Oliy talim,fan va innovatsiyalar vazirligi andijon davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti


Bitiruv malakaviy ishning o’rganilganlik darajasi



Yüklə 78,62 Kb.
səhifə3/13
tarix26.10.2023
ölçüsü78,62 Kb.
#132033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Azizbek (2)

Bitiruv malakaviy ishning o’rganilganlik darajasi haqida so`z borganda O`zbekiston Respublikasida oila institutini rivojlantirish, ayollar va bolalar huquqlarini ximoya qilish borasida ko`plab ilmiy tadqiqotlar olib borilganligini alohida ta`kidlab o`tish lozim. bitiruv malakaviy ishning nazariy asoslarini O`zbekiston Respublikasi Prezidentining parlamentga murojaati va tashabbuslari tashkil etadi. Bundan tashqari mavzuning oilaviy va er-xotin o’rtasidagi huquqiy kategoriya va tushunchalar bilan bog`liq ekanligi, bu soha vakillari tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilayotganligi diqqatga sazovor. Jumladan, D.Rustamov, O.Iminov, J.Muhiddinov, K.N.Kollin, D.Baratovlarning2 ilmiy tadqiqotlarida oilaviy munosabatlar tizimidagi nazariy, metodologik asoslari tizimlashtirilib, xalqaro normativ - xujjatlar, xalqaro tajribalar ko`rsatgichlari yordamida tahlil etilgan, oila institutlari faoliyatining aholi turmush darajasi bilan bog`liqli, davlat va jamisatning asosiy va ajralmas kichik bo’lagini tashkil etishi jihati tahlil etilgan. Mavzu yuridik jihatdan MDH davlatlari va O`zbekiston olimlari tomonidan ham tadqiq etilib kelinmoqda. Xususan, O.Oqyulov3, H.R.Rahmonqulov, R.J.Ro`ziyev, M.V.Razdolkin, A.P.Sergeyev, I.Anortoyev, O.B.Sizemova, YE.A.Suxanov, Yu.K.Tolstoy, Sh.S.Shamshetov, A.YE.Shyerstobinov, F.Yu.Shodmonov, V.M.Yurovitskiy, YE.G.Xomenkolarning ilmiy maqola, monografiya, o`quv qo`llanma, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarida umumiy tarzda nazariy tahlil etilgan .
Bitiruv malakaviy ishida qo`llanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqot jarayonida tarixiylik va mantiqiylik, qiyosiy - tahlil, sinergetik, dialektik va tizimli yondashuv, analiz va sintez kabi metodik usullardan foydalanilgan.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotning natijalarijan bola huquqlarini o’rganishda, ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirishda, tegishli me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqishda, “Oila huquqi”, “Bolalar huquqlari”, “Fuqarolik huquqi”, “Huquqshunoslik” hamda «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganish» kabi fanlardan dars berishda, shuningdek boshqa ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda foydalanish mumkin.

Yüklə 78,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə