|
Oliy Majlis va siyosiy partiyalar faoliyatiPartiyaning matbuot nashri - "Milliy tiklanish" ijtimoiy-siyosiy gazetasi
|
səhifə | 5/6 | tarix | 30.12.2023 | ölçüsü | 105,86 Kb. | | #167162 |
| Oliy Majlis va siyosiy partiyalar faoliyati Partiyaning matbuot nashri - "Milliy tiklanish" ijtimoiy-siyosiy gazetasi.
O’zDPMT veb-sayti: http://www.uzmtdp.uz/
O’ZBEKISTON «ADOLAT» SOTSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI HAQIDA
O’zbekiston «Adolat» Sotsial-demokratik partiyasi 1995 yil 18 fevralda partiyaning birinchi Ta’sis qurultoyida tashkil topdi.
2013 yil 1 yanvardagi holatiga ko’ra, O’zbekiston "Adolat" SDP o'z safida 93586 a'zoni birlashtirgan 3005 boshlang'ich partiya tashkilotlariga ega. O’zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
kuchli ijtimoiy-huquqiy davlat barpo etish;
adolatli fuqarolik jamiyatini yaratish;
ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’sir qilish;
jamiyatda ijtimoiy adolat printsiplarini, inson huquq va erkinliklarini mustahkamlash.
Partiyaning oliy organi Qurultoy xisoblanadi. Siyosiy Kengash Plenumlari har yilda kamida ikki marta o’tkaziladi. «Adolat» ijtimoiy-siyosiy gazetasi O’zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining rasmiy nashriy organi hisoblanadi, gazeta 1995 yil 22 fevralda tashkil etilgan.
Partiyaning Internet tarmog’idagi veb-sayti: http://www.adolat.uz/
O‘ZBEKISTON EKOLOGIK HARAKATI HAQIDA
O’zbekiston ekologik harakati 2008 yil 2 avgustda tashkil topgan.
2008 yil 20 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan. Ekoharakat O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida kvotalangan 15 ta deputatlik o‘rniga ega. Ekoharakatning Respublika konferensiyasi, Markaziy Kengash, uning Ijroiya qo‘mitasi, Markaziy nazorat-taftish komissiyasi uning rahbar organlari hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahrida O’zbekiston ekologik harakatining hududiy bo‘linmalari faoliyat olib bormoqda.
Ekoharakat – jamiyatning barcha kuchlari, O’zbekistonning bugungi fuqarolari va kelajak avlodlari qulay tabiiy atrof muhitda yashash huquqiga ega bo‘lishlari, aholi salomatligini yaxshilashga, muhofaza qilishga, tabiiy resurslarning barcha manbalaridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan say’-harakatlarni safarbar qilishga intiladi. «Sog‘lom muhit – inson salomatligi» Ekoharakatning bosh shioridir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|