Oiv infeksiyasi to’g’risida tushuncha epedemiologiyasi. Qo’zg’atuvchilarning turli tashqi muhit ob’ektlari, xarorat va dezinfeksiyalovchi moddalar ta’siriga chidamliligi xususiyatlari. Reja


O‘zbekistonda OIV infeksiyasiga qarshi kurash choralari kuchaytirildi



Yüklə 21,63 Kb.
səhifə2/4
tarix14.04.2023
ölçüsü21,63 Kb.
#105491
1   2   3   4
OIV infeksiyasi to

O‘zbekistonda OIV infeksiyasiga qarshi kurash choralari kuchaytirildi


Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ‘ibot tadbirlari konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar qildi.
Qayd etilishicha, konsepsiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ‘ibot tadbirlarining maqsadi va asosiy vazifalari;

  • OIV kasalligining joriy holati va mavjud muammolari;

  • OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari;

  • kutilayotgan natijalar.

Konsepsiyaning asosiy maqsadlari aholi o‘rtasida OIV infeksiyasini tarqalishini kamaytirish, OIV infeksiyasining aholi, ayniqsa, yoshlar orasida tarqalishining oldini olish masalasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi. Shuningdek, aholining turli qatlamlari, OIV infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori guruhlar, OIV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarning yaqinlari orasida tushuntirish ishlari qamrovini yanada oshirish, yoshlar, ayniqsa, o‘smirlar orasida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha o‘tkaziladigan turli targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida OIV bilan kasallangan fuqarolarga nisbatan bag‘rikenglik, insoniylik muhitini shakllantirish vazifasi ham maqsad qilib olingan. Ijtimoiy tarmoqlarda OIV infeksiyasi xavfini muntazam yoritib boruvchi alohida blog va saytlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Hujjat bilan O‘zbekistonda odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ‘ibot tadbirlari konsepsiyasini 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ham tasdiqlangan. U quyidagilardan iborat:

  • OIV infeksiyasining oldini olish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar ro‘yxati;

  • ushbu tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlari;

  • bajarish muddatlari;

  • tadbirlarni moliyalashtirish manbalari;

  • mas’ul ijrochilar ro‘yxati.

“Yo‘l xaritasi”da jami 23 ta tadbir nazarda tutilgan. Ular orasida:

  • OIVning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolashning inson salomatligi uchun xavfsiz usullarini o‘rganish;

  • OITSga qarshi kurashda xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

  • Respublikada aholining barcha qatlami, ayniqsa, qishloq aholisining OIV infeksiyasidan xabardorlik darajasini oshirish;

  • aholi orasida OIV bilan kasallanganlarni erta aniqlash maqsadida tekshiruvlar qamrovini oshirish va boshqalar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda OITS bilan kasallanganlar soni va bu kasallik haqidagi ba’zi ma’lumotlar ochiqlangan. Qayd etilishicha, bugungi kunda respublikada 45 ming nafar odam OITS (SPID) bilan yashab kelmoqda. Ularning 55 foizi erkaklar, 45 foizi ayollar, 14 foizini esa 18 yoshga to‘lmagan bolalar tashkil etadi.
Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori o‘rinbosari Gulifor Normurodova 10 yillik ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kasallikka chalingan bolalar yildan yilga kamayib borayotganini aytgan edi.
OIV virusi odamning barcha to‘qimalarida uchraydi, zararlangan odamning organizm ichki suyuqliklari orqali yuqadi. Masalan sperma, qin ajralmasi, qon va ko‘krak suti orqali tarqalishi aniqlangan.
Bu maqolada biz sizga OIV va OITS, ularning simptomlari, sabablari va davolash haqida ma’lumot bermoqchimiz.
OIV – bu virus odamning immun hujayrasi bo‘lgan CD-4 hujayralarini zararlaydi. OITS – bu sindrom OIV virusining immun tizimiga bo‘lgan ta’siri natijasida yuzaga keladi.

Yüklə 21,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə