Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax davlat pedagokika universiteti



Yüklə 277,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix24.12.2023
ölçüsü277,25 Kb.
#157935
1   2   3   4   5   6   7
ozbekiston tarixi

.
10
 
Qo’qon xonligi aholisi murakkab etnik tarkibga ega bo’lib, aholining asosiy
qismini 
mamlakatning 
turli 
qismlarida 
yashagan 
o’zbeklar 
tashkil 
qilgan.
10
https://fayllar.org/138185.html 


24 
Tadqiqotchilar ularning tarkibini uch yirik subetnos tashkil qilishini ko’rsatib
o’tadilar. Ularning birinchisini shahar va qishloqlarda qadimdan yashab kelgan
o’troq aholi tashkil etib, bu guruh urug’-qabila tizimiga ega bo’lmagan. Ularni
ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi aholi “sart” deb ataganlar .Ma’lumki, bu guruh 
O’rta Osiyo ikki daryo oraligida yashagan qadimgi turkiyzabon va forsiyzabon aholining 
assimilyatsiyasi natijasida shakllangan. Ikkinchi subetnos turkiylar bo’lib, ular turk va 
turk-mug’ul urug’laridan tashkil topgan va O’rta Osiyo hududiga Muhammad 
Shayboniyxon yurishlaridan oldin kelib joylashganlar. Bular – yag’mo, qarluq, 
chigil,ashpar,turuksharchug’roq, qavchin, jaloyir, barlos, naymam, xitoy, ming, qirq, ch
uras, chingli, baxrin, norin, tog’ay, dug’lot, o’tarchi, arg’in, biliqchi va boshqalar. 
Zahiriddin Muhammad Boburning Andijon aholisi haqidagi ushbu so’zlari mazkur 
toifadagiaholinaniq tavsifini o’zida ifodalagan. Boburning yozishicha: “Eli turkdir. Sha
har va bozorisida turkiy bilmas kishi yo’qtur. Elining lafzi qalam bila rostdur. O’zbek 
aholisining uchinchi subetnosi Movarounnahrga XV asrning oxiri XVI asrning 
boshlarida Muhammad Shayboniyxon bilan kelgan Dashti Qipchoq urug’larining 
avlodlari hisoblanadi. Ular tarkibiga – qo’ng’irotlar, qiyotlar, qatag’onlar, kenagaslar,
mang’itlar, saroylar, yuzlar, qipchoqlar, uchurug’ va boshqalar kirgan. Ular asosan Mar
g’ilon, Andijon, Aravon, o’sh va O’zgan atroflarida yashagan. Shuningdek, bu guruhga 
kirgan urug’lar Namangan, Chortoq, Naukat orasidagi yerlarni XVII asr
oxiri - XVIII asrni boshlarida o’zlashtirib bu yerda ular o’troqlasha boshlaganlar
Qo’qon xonligi aholisining asosini tashkil qilgan o’zbeklar va boshqa
etnoslarning etnik tarkibini o’rganishda, unga xolis baho berishda mahalliy tarixnavislar 
tomonidan yozib qoldirilgan asarlar muhim o’rin tutadi va bu tarix
fanining murakkab va kam o’rganilgan masalalaridan biri hisoblanadi. Qo’qon
xonligi aholisining etnik tarkibi va etnik guruhlarning joylashgan o’rni xususida
Qo’qon tarixnavislari tomonidan yozilgan tarixiy asarlarda ayrim qimmatli
ma’lumotlar mavjud bo’lib, ularda aholi “jamoa”, “urug’ “elat”, “toifa”, “qabila”
kabi iboralar bilan qayd etiladi. 1709 yilda Qo’qon xonligining tuzilishida Farg’ona 
vodiysida minglarning boshqa o’zbek urug’lariga nisbatan mavqei yuqori bo’lib, ular 
tomonidan yangi davlatta asos solindi. Bu haqida Muhammad Hakimxon «Muntaxab at-


25 
tavorix» asarining oxirgi faslida Qo’qon xonligini tashkil topishida minglarning muhim
o’rin tutganligini e’tirof etib, unga “Minglar saltanati” deb sarlavxa qo’ygan. Qo’qon
xonligi tarixiga doir barcha asarlarda xonlikni tashkil topishida minglarning o’rni
alohida qayd etilgan. Ilmiy jixatdan, «Muntaxab at-tavorix» asari Qo’qon
xonligidagi turli o’zbek urug’lari vakillari ming, yuz, qipchoq, mang’it hamda
qirg’iz, qozoq, tojik, qalmoq kabi xalqlar vakillarining xonlik hududida joylashishi va u
larning xonlikdagi mavqei haqida qiziqarli ma’lumotlarni beruvchi manbalardan hisobl
anadi. Mazkur nomlari qayd etilgan urug’lar va xalqlar xonlikdagi siyosiy
voqealarda faol ishtirok etganligi bois muallif Muhammad Hakimxon bu urug’lar va
xalqlarni u asarida aloxida tilga olgan. Qo’qon xonligida aholining katta qismini
tashkil etgan etnik guruhlardan biri qipchoqlardir. Qo’qon xonligida hokimiyatni
egallash uchun qipchoq va ming urug’larining vakillari hamisha kurash olib borgan
Ayniqsa, XIX asrning 50-yillarida shunday voqealarning avj olganligi ko’pgina
tarixiy manbalarda yoritilgan. Mirzo Olim Mushrifning “Ansob assalotin va tavorix
al-xavokin” asarida Musulmonkulining davlat boshqaruvi ishlarida Qipchoqlarga
juda katta imtiyozlar va imkoniyatlar berib, boshqa etnik guruhlarga nisbatan turli tazyi
qlar o’tkazganligi, hokimiyatni minglardan tortib olish uchun olib borilgan
xarakatlar, buning natijasida Qipchoqlarga nisbatan boshqa urug’larning norozilik xara
katlari avj olishi keng yoritib berilgan. Muallif bu ma’lumotlarni XIX asrning 50- 
yillarida yuz bergan siyosiy voqealarga bog’liq xolda bayon qilingan.
«Muntaxabattavorix»asarida Qipchoqlarning asosan Andijon viloyatida joylashganligi 
ko’rsatib o’tilgan. “Ansob as-salotin va tavorix al-xavokin” asarida ham Qipchoqlarning 
joylashgan hududi Ikki Suv orasi deb qayd etiladi. Shuningdek, Muhammad Umar qori 
Umidiyning “Maktubchayi xon” asarida ham Qipchoqlar yashagan markaz sifatida Ikki 
Suv ko’satiladi. Ikki Suv orasini R. Nabiyev Andijon viloyatiga qarashli Baliqchi tuma
ni ekanligini aytib o’tgan. Demak, Andijon viloyatining Baliqchi tumani 
hududidan o’tgan Norin va Qora daryo XIX asrlarda Ikki Suv deb yuritilgan. Shuni ham
aloxida qayd etish lozimki, Qo’qon xonligida Qipchoqdar faqatgina Andijon viloyatida
joylashibgina qolmasdan, xonlikning Namangan va Marg’ilon viloyatlari hamda
Qo’qon atrofida ham yashagan. Qo’qon xonligi aholisi tarkibida yuz, turk, afg’on, alsor 


26 
urug’larihamda qirg’iz, tojik, qoraqalpoq,arablar ham yashaganligini Mirzo Olim Mush
rif o’zining “Ansob assalotin...” asarida qayd etib utadi. Xususan, asarda Sheralixonning
(1842- 1845) taxtga o’tirishida muhim o’rin tutgan etnik guruhlar haqida ma’lumot
berilgan. Qo’qon xonligida muhim o’rin tutgan etnik guruhlardan yana biri yuz
urug’idir Yuz urug’ini asosan xonlikning Xo’jand viloyatida joylashganligini
manbalardagi ma’lumotlardan anglash mumkin. “Muntaxab at-tavorix” asari
muallifining yozishicha, yuz urug’idan bo’lgan Oqbutabiy XVIII asrning 20-
yillarida Xo’jandda hokim edi. Xo’jand bu davrda Qo’qon xonligi tarkibiga
kirgunga qadar mustaqil hokimlik bo’lgan. Bundan ko’rinadiki, Xo’jandda yuz
urug’ining mavqei baland bo’lganligi uchun mahalliy hokimiyatni o’z qo’llarida
saqlab turganlar.Shuningdek, yuz Qo’qon xonligi tarkibida bo’lgan O’ratepa va uning at
rofida ham asosiy etnik qatlamni tashkil etgan.“Tarixi Muxojiron” asari muallifi Dilsho
di Barno “yuz qabilasi”, “yuz beklari” deb O’ratepa hududining yuz urug’i vakillari
tomonidan nazorat qilinganligiga urg’u beradi. XIX asrga oid rus manbalari ham
xonlik tarkibida bo’lgan Xo’jand va O’ratepa viloyatida aholining etnik tarkibi
ko’prok yuz urug’i hamda tojikparas iborat bo’lganligini tasdiqlaydi. Shuningdek, yuzl
ar Shaxrixon aholisining asosiy qismini ham tashkil etgan bo’lib, ular 1816 yilda Qo’qo

xonligidagi 
harbiy-siyosiy 
harakatlar 
tufayli 
Umarxon 
tomonidan
O’ratepadan bu yerga majburan ko’chirilgan. Olimxonning (1798-1810)
mamlakatni idora etishda olib borgan isloxotlari, ichki va tashki siyosati xonlik
siyosiy mavqeining ko’tarilishiga sabab bo’ldi. Bu hukmdor ham, boshqa O’rta
Osiyo hukmdorlari kabi, o’zi boshqarayotgan davlat hududini o’zga hukmdorlar
tasarrufidagi yerlar hisobiga kengaytirishga xarakat qildi. Shuningdek, Olimxonnig
harbiy isloxoti natijasida tog’li tojiklardan iborat mahsus harbiy qism tashkil etilgn.
Natijada, xonlikning markazida yana bir etnik guruhning joylashishiga imkoniyat
yaratilgan. Qo’qon xonligi tarixiga oid asarlarda tojiklar tub joy aholi vakillari sifatida
talkin etilsa-da, tog’li tojiklarning, ya’ni Qorategin, Darvoz, XIX asr boshlarida
Farg’ona vodiysining markaziy shaharlariga, ya’ni xonlikka kelib
boshlaganliklari ko’satiladi.Umarxon (18101822) tomonidan Dashti Qipchoqning bir qi
smi xonlik tarkibiga kiritilishi natijasida bu hududda yashovchi qozoqlar ham 


27 
xonlikning iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim o’rin tutdi. Manbalarda ularga nisbata 
“elat”, “elatiya”, “qozoq” hamda “qozoqiya jamoasi” deb ham qo’llanilgan. Qozoqlar
to’g’risida Qo’qon xonligi tarixiga oid manbalar ichida Abu Ubaydulloh
Toshkandiyning “Xulosat ul-axvol” asarida kengroq ma’lumotlar beriladi. Asarda
ko’rsatilishicha, Avliyootadan Pishpak va Olmaotagacha bo’lgan hududlarda asosan
qozoqlarning turli urug’lari yashagan. Qo’qon xonligi aholisning etnik tarkibida 
qirg’izlar ham salmoqli o’rinni egallaydi. Xonlik tarixiga oid asarlarda qirg’izlarning bir 
necha urug’larga bo’linganligi va ularning joylashgan o’rni haqida ham ma’lumotlarni 
uchratish mumkin. Qirg’izlarning sulta, bug’u va saribog’ish urug’i Pishpakning 
Kiyiklik Singiri mavzesida istiqomat qilishgan. Abu Ubaydulloh Toshkandiyning “Xul
osat ul-axvol” asarida ham Pishpak atrofida sulta, bug’u va saribog’ish urug’i
yashaganligiga oid ma’lumotlar qayd etiladi. Uloqchin urug’i esa Taloye mavzesia
joylashgan bo’lib, Qo’qon hukmdori Sheralixon (18421845) taxtga o’tirgunga qadar o’s
ha urug’ bilan birga yashagan edi. Farg’ona vodiysining tog oldi hududlarida yashagan 
qirg’izlarxonlikning hududiy jixatdan katta viloyatlari Andijon va Namangan tarkibiga 
kirgan. Jumladan, A.Xasanovning ko’rsatishicha, Norin daryosining o’rta oqimidagi Ku
rtka va o’rta oqimining shimoliy qismida joylashgan, asosan, qirg’izlar yashaydigan 
Jumg’ol, Tugo’z To’ra hududlari Andijon viloyatining tarkibida bo’lgan. Qirg’izlarning
janubiy o’lkalari bo’lgan Bo’stonterak va Toshqo’rg’on Marg’ilon viloyati tarkibida
kirgan bo’lsa, Ketmontepa va Talas hududi Namangan viloyatiga tegishli bo’lganQo’qo
n xonligidagi lo’li, mazang, og’acha kabi mayda etnik guruhlar hamda hindlar haqida P
o’lotjon domulla Qayyumiyning “Hoqand tarixi va uning adabiyoti” asarida boshqa ma
nbalarda uchramaydigan ma’lumotlar qayd etiladi. Mazkur asarda lo’lilarning dastlab 
Qo’qon 
shahrining 
janubiy-sharqidagi 
Kuyka 
qishlog’ida
joylashgani e’tirof etiladi. Po’lotjon domulla Qayyumiy o’z asarida lo’lilar haqidai ma’l
umotlarni bir keksa lo’lidan eshitganligini qayd etadi. Shuningdek, “Ho’qand tarixi va 
uning adabiyoti” asarida Qo’qon xonlari harbiy qo’shinlarida ushbu etnik guruh vakilla
ridan iborat bo’lgan alohida mahsus qism bo’lib, ularning chavandozlik va jangovarlik 
qobiliyati 
ancha 
yuqori 
bo’lganligi 
qayd 
etiladi. 
Qo’qon 
xonligi
tarixiga 
oid 
“Muntaxab 
at-tavorix”, 
“Ansob 
as-salotin...”, 
“Tarixi


28 
Turkiston”, “Tarixi Shoxruxiy” kabi asarlarda Olimxon (17981810) hukmronligi 
davrida qo’shin tarkibida tog’li tojiklardan iborat maxsus qism tuzilganligi va ularning
jangovar 
qobiliyati 
kuchli 
bo’lganligi 
haqida 
ma’lumotlar 
mavjud
Lekin ushbu asarlarda lo’lilar tilga olinmaydi. Aftidan lo’lilar ba’zi xollarda o’zlarini 
tojik millatiga mansub deb ko’rsatgan bo’lishi mumkin. Qo’qon hukmdorlari tomonida
n lo’li sarkardalariga shaharning shimoliy qismidan yashash uchun joy berilishi
natijasida 
alohida 
lo’lilar 
mahallasi 
yuzaga 
kelganligini
Po’lotjon domulla Qayyumiy qayd etib o’tadi. Yahudiylarning Farg’ona vodiysiga, 
xususan,Qo’qongakelibo’rnashishi so’nggi o’rta asrlarga to’g’ri keladRossiyasi bosqinidan keyin juda ko’payib ketganligini Po’lotjon domulla Qayyumiy 
ta’kidlab o’tadi. Qo’qonda yashagan yahudiylarning bir qismi bo’yoqchilik bilan 
shug’ullanishgan bo’lsada, asosiy qismi chitfurush savdogarlar bo’lgan. Chorizm 
davridaulgurjisavdodan tashqari paxta savdosini ham o’z qo’llarida ushlashga erishganl
ar va bir necha paxta zavodlarini egalari ham yahudiylardan bo’lgan. Qo’qonda hindlar 
ham 
yashagan 
bo’lib, 
ularning 
aynan 
Qo’qonga 
kachon
kelganliklari haqida aniq ma’lumot berilmaydi. Shunisi qizikki, bunday ma’lumot faqat
gina “Xo’qand tarixi va uning adabiyoti asarida mavjud bo’lib, boshqa
manbalarda uchramaydi. Ular asosan poytaxt Qo’qonning o’zida yashashgan.
Po’lotjon domulla Qayyumiyning ma’lumotiga ko’ra, Qo’qonga kelib yashagan
hindlar sudxo’rlik (pulni foizga berish) bilan shug’ullanishgan bo’lib, bu yerda ular oila
siz yashashgan. “Xo’qand tarixi va uning adabiyoti” asari muallifi Po’lotjon domulla
Qayyumiy 92 urug’dan 28 tasi Farg’ona vodiysida joylashgan deb qayd etsada,
muallif ularning nomlarini ko’rsatmaydi. 
Manbalardagi ma’lumotlarni taxlil qilish
asnosida xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Qo’qon xonligida yashagan aholining etni
k tarkibi boshqa O’rta Osiyo xonliklaridagi kabi rang-barang bo’lgan. Shu bilan birga 
manbalardagi aholi etnik tarkibi va ularning joylashgan o’rni haqidagi
ma’lumotlar tarqoq hamda ayrim hollarda bir-biriga zid ekanligini, ular ustida
aloxida 
tadqiqotlar 
olib 
borish 
lozimligini 
talab 
etadi.
11
ayllar.org/1-xvi-xix-asr-birinchi-yarmi-orta-osiyo-xalqlari-etnik-tarixi.html?page=3 


29 
Umumanolgandatadqiqot doirasiga tortilgan manbalar Buxoro, Xiva va Qo’qon xonlikl
ari aholisi etnik tarkibi, kundalik mashg’ulotlari, yashash turmush tarzi va ularning 
mamlakatsiyosiy, iqtisodiy hamda madaniy hayotidagi ishtiroki haqida tasavvur xosil qi
lish imkonini beradi. Asarlardagi ma’lumotlar O’rta Osiyo xonliklari aholisi tarkibini 
qadimdan mintaqada yashab kelgan mahalliy o’troq hamda ko’chmanchi turmush tarza
bo’lgan etnik guruhlar tashkil etgan va yuz bergan siyosiy jarayonlar natijasida
uning tarkibiga turli etnik guruhlarning kelib kushilishi davom etgan.
O’rta asr muarrixlarining bergan ma’lumotlariga ko’ra ayrim urug’-qabilalarning 
vakillari uchchala xonlikda ham yashagan, ba’zilarining nomlari esa faqat bir davlat hu
dudida uchraydi. Ushbu xolat bir tomondan davlatlarning hududiy chegarasini o’zgarib
turishi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan bu turli siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy faktorlar ta’sirida mintaqada yuz bergan migratsion jarayonlar oqi
batidir.
12
  

Yüklə 277,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə