Oliy ta’lim sifatini yuksaltirishda xalqaro aloqalarning o‘rni



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix26.10.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#131633
  1   2   3   4   5   6   7
6399b52e852cb Normamatova maqola ta\'lim sohasida-2022 (2) tayyori (1)



OLIY TA’LIM SIFATINI YUKSALTIRISHDA XALQARO 
ALOQALARNING O‘RNI (SURXONDARYO OLIY TA’LIM 
MUASSASALARI FAOLIYATI MISOLIDA) 
 
Normamatova Pardaxol Ochildiyevna 
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarix o’qituvchisi
Tel+998994562373 
Annatatsiya: 
Mazkur maqolada mustaqillik yillarida Surxondaryo viloyatida oliy 
ta’lim muassasalarining nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan amalga 
oshirilgan o‘quv va ilmiy sohadagi o‘zaro aloqalari, xususan qo‘shma ta’lim 
dasturlar va qo’shma lohihalar borasida amalga oshirgan ishlar tarixi Temiz 
davlat universiteti hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti misolida 
atroflicha tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar: 
DAAD, Gyotе Instituti, Britaniya Kеngashi, JICA, KOICA, TICA, 
ITEC, SES (Keksa ekspertlar xizmati), 
“Vinogradov o‘qishlari”, 
“Qirol Sejong 
instituti”, 
“Praktikum-people”, 
“Islomiy shaharlar”.
 
Surxondaryo viloyati mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohada 
ulkan yutuqlarga erishib, aholining turmush tarzi va madaniyati har tomonlama yuksaldi. 
Hususan ta’lim sohasida ham mustaqillik yillaridan buyon bir qancha ishlar qilinmoqda.
1992-yildan bugungi kungacha bir qator xorijiy ta’lim muassasalari va tashkilotlar bilan 
o’zaro hamkorlik o’rnatib kеlmoqda. Ular orasida Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, 
Chexiya, Fransiya, Yaponiya, Polsha, Janubiy Korеya, Rossiya, Amerika Qo’shma 
Shtatlari, Italiya kabi davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamda Yevropa 
Komissiyasining Erasmus+, shuningdеk DAAD, Gyotе Instituti, Britaniya Kеngashi, 
JICA, KOICA, TICA, ITEC va boshqa ko’plab talim sohasidagi xalqaro muassasalar 
hamda loyihalarni ko’rsatib o’tishimiz mumkin. 
Hozirgi kunda birgina TerDU universitetining o’zi quyidagi xorijiy OTM lar bilan 
hamkorlik qilmoqda:


- Rossiyaning A. S. Pushkin nomidagi Leningrad davlat universiteti 
- Fransiyaning Lion uniersiteti
- Qozog‘istonning Sidariya universiteti
- Rossiyaning Moskva pedagogika davlat universiteti
- Qozog‘istonning Qozoq milliy agrar universiteti
- Tojikistonning Rus-tojik (slavyan) universiteti
- Rossiyaning Sochi davlat universiteti
- Fransiyaning Parijdagi G‘arb va sharq filologiyasi va arxeologiyasi laboratoriyasi
- A.I Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti
- Rossiya Fanlar akademiyasining Kabardino-Balkar ilmiy markaz-4.
Slovakiyaning Ruzomberok Katolik universiteti
- Tojikistonning Tojik davlat moliya-iqtisod universiteti
- Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti
- Turkiyaning Karamano‘glu Mehmetbey universiteti
- Rossiyaning N.G.Chernishov nomidagi Saratov milliy tadqiqot davlat instituti
- Rossiyaning A.Grigorevich va N.Grigorevich Stoletov nomidagi Vladimir davlat 
universiteti
- M.O Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti
- Afg‘onistonnig Turkiston oliy ta’lim xususiy universiteti
2019-yil mobaynida Germaniya, Rossiya, Fransiya, Tojikiston, Polsha, Yaponiya, 
Xitoy, Chexiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon Respublikalari oliy ta`lim muassasalaridan 
kelgan jami 30 ga yaqin professor-o‘qituvchilar nemis tili, rus tili, ingliz tili, tarix va 
arxeologiya, tojik tili, pedagogika, iqtisodiyot va turizm, biologiya va geografiya
fizika va matematika ta`lim yo‘nalishlari va sohalarida ma`ruza o‘qish va mahorat 
darslarini o‘tish uchun tashrif buyurishgan. Nemis, ingliz va koreys tili bo‘yicha o‘quv 


mashg‘ulotlarini olib borishda Germaniyaning SES (Keksa ekspertlar xizmati), 
Koreyaning KOICA tashkilotlari mutaxassilaridan ham foydalanilmoqda.


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə