Olin nazariyalari. V. Leont‘yev paradoksi. "Mahsulotning hayotiy sikli"



Yüklə 361,19 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix29.05.2023
ölçüsü361,19 Kb.
#113920
12-mavzu-



12-mavzu. Xalqaro savdo to‘g‘risidagi iqtisodiy ta’limotlar
Mutloq ustunlik nazariyasi. Qiyosiy ustunlik nazariyasi. E.Xeksher-B.
Olin nazariyalari. V.Leont‘yev paradoksi. “Mahsulotning hayotiy sikli”
nazariyalari. Raqobat ustunligi nazariyasi. Xalqaro mehnat taqsimoti va
xalqaro valyuta munosabatlarini tadqiq etishning tanqidiy yo‘nalishi.
Mutlaq ustunlik nazariyasi Adam Smitning Xalqlar boyligi g‘oyasining
asosiy
maqsadlaridan biri hozirda merkantalizm deb atalgan g‘oyalar yig‘indisining
yolg'on tomonini ko'rsatib berish edi - bu kitobning taxminan 25 foizi
merkantalizm ta’limoti va amaliyotini tekshirishga bag'ishlangan edi. Ba’zi
merkantalistlar eksport importdan yuqori bo'lgan tashqi savdoning davlat
tomonidan tartibga solinishi mamlakat savdoning qulay balansiga ega
bo'lishi uchun zarur deb hisoblardi va shuning uchun boshqa mamlakatlar
kabi qimmatbaxo metallarni ko'paytirish tufayli eksport importdan oshib
ketdi. Adam Smit turli mamlakatlarda tovarlarni ishlab chiqarishda mutlaq
xarajatlardagi farq xalqaro savdo rivojlanishining asosini tashkil
etadi degan tezisni asoslab berdi. Unga ko'ra, ba’zi mamlakatlar boshqa
mamlakatlarga nisbatan tovarlarni kam xarajat sarflab, samarali ishlab
chiqaradi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu mamlakatlar mazkur tovarlarni
ishlab chiqarishda mutloq ustunlikka ega. Mutlaq ustunlik yuqori mehnat
unumdorligida va tovarlarni ishlab chiqarishga ketadigan kam xarajatlarda
namoyon bo'ladi. Savdoni sun'iy ravishda cheklab quyishga A. Smit qarshi
chiqdi va qaysi mamlakatning mahsuloti arzon bo'lsa o'sha mamlakat bilan
savdo qilishning avzalligi to'g'risida aytib o'tadi. Masalan, A.Smit qayd qilib
o‘tganidek: “Agar Fransiyaning vinosi Portugaliya vinosidan yaxshi va arzon
bo‘lsa yoki uning gazlamasi Germaniya gazlamasidan yaxshi bo‘lsa, unda
Buyuk Britaniya uchun o ‘ziga kerakli chet el vinosi va gazlamasini
Portugaliya yoki Germaniyadan emas, balki Fransiyadan sotib olish foydali”.
Shuningdek, Shotlandiyada uzum etishtirish shart emas, chunki u yerda
vino Portugaliyaga nisbatan 30 barobar qimmat. Vino qayerda arzon bolsa
o‘sha yerdan sotib olish maqsadga muvofiq. A.Smitning asosiy g‘oyasi -
mutlaq xarajatlar
g‘oyasidir. Unga ko‘ra, mutlaq xarajatlari kam bo‘lgan
mamlakatlardan tovarlarni imp’ort qilish, ishlab chiqarish xarajatlari past
tovarlarni esa (ularni xarid qilayotganlarga nisbatan) eksport qilish kerak.
A.Smitning tasdiqlashicha, har xil sun‘iy ta’sir ko‘rsatish va qarshiliklarga
qaramasdan ikki mamlakat o‘rtasida savdo aloqalarning olib borilishi tabiiy,
normal hol hisoblanadi, u doimo foydali, garchi har ikkilasi uchun foyda
hamisha bir hil bo‘lmasa ham. “Har bir aqlli oila boshlig‘ining qoyidasi
shundan iboratki, chetdan sotib olishdan ko‘ra,uyda tayyorlash qimmatga
tushidagan narsalarni uyda tayyorlamaslikka harakat qiladi. Tikuvchi o‘ziga
etik tikishga harakat qilmaydi, balki uni etikdo‘zdan sotib oladi. Etikdo‘z-
o‘ziga kiyim tikishga urinmaydi, balki tikuvchining xizmatiga murojaat
qiladi”. A.Smit bo'yicha, bu qoyda bir butun mamlakat uchun qo’llanilishi


kerak. Agar qandaydir bir xorijiy mamlakat bizni muayyan tovar bilan, uni
o'zimizda ishlab chiqarishga nisbatan ancha arzon narxda ta’minlashi
mumkin bolsa, biz birmuncha ustunlikka ega bolgan sohalarda
ishlatilayotgan sanoat mehnati mahsulotining ma’lum qismi uchun ushbu
tovarni undan sotib olish ancha foydali. Aynan shuning
uchun, mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini tanlashda, A.Smit
bozorning roliga katta e’tibor bergan bolishiga qaramay, u ushbu masalani
ko'rib chiqishda mamlakatning tabiiy (ob-havo sharoiti, ba’zi bir tabiiy
resurslarga ega bolish va b.) va qolga kiritilgan (odatda, texnologik ishlab
chiqarish bilan bogliq bolgan) ustunliklarini hisobga olishni zarur deb
hisoblanadi. Eksport qiluvchi mamlakat qachonki mutlaq ustunlikka ega
bolgan tovarlarni ishlab chiqarishga
qanday mutlaq ustunlikka ega
bo‘lmasa, ular xalqaro savdoda qatnashishi mumkinmi degan savolga ham
javob bermaydi. Smit qiziqish bildirgan xalqaro savdo-sotiq nuqtayi
nazariyasi shubhasiz qisman to‘g‘ri, chunki uning kuchli jihati, bu nazariya
emas, balki iqtisodiy siyosat nuqtayi nazardan yoritilganligida edi.
Qiyosli ustunlik nazariyasi
Xalqaro savdoga doir qiyosiy ustunlik nazariyasi bilan o‘z davrida Rikardoni
naqadar donishmand ekanligi namoyon etildi. A.Smitdan farqli o‘laroq,
David Rikardo mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlashda mutlaq
xarajatlardagi farq muhim emas, deb hisobladi. Yuqorida qayd qilib
o‘tganimizdek xarajatlarda mutlaq ustunlikka ega bo‘lmagan mamlakatlar
nima qilishlari kerak? Bir qator misollar bilan D.Rikardo “xarajatlardagi
mutlaq ustunlik” mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlashning zarur
sharti emasligini isbotlab berdi. Savdo qilayotgan mamlakatlar o‘rtasida
qiyosli xarajatlar farq qilishi kifoya. Shu asosda D.Rikardo qiyosli ustunlik
nazariyasini yaratdi. Bu nazariya butun dunyo ilm-fani va savdosida
hamma tan olgan nazariya hisoblanadi. Mazkur nazariyaning asosiy qoidasi
Shundan iboratki, har bir mamlakat o‘zining muayyan tovarni ishlab
chiqarishga ketadigan xarajatlari bilan uni sotib olishga ketadigan
xarajatlari o‘rtasidagi farqni qiyoslab ko‘rgan holda tashqi savdoda ishtirok
etadi. Muayyan tovarni ishlab chiqarish bir mamlakat uchun boshqa
mamlakatlarga nisbatan qulayroq bo‘lishi mumkin. Shu bois, qiyosli
ustunlik nazariyasiga binoan, mamlakatlar xarajatlarni hisobga olgan holda
u yoki bu mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi kerak.
D.Rikardo shunday misol keltiradi. Portugaliyada muayyan miqdordagi
vinoni tayyorlash uchun 80 kishilik mehnat, gazlama ishlab chiqarish uchun
esa 90 kishilik mehnat talab qilinadi (bir yilga). Angliyada shu miqdordagi
vinoni ishlab chiqarish uchun 120 kishilik mehnat, gazlamani ishlab
chiqarish uchun 100 kishilik mehnat sarflash zarur. Garchi olib kelingan
gazlama Portugaliyaning o‘zida Angliyaga nisbatan kam xarajat evaziga
ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lsa ham, bu sharoitda
Portugaliya uchun vinoni gazlamaga ayirboshlash foydali. Gap shundaki,
resurslarni gazlama ishlab chiqarishdan, Angliyaga nisbatan katta qiyosiy
ustunlikka ega bo‘lgan, vino tayyorlash tarmog‘iga o ‘tkazib, Portugaliya


vinoni ayirboshlash yo‘li bilan 80 kishilik mehnat sarflari hisobiga, ya’ni 10
kishilik mehnatni tejash evaziga, gazlama olishi mumkin. Bunday
ayirboshlash Angliya uchun ham foydali, negaki u o‘z kuchini gazlama
ishlab chiqarishga sarflab, gazlamani sotish yo‘li bilan muayyan miqdordagi
vinoni 120 kishining mehnati hisobiga emas, balki faqat 100 kishilik mehnat
evaziga olishi mumkin (ya’ni 20 kishilik mehnatni tejash hisobiga). Bu
misoldan shu narsa ko‘rinadiki, qiyosiy ustunlik mavjud boisa, ixtisoslashuv
va
ayirboshlash ikkala mamlakat uchun ham foydalidir. Bundan mamlakatlar
o‘rtasida
mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi zarurligi kelib
chiqadi. Qiyosli xarajatlar g‘oyasi - bu o‘zaro foyda ko‘rish g‘oyasidir. Unga
ko‘ra “...
Fransiya va Portugaliyada vino tayyorlanishi, Amerika va Polshada don
etishtirilishi, Angliyada metal buyumlari va boshqa tovarlar ishlab
chiqarilishi kerak” Lekin qiyosli xarajatlar nazariyasida bir qator
soddalashtirishlar mavjud bo‘lib, tashqi iqtisodiy aloqalarda bo‘ladigan
qiyinchiliklar aks ettirilmagan. D. Rikardo modeli - bu ikki mamlakat
o‘rtasidagi savdo modelidir. Mazkur model qiyosli xarajatlarning
o‘zgarishini,
savdo
qilayotgan
mamlakatlarning
unumdorlik
imkoniyatlaridagi farqlarni ham hisobga olmaydi.
Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi
Qiyosli ustunlik nazariyasining zamonaviy turlanishi (ko‘rinishi) shved
iqtisodchilari Eli Xeksher (1879-1952) va Bertil Olin (1899-1979) ishlab
chiqqan ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi hisoblanadi. D.Rikardo
ishlab chiqarish xarajatlaridagi farqlarni tabiiy va geografik sharoitlar tufayli
kelib chiqadigan farqlar bilan aniqlanishi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqqan.
Bu prinsip umuman to‘g‘ri, lekin
etarli emas. Jahon bozorida faqat neft, paxta, apelsin bilan savdo
qilinmaydi. Tashqi savdo ayirboshlanishida ishlab chiqarish sanoati
tovarlari va xizmatlarning hissasi tobora ortib borayapti. Bu mahsulotlarni
ishlab chiqarish va sotishda, jahon narxining shakllanishida tabiiy
sharoitlardan ko‘ra boshqa omillar ko‘proq rol o‘ynaydi. Masalan, Shvetsiya
tashqi bozorga murakkab sanoat mahsulotlarini - avtomobillar va rolikli
podshipniklarni, tog‘-kon uskunalari va dengizda ishlatiladigan motorlarni -
yetkazib berish bilan samarali savdo qiladi. Ko‘p sohalarda raqobat
ustunligini qo‘lda ushlab turgan aynan shu mamlakatda tashqi savdo
nazariyasining yaratilishi bejiz emas. Mazkur nazariya texnologiyasi deyarli
bir xil bo‘lgan savdo qilayotgan mamlakatlar ishlab chiqarish omillari
(kapital, ishchi kuchi, yer) bilan bir xil darajada ta’minlanmaganligiga
asoslanadi. Qiyosli xarajatlar kontsitsiyasiga asoslangan holda, shved
iqtisodchilari Xeksher va Olin bunday xarajatlar asosida nima yotishini
tushuntirib berishga harakat qildi. Ular, savdo qilayotgan mamlakatlarda
ishlab chiqarish omillari kombinatsiyasi umuman o‘xshash bo‘lgan
sharoitda xarajatlar darajasidagi farq asosan ularning ishlab chiqarish


omillari bilan ta’minlanligiga bog‘liq, deb xulosa qiladi. Xeksher-Olin
tadqiqotida tashqi savdoda xarajatlari nafaqat tabiiy sharoitlardagi farq
bilan, balki savdo ishtirokchilari ta’minlangan har xil omillar narxi bilan ham
aniqlanadi. Bir xil omillar ortiqcha, boshqa bir omillar etishmaydi. Bir turdagi
omillarning narxi nisbatan yuqori, boshqa turdagi omillarning - nisbatan
past. Omillarning narxi ularning kamyobligi bilan aniqlanadi: odatda, tanqis
omillar - qimmat, ortiqcha omillar - arzon. Agar mamlakatda qandaydir bir
omil boshqa omillarga nisbatan ortiqcha bo‘lsa, masalan, arzon ishchi
kuchi ko‘p bo‘lsa, unda bu mamlakat mehnat talab mahsulotlarni
(to‘qimachilik, kiyim-kechak va b.) ishlab chiqarishga va ularning savdosiga
ixtisoslashadi. Agar mamlakatda kapital ortiqcha bo‘lsa, unda
sig‘imli mahsulotlarni (mashinalar, asbobuskunalar) eksport qilish foydali.
Masalan, arzon ishchi kuchiga ega bo‘lgan Janubiy Koreya mehnat talab
mahsulotlarni (kiyim-kechak, avtomobil, kundalik turmush elektr asboblarini)
eksport qiladi: xitoyga kiyim-kechak, to‘qimachilik mahsulotlarini eksport
qilish qo‘l keladi. Shvetsiya holati va metall mahsulotlarining raqobatdagi
ustunligi shundaki, mamlakatda qazib olinadigan temir rudasi yuqori sifatli
po‘lat eritish xususiyatiga ega.
bu mamlakatga capital E.Xeksher (1879-1952) Demak, Xeksher-Olinning
tashqi savdo modeli asosida xarajatlarning tuzilishi, ortiqcha ishlab
chiqarish omillarining past narxi yotadi. Mamlakat ortiqcha ishlab chiqarish
omillaridan intensiv foydalanib ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksport
qiladi, ishlab chiqarish omillari tanqis bo‘lgan tovarlarni esa import qiladi.
“Leontevcha ziddiyat”
Amaliyot shu narsani ko‘rsatib berdiki, ishlab chiqarish omillari
konstitusiyasi tashqi savdoga, milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga ta’sir
etuvchi turli xil omillarning hammasini hisobga olishga qodir emas.
Masalan, Xeksher-Olin modeli, nega, Shveytsariya farmatsevtik tovarlarni
eksport qilishga ixtisoslashgan, Amerika personal kompyuterlarni ishlab
chiqarishda etakchilik qiladi, Yaponiya kundalik elektronika buyumlarining
yirik eksportchisi hisoblanadi kabi savollarga javob bera olmaydi. Mazkur
nazariyaning to‘g‘riligini AQSH iqtisodchisi V.Leontev tekshirib ko‘rdi.
Malumki, Amerika kapitali ko‘p mamlakat hisoblanadi. Shu bois u kapital
sig‘imli tovarlarni eksport, mehnat sig‘imli tovarlarni import qiladi deb
taxmin qilingan. Natija uning teskarisini, ya’ni AQSH kapital sig‘imli
tovarlarni emas, balki ko‘proq mehnat sig‘imli tovarlarni eksport qilishini,
kapital sig‘imli tovarlarni esa ko‘proq import qilinishi ko‘rsatdi. Bu holat
“Leontevcha ziddiyat” nomini olgan. Leontev olib borgan hisob-kitoblarning
to‘g‘riligini boshqa iqtisodchilar ham tasdiqlashgan. Ma‘lum bo‘lishicha,
tashqi savdo tuzilmasida bunday mos kelmaslik boshqa mamlakatlarga
ham xos bo‘lgan. Tashqi savdo sohasi mutaxassislari, alohida mamlakatlar
savdosiga va bir butun jahon savdosi tuzilmasiga ta’sir etuvchi omillar juda
ko‘p, xilma-xil va o ‘zgaruvchan bo‘ladi, degan fikrga kelishgan. Ularning
ta’sir ko‘rsatish ahamiyati ham har xil.
Mahsulotning hayotiy sikli


Klassiklarning qiyosiy ustunlik nazariyasida ba’zi bir savollar o'z echimini
topmaganligi (masalan, eksport tuzilmasi dinamikasi qonuniyatlari qanday,
nega bir xil tarmoqlar oldinga siljisa, ikkinchisi orqaga surilib ketadi)
xalqaro mehnat taqsimoti muammosiga bo‘lgan yangi yondashuvlarning
kelib chiqishini taqozo etdi. Shunday yondashuvlardan biri “Mahsulotning
hayotiy sikli” konsepsiyasi hisoblanadi. Bu nazariyani ishlab chiqishda
M.Pozner, G.Xufbaujr, L.Uells va boshqa iqtisodchilar qatnashdi. Lekin
birinchi marta bu nazariyaning tasnifiy bayoni 1966 y. atoqli Amerika olimi
R.Varronning
“Mahsulotning hayotiy sikli nuqtayi nazaridan ko'rilgan
xalqaro investitsiyalar va xalqaro savdo "
maqolasida e’lon qilingan. AQSH
eksport tuzilmasini tahlil qilish natijalari mazkur nazariyaning yaratilishiga
bevosita turtki bo'ladi. Tahlil natijalari jahon bozorida raqobatbardoshlik
asosini tashkil etuvchi tarmoqlar majmuining o'zgarib turishini ko'rsatib
berdi. XX asr boshiga kelib bunday tarmoqlar jumlasiga to'qimachilik va
o'rmontexnik sanoati, qora metallurgiya, mashinasozlik kiritilgan. 30-chi
yillarning
oxiriga kelib tarmoqlar majmuy va tartibi o'zgardi (birinchi o'ringa
mashinasozlik
chiqdi, oziq-ovqat sanoati ilg'or eksport qiluvchi tarmoqlar qatoriga
qo'shildi), 60-chi yillarning boshiga kelib esa, transport vositalarini, asbob-
uskunalarni, kimyoviy tovarlarni, elektr uskunalarini va boshqa mashinalarni
ishlab chiqarish tarmoqlari Amerikaning asosiy eksport qiluvchi tarmoqlari
majmuini tashkil etdi. Urushdan keyingi tashqi savdo tuzulmasi tahlili
natijalari eksport tarmoqlarida ilmsig'imli mahsulotlarni ishlab chiqaradigan
tarmoqlarning roli ortib borayotganligini aniqlab berdi. Shu sababli
“ilmsig'imli tarmoqlar” atamasi kiritilidi. Hozir ilmsig'imli tarmoqlar oldingi
qatorga ко’tarildi va ular mamlakatning jahon bozorida raqobat qudratini
belgilab bermoqda. “Ilmsig'imli” atamaning muomalaga kiritilishi ishlab
chiqarish omillari to'g'risidagi tushunchani qayta ko'rib chiqishni taqozo
etadi. Ilmsig'imli mahsulot - mehnat sig'imli mahsulotning o'zgargan
shaklidan boshqa narsa emas. Ko'pchilik ilmiy - texnik xodimlari (barcha
yollanma ishchilarning 50 foiziga yaqini) ish haqining yuqorligi va ko'p sonli
yuqori malakali ishchilarining mavjudligi tufayli ilmsig‘imli mahsulotlarni
ishlab chiqarishdagi umumiy sarflarda
ishchi kuchiga to‘g‘ri keladigan sarflar hissasi ham yuqori. Bundan tashqari
turli ishlab chiqarish bosqichlarida har bir yollanma mehnat egasining
hissasi xam har xil bo‘ladi. Demak, mehnat omilini tarkibiy tuzilishi jixatdan
bir xil deb qaragan Xeksher-Olin nazariyasini qo‘llash xatodan xoli emas.
Shu bois “mahsulotning hayotiy sikl” nazariyasi mualliflari mehnatni bir
qancha turlarga ajratadi: yuqori malakali mehnat, boshqaruv mehnati,
malakasiz mehnat va b. shunday qilib, ikki
omilli model ko‘p omilga aylandi, ya’ni kapital omili bilan birga mehnatning
har xil turlari amal qiladi. Har bir omilni ahamiyatining o‘zgarishiga muvofiq
ravishda ishlab chiqarishning uch fazaga (ular “mahsulotning hayotiy
sikli”ga mos tushadi) bo‘linishi mazkur nazariyaning kelib chiqishiga yana


bir sabab bo‘ldi.
Birinchi fazada -
yangi mahsulotni ishlab chiqarishga joriy
etishda - yutuq eng avvalo fan-texnika darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning
uchun yuqori malakali mehnat asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchi
o‘rinda boshqaruv mehnati turadi, uning asosiy vazifasi tovarlarni keng
miqyosda ishlab chiqarishga o‘tishning eng qulay yolini qidirib toppish
hisoblanadi, mazkur bosqichda ishlab chiqarish kichik ko‘lamda olib
borilishi tufayli kapital oxirgi o‘rinda qoladi. “Mahsulotning hayotiy sikli”
nazariyasiga ko‘ra, yangi mahsulotni ishlab chiqarishga joriy etish eng
kuchli ilmiy kadrlar va yuqori malakali ishchi kuchi to‘plangan rivojlangan
mamlakatlarda amalga oshiriladi.
Ikkinchi fazada
ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bunday ishlab
chiqarish industrial baza quvvatiga, ishlab chiqarish strategiyasiga bog‘liq
bo‘ladi. Bunda kapital va boshqaruv mehnati asosiy rol o‘ynaydi. Yuqori
malakali mehnat esa, endi faqat texnologik ishlab chiqarishning muayyan
sur’atini ushlab turish vazifasini o‘taydi, o‘rta va past malakali ishchilar
mehnati bilan birga ikkinchi o‘rinni egallaydi. Demak, fantexnika jihatdan
etakchi bo‘lmagan, lekin ortiqcha kapitali ko‘p bo‘lgan o‘rtacha rivojlangan
mamlakatlarda mahsulot ishlab chiqarishning ikkinchi “hayotiy sikli” davom
etadi.
Uchinchi faza
uchun bir xil texnologik asosda mahsulotlarni ommaviy
tarzda ishlab chiqarish xos. Malakasiz mehnat birinchi o‘ringa suriladi, u o‘z
mavqeini saqlab qolgan kapital bilan bir qatorda turadi. Olimlar,
muxandislar va menejerlar mehnatining ahamiyati keskin pasayadi. Bundan
shu narsani ko‘rish qiyin emaski, bu fazada mahsulot ishlab chiqarish
soddalashib, malakasiz ishchilar zaxirasi ko‘p bo‘lgan rivojlanayotgan
mamlakatlarda ommaviy tus oladi. Keyinchalik mazkur mahsulotga talab,
uni ishlab chiqarish pasayadi, uning o‘rnini qoplovchi yangi mahsulot ishlab
chiqarish fazasi qaytadan boshlanadi.
Xalqaro mehnat taqsimotini tadqiq etishning tanqidiy yo‘nalishi
Xalqaro mehnat taqsimoti tadqiqotlari bo‘yicha tanqidiy yo‘nalishning kelib
chiqishi odatda argentinalik R.Prebish va Amerikalik G.Zinger nomi bilan
bog‘lab tushuntiriladi. Ular haqiqatdan ham birinchi bo‘lib xalqaro mehnat
taqsimotining o‘zaro foydali xarakteri to‘g‘risidagi tezisga qarshi chiqqan va
sanoati rivojlangan
mamlakatlar agrar mamlakatlar hisobiga boyib borishini ko‘rsatib bergan
tadqiqotchilar hisoblanadi. Lekin aynan shunday g‘oyalarni boshqa atoqli
iqtisodchilar - shvetsiyalik G.Myurdal, angliyalik T.Balog, frantsiyalik F.Perru,
braziliyalik S.Furtado, amerikalik U.Lyuis va Xirshmanlar ham ilgari surgan.
Bu iqtisodchilarning qiyosli ustunlik nazariyasiga tanqidi qarashlari asosan
uning metodologiyasiga qaratilgan. Ularni mazkur nazariyadagi ikkita jihat
qanoatlantirmagan. Birinchidan, qiyosli ustunlik nazariyasi muvozanatlik
prinsipi
asosida qurilgan. Uning tarafdorlari tadqiqotida iqtisodiy jarayonlar
mayatnik harakatiga o‘xshatiladi, ya’ni muvozanat kuchlarining buzilishi
ertami, kechmi uning avvalgi yoki ancha yuqori darajada qayta tiklanishi


bilan tugallanadi. Haqiqatda esa unday emas, deb hisoblaydi. Yuqorida
ko‘rsatilgan iqtisodchilar va muvozanatlik yondashuviga kumulyativ
(harakatning bir tomonga yo‘naltirilishi) prinsipini qarshi qo‘yadi. “Agar bir
omil 0‘zgarsa, - deb yozadi G.Myurdal, - unda
ikkinchi bir omilda albatta o ‘zgarish bo‘ladi. Natijada o‘zaro ta’sir
ko‘rsatishning kumulyativ jarayoni kuchaydi... yoki qandaydir bir omilning
o‘zgarishi, qanday sababdan bo‘lishidan qat’iy nazar, kumulyativ
samaraning yalpi ta’siri tufayli barcha tizimni muayyan yo‘nalishda
harakatga keltiradi”. Boshqacha qilib aytganda, buzilgan muvozanat
avtomatik tarzda qayta tiklanmaydi, balki namuvozanatlikni
kuchaytiruvchi va tizimda sifat o‘zgarishiga olib keluvchi kuchlarni kelitirib
chiqaradi.
T.Balogning
“Teng
huquqli
bo‘lmagan
sheriklar”
asarida
nomuvozanatlikning kuchayishi to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Unda xalqaro
savdo jarayonida rivojlangan va qaloq mamlakatlar o‘rtasidagi uzulishning
kuchayib borishi, bunday savdo ishtirokchi mamlakatlar iqtisodiyotini o‘zaro
to‘ldirib borishiga ta’sir ko‘rsatmasligi, balki daromadlar va resurslarni
jamg‘arish va taqsimlash imkoniyatlaridagi kumulyativ tengsizlikning
kuchayishini kelitirib chiqarishi ko‘rsatib beriladi. Garchi xalqaro savdo
natijasida jahon daromadlari ko‘payib borishi mumkin bo‘lsada, shunga
qaramay, kambag‘al hududlarning qoshshoqlashuvi kuchayib bormoqda.
Ancha rivojlangan mamlakatlarga kelsak, savdo ularning resurslarini
ko‘paytirib, ustunligini yana ham oshirmoqda. T.Balogning mulohazalarini
mantiqan oxiriga etkazgan S.Furtado hisoblanadi. Uning fikriga ko‘ra,
xalqaro iqtisodiy munosabatlarda tengsizlik huquqi shu darajaga borib
etdiki, rivojlanayotgan mamlakatlarni xo‘jalik subyektlari sifatida gapirish
biron ma’no kasb etishi qiyin. Xalqaro milliy korporatsiyalarning paydo
boiishi bilan qoloq mamlakatlar o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiy suvyerenligini
yo‘qotdi, jahon kapitalistik xo‘jaligining “qaram podtizimsiga” aylandi.
Furtado qayd qilib o‘tganidek: “Qoloq iqtisodiyotda rivojlanish ko‘pincha
xorijiy korxonalarning keng tarqalishiga bog‘liq bo‘ladi va shu ma’noda
bunday rivojlanish “xalqaro” hisoblanadi. Ushbu xorijiy korxonalarning
faoliyati ko‘rilayotgan podtizim tashqarisida qabul qilinadigan qarorlarga
asoslanadi”. Qiyosli ustunlik nazariyasi metodologiyasi tanqidining ikkinchi,
asosiy yo‘nalishi iqtisodiyotning ijtimoiy o‘lchamiga qaratilgan. Xalqaro
mehnat
taqsimotining
neoklassik
konsepsiyasi
tarafdorlari
ham,
“mahsulotning hayotiy sikl” nazariyachilari ham xo‘jalik yuritishning ijtimoiy
masalalarini nazardan chetda qoldirishgan. Ijtimoiy masalalar esa, tanqidiy
yo‘nalish vakillarining ta’kidlashicha, “sof iqtisodiy” faoliyatga o‘ziga xos
tarzda ta’sir ko‘rsatadi. Yuqorida aytilganlarni U.Lyus quyidagi misolda
tasdiqlab beradi. Ikki mamlakat - rivojlangan va qoloq - tayyor mahsulot va
xomashyo ayirbosh qilyapti deb faraz qilamiz. Agar “s o f’ neoklassik
nazariya nuqtayi nazaridan olib qarasak, unda ayirboshlash shaxshubhasiz
o‘zaro foydali deb tan olinadi. Lekin kam rivojlangan iqtisodiyotning o‘ziga
xosligini hisobga olib salgina o‘zgartirish kiritsak, xulosa butunlay


boshqacha chiqadi. Ko‘pchilik qoloq mamlakatlarda juda past mehnat
unumdorligiga asoslangan ancha ko‘p natural xo‘jalik sektori amal qiladi. U
yerda ish haqi past bolganligi sababli ortiqcha ishchi kuchi eksport
sektoriga doimo oqib o‘tadi. Shuning uchun rivojlanayotgan mamlakatlar
eksport sektorida unumdorlik qanchalik oshmasin, undagi ish haqi darajasi
baribir natural xo‘jalikdagi past mehnat unumdorligi bilan aniqlanadi.
Modomiki export sector tadbirkorlarning foydasi, U.Lyus bo'yicha, xalqaro
miqyosda tenglashar ekan, mehnat unumdorligining o‘sishi natijalaridan
rivojlangan mamlakatlar iste’molchilari foyda ko‘radi. Birining ikkinchisi
tomonidan ekspluatatsiya qilinishi ko‘rinib turibdi.Xo‘jalikni boshqarishning
ijtimoiy jihatlari tahlili, tanqidiy yo‘nalish tarafdorlarining ta’kidlashicha,
o‘zaro tartib yondashuvini taqozo etadi, ya’ni iqtisodiy jarayonlarning
huquqiy, siyosiy, madaniy an’analar, psixologiya va shu kabilar bilan o‘zaro
ta’sirini o‘rganish talab qilinadi. Bunday metodologik ko‘rsatma ba’zi bir
ijobiy natijalarga erishishga imkon berdi. Masalan, mustamlakachilik
xukmronligi va mustamlakachilikning emirilishi davridagi jahondagi etuk
mamlakatlar siyosatini konkret tadqiqot qilish asosida G.Myurdal, F.Perru
va
ularning
hamkasblari
qaram
mamlakatlarda
aniq
maqsadga
yo‘naltirilgan asimmetrik (muvozanat buzilgan) iqtisodiyotni shakllantirish
mexanizmini ochib berdi va shu bilan “uchinchi dunyodagi” og‘ir, mushkul
ahvol uchun javobgarlikning bir qismi kimning bo‘yniga tushishini ishonarli
qilib ko‘rsatib berdi. G.Zinger, T.Balog, S.Furtadolarning “namoyish
samarasi” atalmish tahlili o‘zaro tartib yondashuvini unumli qo‘llashga yana
bir misol bo‘la oladi. Bu iqtisodchilarning kuzatishi bo‘yicha, qoloq
mamlakatlarga eksport qilinayotgan tovarlar bu yerda nafaqat iste’mol
buyumlari vazifasini o‘taydi, balki yuqori rivojlangan mamlakatlar turmush
tarzi to‘g‘risida axborot tarqatish vazifasini ham o‘taydi va bu mahalliy
aholining ancha boy qatlamiga “namoyish ta’sirini” o‘tkazadi. Yer egalari,
burjuaziya va amaldorlar rivojlangan mamlakatlarning iste’mol andozalarini
qabul qilishga kirishadi. Natijada avvalari ko‘yilgan daromad egalarining
iste’moli uchun import qilinadigan tovarlar endi
mahalliy sanoat tomonidan ishlab chiqarilishi kuchayadi. Shu bilan
zaruriy buyumlarni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan capital qo‘yilmalari
qisqaradi. Nega bunday jadal “rivojlanish” ko‘pincha aholi turmush
darajasining pasayishiga olib kelishi shunday ko‘rinib turibdi.

Yüklə 361,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə