Laboratoriya mashgʻulotini oʻtkazish uchun uslubiy koʻrsatma
Tekshirish sxemalari
1. Salt ishlash va qisqa tutashuv xarakteristikasini olish uchun 5.1-rasmdagi sxemadan foydalaniladi.
2. Kam sirpanish va teskari-sinxron aylanish tajribasini oʻtkazish sxemasi 5.1 - rasmda keltirilgan. Kuchlanish induksion rostlagich yordamida oʻzgartiriladi. Qoʻzgʻatish chulgʻami kam sirpanish tajribasini oʻtkazish vaqtida voltmetrga ulanadi, teskari – sinxron aylanish tajribasida esa kalit K orqali qisqa tutashtiriladi.
3. X0 ni topish sxemasi 5.2 - rasmda keltirilgan. Yakor uchchala fazalari ketma-ket ulanadi. Qoʻzgʻatish chulgʻami esa qisqa tutashtiriladi.
4. Statik tajriba sxemasi 5.3 - rasmda koʻrsatilgan. Bu tajribani oʻtkazish vaqtida qoʻzgʻatish ampermetr orqali qisqa tutashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |