Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi


Talabalarlarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashda test topshiriqlaridan foydalanish yo‘llari



Yüklə 462,37 Kb.
səhifə33/82
tarix28.11.2023
ölçüsü462,37 Kb.
#135475
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   82
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash (1)

Talabalarlarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashda test topshiriqlaridan foydalanish yo‘llari Talabalar tomonidan qiyinchilik darajasi va mazmunan bir xil test topshiriqlarni bajarish orqali olingan natijalariga muvofiq tabaqalashtirish mezoni ularni kuchli, o‘rta va kuchsiz guruhlarga ajratish mumkin.

Muzkur tabaqalashtirish orqali talabalar tomonidan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalaridagi tipik kamchiliklar va bo‘shliqlarni aniqlash, ularga barham berish yo‘llarini topish imkonini beradi.



Pedagogik testlar-bu qiyinchilik darajasi bo‘yicha o‘sib boruvchi, o‘ziga xos shaklga ega, talabalarning muayyan mazmun yuzasidan tayyorgarlik darajasini sifatli va samarali nazorat qilish va baholashga imkon beradigan topshiriqlar tizimi sanaladi.

Topshiriqlar tizimi deyilganda, muayyan mavzu, bob, bo‘lim yoki kurs mazmunini o‘zida mujassamlashtirgan va tizim hosil qiluvchi xususiyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi tomonidan tanlangan topshiriqlar majmuasi tushuniladi.

Test topshiriqlarining o‘ziga xos shakli oddiy savol-javobdan farq qilib, test topshirig‘i savollari va javoblari qisqa va lo‘nda bo‘lishi bilan izohlanadi.

Test topshiriqlarining muayyan mazmuni deyilganda kurs mavzulari va ularning mazmunidagi nazorat qilinishi lozim bo‘lgan o‘quv materiallari tushuniladi.

Test topshiriqlarining o‘sib boruvchi qiyinlik darajalari tizim shaklida mujassamlashtirilgan topshiriqda dastlabki testlar reproduktiv, produktiv, keyingilari qisma-izlanishli va ijodiy (kreativ) bo‘lishi nazarda tutiladi. Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi ko‘rsatkichlari tizim hosil qiluvchi, shu bilan bir qatorda topshiriqlar strukturasini aniqlovchi omil sanaladi.

Test topshiriqlarining mantiqiy jihatdan asoslanganligi mezoni o‘zida savol va topshiriqlarning mantiqiy ketma-ketlikda aks ettirilishi tushuniladi.
Test topshiriqlari mantiqiy tuzilishiga ko‘ra: induktiv yoki deduktiv bo‘lishi mumkin.
Test topshiriqlarining javoblari mazmunga mos, qisqa fikrli, aniq, lo‘nda, to‘g‘ri va noto‘g‘ri jumlalardan iborat bo‘ladi. Test topshiriqlaridagi to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarning tarkibidagi so‘zlar birikmasi va soni bir xil bo‘lishi talab etiladi.


Yüklə 462,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə