktabni tamomlagunga qadar muvaffaqiyatli o`qishini tamomlashda maktabda yordam beradilar.
Iqtisodiy ahvoli ogir bo`lgan ayrim bolalarga umumiy ta`lim jamg’armasi yoki kasaba uyushmasi tomonidan yordam uyushtiradilar. Bolalarning ta`lim-tarbiyasiga e`tibor bermayotgan ota-onalar bilan suhbatlashadilar, zaruriyat bo`lganda ularga ishlab turgan korxona yoki muassasa rahbariyati orqali ta`sir ko`rsatadilar.
Qo`mita a`zolari uzoqdan qatnab o`qiydigan bolalarni transport vositalari bilan ta`minlash yoki ular uchun maktab qoshida internat ochib issiq ovqat bilan ta`minlashga yordam beradilar.
Ota-onalar qo’mitasi maktabda "Ota-onalar" burchagi tashkil qilib, u erga o`quvchilarning namunali kundalik ish reja va tartibini, ota-onalar uchun nashr etilgan yangi adabiyotlarni, o`quvchilar qoidasini, maktab tarbiyaviy ishlarining istiqbolli rejasini osib qo’yadi. Bulardan tashqari maktab ota-onalar bilan suhbatlar, majlislar va boshqa ko`rinishdagi hamkorliklarni tashkil etadi.
Maktab, oila va jamoatchilik hamkorligini yo`lga qo’yishda sinf rahbarlarining tarbiyaviy faoliyatlari nishoyatda muhimdir. Masalan, sinf rahbarlarining har bir oilaga kirib borishi, shu oilaga va ota-onalarga hurmat sifatida baholanadi. Sinf rahbarining ota-onalar bilan birgalikda tarbiyaviy chora-tadbirlarni belgilashlari,sinf rahbarining o`quvchilar ko`z oldida ota-onalari bilan suhbatlashishlari ularning tarbiyasiga ta`sir ko`rsatadi. Xatto sinf rahbarining uyiga kelishining o`zi ularning qalblarini quvonchga to’ldiradi. Faqat sinf rahbarlari emas, balki fan o`quvchilarining ham ota-onalar bilan qilayotgan hamkorliklari o`quvchilar hayotida sezilarli iz qoldiradi, bu bilan xursandchiligini oshiradi, yanada kuch-g’ayrat sarflashga ilhomlantiradi. Sinf rahbarlari bildirilgan xabar, tanqidiy fikrlarning vazminlik bilan tinglashlari, muloyimlik bilan eshitishlari va imkoniyat doirasida ijobiy his etishlari juda muhimdir. Bola tarbiyasida jamoatchilikning ta`siri beqiyos ekanligini hayot ko`rsatib turibdi. Qadimdan odamiylikka, insoniylikka da`vat etuvchi jamiyat tarbiyasi mavjud bo`lganki, biz ulardan ko`z yuma olmaymiz. Ularning ko`pchiligi hozir ham o`z qimmatini yo`qotmagan. Masalan, biz xalqimizda ko`pchilik ishtiroki bilan o’tadigan to’ylarida ishtirok etuvchi qoidalariga rioya qilish, bolalarning turli o`yinlarida bolalar ijodi, choyxona suhbatlari, uchrashuvlar, mavsumiy bayramlar, lola sayllar, "boychechak" aytishi, qovun sayllari, "yangi mehmon" tug’ilishini nishonlash, qizlar majlisi, kelinlarni qaynona va qaynota oldidagi "yuz ochdilari", "kelin salomlari", sumalak, echki o`yini, ulok o`yini, kurash kabi marosimlarni nazarda tutayapmizki, ularning hammasi ham xalq pedagogikasining durdonalari sifatida avlodlarni o`zbek xalqiga xos bo`lgan "O`zbekona", "Sharqona" tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqimiz o`zining an`anaviy tarbiya metodlarida kattalarga birinchi bo`lib salom berish, kattalar suhbatiga aralashmaslik, uyga mehmonlardan so`ng kirish, lekin eshikni birinchi bo`lib ochib, ushlab turish, ularga yordam berish kabi odob qoidalariga rioya etishi har doim talab qilingan va hozir ham ular tarbiya manbai sifatida o`z qiymatini yo`qotmagan. Hozirgi kunimizga kelib jamoatchilikning tarbiya borasidagi metodlari, shakllari mazmunan boyib bormoqda, jumladan, maktab o`quvchilarini rag’batlantirish maqsadida stipendiya berish yoki turmush tarbiyasi og’ir bo`lgan oilalarga moddiy va ma`naviy yordam beruvchi tadbirkor tashkilotlarning yordami kuchaymoqda. Bu borada "Bolalar jamgarmasi", "Sog’lom avlod uchun" jamgarmasining faoliyati maqtovga sazovordir.
Demak, maktab, oila va jamoatchilik hamkorligi bolalar tarbiyasida asosiy hal qiluvchi bo`g’in bo`lib, bunda o`qituvchi-tarbiyachilarning tashkilotchiliklari muammoni ijobiy hal etuvchi omil hisoblanadi.
Yüklə 39,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə