Oliy va o’rta maxsus ta’lim qo’qon universiteti iqtisodiyot va ta’lim fakulteti“Iqtisodiyot” sirtqi ta’lim yo’nalishi eks-2-22 guruh 1-bosqich talabasi Odilov Javoxir Obidjon o’g’lining “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” fanidan



Yüklə 107,15 Kb.
tarix07.01.2023
ölçüsü107,15 Kb.
#98294
Odilov Javoxir



OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
QO’QON UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TA’LIM FAKULTETI“Iqtisodiyot” sirtqi ta’lim yo’nalishi EKS-2-22 guruh 1-bosqich talabasi Odilov Javoxir Obidjon o’g’lining “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” fanidan
Boshqaruvda axborot texnologiylari” mavzusida tayyorlagan

Qabul qildi: ______________
Tayyorladi: ______________
Qo‘qon 2022
Mavzu: Boshqaruvda axborot texnologiylari.

REJA
1.Axborot haqida tushuncha, uning turlari, xususiyatlari.


2. Boshqaruvda axborot va kommunikatsiya.
3. Boshqaruv tizimida foydalaniladigan elektron dasturlar .
4. Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari.
Axborot haqida tushuncha, uning turlari, xususiyatlari.” Axborot” so’zi lotincha ―”informatsion” so’zidan olingan bo’lib, kutilayotgan yoki bo’lib o’tgan voqea, xodisalar to’g’risidagi ma‘lumotlarni bildiradi. Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlagan. Masalan: Falsafada axborot inson ongiga ta‘sir etib, ob‘ektiv reallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi kategoriya sifatida ishlatiladi. Kibernetikada, informatika fanida axborot voqea - hodisa to’g’risidagi bilimlarni oshirish yoki noaniqlikni kamaytirish mezoni sifatida qo’llaniladi. Kompyuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi ob‘ekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma‘lumot tushunchasi bilan uzviy bog’langan, lekin har qanday ma‘lumot axborot bo’lavermaydi. Masalan: olma desak, bir necha xil ma‘noni tushunish mumkin: qizil olma deganda, mevaning ma‘lum bir rangi tushuniladi, demak barcha ma‘lumotlar axborotga aylanishi uchun voqea - hodisa to’g’risidagi butun xususiyatlarni ifodalashi lozim. Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1. Texnik axborot
2. Agrobiologik axborot
3. Siyosiy axborot
4. Huquqiy axborot
5. Iqtisodiy axborot va boshqalar
Axborotning turlari o’zaro bog’liq bo’lib, bir-birini to’ldirib boradi. Bu axborotlar ichida iqtisodiy axborot asosiy hisoblanib, ular hajmining 80% ni tashkil qiladi. Barcha axborotlar quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Uzluksiz hosil bo’lish.
2. Xarf raqamlarda ifodalanish.
3. Diskret xarakterdaligi.
4. Yig’ish, uzatish, qayta ishlash va boshqa amallarni bajarish mumkinligi.
Axborotning tuzilishi va turkumlanishi. Iqtisodiy axborot tuzilish nuqtai nazaridan ikkiga bo’linadi:
1. fizik tuzilish
2. mantiqiy tuzilish
Fizik tuzilish iktisodiy axborotni turli xil tashuvchilarida joylashishini ifodalaydi. Mantiqiy tuzilish esa axborot bo’laklari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarini ifodalaydi. Fizik tuzilishni o’rganish uchun informatika sohasiga tegishli bo’lgan maxsus fanlarni o’rganish talab qilinadi. Shuning uchun ham biz mantiqiy tuzilishni o’rganish bilan chegaralanamiz. Mantiqiy tuzilishga ko’ra axborot quyidagi bo’laklardan tashkil topadi:
1. Axborot tizimi.
2. Axborot oqimi.
3. Axborot massivi.
4. Ko’rsatkich.
5. Rekvizit.
Iqtisodiy axborotning eng kichik bo’lagi rekvizit hisoblanib, u ikki qismga bo’linadi:
1. Rekvizit belgi.
2. Rekvizit asos.
Rekvizit belgi axborotning sifat tomonini xarakterlaydi, so’zlar yordamida ifodalanadi va mantiqiy amallarni bajaradi. Masalan: tovarning nomi, operatsiya turi. Rekvizit asos axborotning miqdor tomonlarini xarakterlaydi, raqamlar yordamida ifodalanadi va arifmetik amallarni bajaradi. Masalan: 10, 250, 1000. Rekvizitlar birgalikda axborotning yuqori bo’lagi – ko’rsatkichni tashkil qiladi. Masalaga tegishli bo’lgan bir xil ko’rsatkichlar axborot massivlarini tashkil qiladi. Axborot massivlari axborot oqimini, oqimlar esa axborot tizimi sistemasini tashkil qiladi. Hozirgi kunga qadar axborot turkumlanishining yagona tizimi yaratilgan emas. Umumiy xolda iqtisodiy axborot quyidagi belgilarga ko’ra guruhlarga ajratiladi.
1. Boshqarish funksiyalariga ko’ra:
a) rejalashtirish,
b) hisobot olish,
v) nazorat qilish,
g) iqtisodiy taxlil kabi axborot guruxlariga bo’linadi.
2.Faoliyat ko’rsatish soxasiga ko’ra:
a) qishloq xo’jaligi;
b) sanoat;
v) savdo;
g) transport;
d) aloqa. va boshqa axborot guruhlariga bo’linadi.
3. Turg’unlik darajasiga ko’ra:
a) doimiy,
b) shartli doimiy,
v) o’zgaruvchan axborotlarga bo’linadi.
4.Ob‘ektga taalluqligiga ko’ra:
a) ichki, tashqi axborot;
b) kiruvchi, chiquvchi axborotlarga bo’linadi.
5. To’liqlik darajasiga ko’ra:
a) yetarli;
b) to’liq bo’lmagan;
v) ortiqcha axborotlarga bo’linadi.
6. Ifodalanish usuliga ko’ra:
a) xarf raqamli;
b) jadvalli;
v) chizmali;
g) signalli axborotga bo’linadi.
Axborotlashtirish sohasidagi islohotlar izchil olib borilayotgani natijasida Respublikamizning barcha tarmoqlari va Davlat boshqaruvi organlari oldiga qo’yilgan vazifalardan kelib chiqib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish va ularni hayotga keng joriy qilinishiga erishilmoqda. Mamlakatimizda o’tish davrini boshidan kechirayotgan bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo’naltirilgan, ko’p tarmoqli axborot industriyasini tashkil etish, AKTni iqtisodiyotning turli sohalarida keng joriy qilish orqali jamiyatimizning ichki mustahkamligi va ijtimoiy birligini tashkil etish, rivojlangan davlatlar hayoti standartlariga chiqish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bir qancha farmonlari va hukumat qarorlari qabul qilinib, ular amalda tadbiq qilinmokda. Davlat boshqaruvga AKTni joriy etishning o‘ziga xos jihatlari va bosqichlari Axborot texnologiyalarini Davlat boshqaruviga kiritilishi shu sohada ko’zatishlar olib borgan mutaxassislar tomonidan 60 dan ortiq mamlakatda olib borilgan tadqiqotlar aynan rivojlangan davlatlardagina AKT iqtisodiy o’sish bilan o’zviy bog’liqligini ko’rsatadi. Ya‘ni, rivojlanayotgan mamlakatlarda AKTning ta‘siri kam bo’lib, uning rivojlanishi faqat ma‘lum bir darajaga yetganidan keyingina yalpi ichki mahsulotning jon boshiga o’sishini ta‘minlash mumkinligi qayd etilgan. Respublikamiz iqtisodiy sektoriga AKTga jalb etilgan investitsiyalar hajmi oxirgi yillar mobaynida tahlil qilingan Davlat boshqaruvi organlari va korxonalari bo’yicha sof foyda miqdori ortganligi fikrimizning isboti bo’la oladi. Xalqaro tajriba shuni ko’rsatadiki, Davlat boshqaruvida AKTni ko’rsatadiki uning natijaviy samaradorligini xususan axborotning o’zaro ta‘siri, qayta ishlanishi va izlanishini amalga oshirish uchun vaqt qisqarishi hisobiga unumdorlikni o’rtacha 20 foizga ko’paytirish imkonini yaratadi. Davlat islohotlarini amalga oshirilishida xujalik boshqaruvi hamda hokimiyat organlarida axborot texnologiyalarini faol o’zlashtirish va keng joriy etish ishlari amalga oshirilmokda. Mustaqillik yillari mobaynida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar negizida AKTning jadal sur‘atlar bilan rivojlanishi tufayli O’zbekiston Respublikasining global axborot hamjamiyatida munosib o’rin egallashiga sezilarli ta‘sir ko’rsatmoqda. O’tkazilgan ko’zatuvlar shu ko’rsatadiki, Davlat AKTni rivojlantirish uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqda. Bir vaqtning o’zida AKTni Davlat boshqaruviga kiritish boshlandi. Davlat tashkilotlarini real vaqt — Onlayn tizimiga ulash Davlat sektori va fuqarolar o’rtasidagi yagona elektron vosita bilan ta‘minlash, O’zbekiston Respublikasi zamonaviy axborot asriga kirishga jiddiy maqsadlar qo’yayotganligini ko’rsatadi. Dastur asosida birinchi bosqichda Davlat boshqaruv organlarida Davlat xizmatlari haqidagi ma‘lumotlar (jumladan mansabdor shaxslarning qabul vaqti, xizmat telefonlari) joylashtirilgan veb sahifalari ochiladi. Ikkinchi bosqichda ma‘lumotlarni to’liq jamlagan Davlat organlarini qidirish imkoniyatini beradigan ma‘lumotlar bazasi to’zilib, qilingan murojaatlarga elektron pochta orqali javob berilishini ta‘minlaydi. Ular fuqarolarni Davlat portaliga kirib, bir qator ―interaktiv xizmatlar‖ orqali turli shakllarni to’ldirish imkonini ko’rsatadi. Keyingi uchinchi bosqichda moliyaviy va huquqiy xizmatlar ko’rsatish, fuqarolar va xususiy korxonalar litsenziya hamda ruxsatnoma sotib olishi, soliq deklaratsiyasini taqdim etishi, jarima to’lashi va ijtimoiy imtiyozlar so’rab murojaat qilishlari mumkin bo’ladi. Bugungi kunda Elektron hukumat mavzusi juda ommalashib ketdi. Biroq so’nggi vaqtlarda e‘lon qilinayotgan materiallarda mazkur mavzuga yondashishda tizimlilik va konseptual kat‘iylik yo’qligi bizni tashvishga soladi. Davlat boshqaruvida AKT haqida gapirilganda, odatda platformalar, portallar, hujjatlar aylanishi, u yoki bu firmalarning texnologiyasidan foydalanish to’g’risida siz yuritishadi yoki bo’lmasa elektron hukumat deb atalish xuquqiga talabgorlik qilayotgan, aslida esa bunday bo’lmagan axborot-kommunikatsiya tizimlarining amalga oshirilganligi va muvaffaqiyatli joriy etilganligi haqida misollar keltiriladi. Axborot texnologiyalarining ijtimoiy hayotga joriy etilishi jarayonidan soxta ko’tarinkilik holatiga tushish bizning davrimizning harakterli belgisi hisoblanadi. Tegishli Davlat dasturlari qabul qilinishi bilan mustahkamlangan ushbu jarayon Davlat boshqaruvi organlarining yalpi axborotlashtirilishi darajasiga chiqqanidan keyin ko’pchilik AKTning Davlat boshqaruviga joriy etilishi mana shundan boshlanadi deb hisoblamoqdalar.
Boshqaruvda axborot va kommunikatsiya.
Tashkilot boshqaruv tizimining axborot jihatlari deganda, axborot
harakatlanishi va qayta shakllanish jarayoni sifatida boshqaruvni aks ettiruvchi,
boshqaruv tizimining vazifaviy ish strukturasini tashkil etuvchi bloklar to’plami
deb tasavvur qilish mumkin. Tizimning boshqaruv qismidagi qayta hosil
bo’lish predmeti - bu boshlang’ich axborotdir. Yuqori darajadagi boshqaruv bloki va tashqi muhit bloki bayon etilayotgan boshqaruv tizimiga kirmaydi va unga nisbatan ichki hisoblanadi. Shuningdek, ob‘ektni boshqarish jarayonini ifodalovchi ichki tizimidagi axboort oqimi paydo bo’ladi. a1 va a2 kanallari bo’yicha o’tadigan axborot oqimi ko’rib chiqilayotgan tizim va yuqori darajadagi tizim o’rtasidagi bo’ysinuvchanlik munosabatini ifodalaydi. a1 axborot oqimi ko’rib chiqilayotgan tizimga ta‘sir ko’rsatuvchi ma‘muriy – buyruq (ko’rsatmali) axborotlarining majmuini ifoda etadi. a2 aloqa kanali bu tashkilot boshqarish tizimining boshqaruvchi qismi a1 kirishiga qanday ta‘sir ko’rsatganligi to’g’risidagi axborotni tashuvchi teskari aloqa kanali sanaladi. Agar tashkilotning boshqaruv tizimi boshqaruvning yuqori darajadagi buyruqlarini hech bir kamchiliksiz bajarsa, u holda a2 ning chiqish joyida a1 ning kirish joyidagi bilan(vaqti-vaqtida ma‘lum bir siljishlar bilan) bir xil axborot bo’ladi, yoki axborot umuman bo’lmaydi(bu a1 va a2 axborotlari bir xil degani). Tashqi muhit va boshqaruv tizimi o’rtasidagi axborot almashinuvi chizmada b1 kirishi va b2 chiqishi bilan tasvirlangan. Ular gorizantal axborot aloqalari sanalib, tizim faoliyati uchun muhim bo’lgan o’sha tartibdagi tizimlar va boshqa axborot manbalari bilan ko’rib chiqilayotgan boshqaruv tizimining o’zaro munosabatlarini modellashtiradi. Tizim faoliyati uchun muhim sanalgan axborot manbalariga savdo, maorif, banklar, soliq inspeksiyasi kabilarni kiritish mumkin. Mazkur tizim jarayonida boshqarib bo’lmaydigan turli xil ta‘sirlar yuzaga keladi: f kiritish boshqariladigan ob‘ektga tashqi muhitning boshqarib bo’lmaydigan ta‘sirlarini modellashtiradi. Boshqaruv tizimini ko’rib chiqishni boshqariladigan ob‘ektdan boshlaymiz. Resurslarga ega bo’lgan holda boshqaruv ob‘ektlari vaqt sarflash va resurslarning qayta hosil bo’lishi bilan bog’liq ishlab chiqarish jarayoning amalga oshirish natijasida m2 ning ayrim samaralari to’plamini chiqishga yo’naltiradi. g1 kirish va g2 chiqish holati, tashqi muhit bayon etuvchi sharoitlar xaqidagi, yuqori organlar tomonidan qo’yiladigan talablar to’g’risidagi axborotlar boshqaruv blokiga kelib tushadi. Axborot bloki unga kiritilgan dasturga muvofiq boshqaruvchi ob‘ekt holatini qayd etadi, axborotni to’plash va ro’yxatga olishni, uni oldindan qayta ishlashni, jumladan, tasniflash, guruhlash, ma‘lumot berish kabi bir qator elementar mantiqiy va hisoblash operatsiyalarini amalga oshiradi. Boshqaruv bloki axborotlarni qayta ishlaydi va ayrim jo’natiladigan axborotlar oqimini natijalovchi oqimga aylantiradi, boshqariladigan ob‘ekt kirishiga ta‘sir bilan bog’liq bir qator qarorlarni ishlab chiqadi va o’rta muhit hamda yuqori darajadagi boshqaruv bloklari bilan o’zaro harakat qiladi. Bunda boshqaruv bloki boshqaruv ob‘ekti, tashqi muhit va yuqori boshqaruv darajasidan kelgan axborotlardan foydalanadi. Me‘yorida ishlashdan chetlangan hollar ro’y berganda boshqaruv bloki chetlanganlikni bartaraf etish maqsadida qaror qabul qiladi va tegishli chorani tanlaydi. Boshqaruv bloki ta‘sir ko’rsatish usullarini ishlab chiqish uchun xotira(unga mutaxassislar xotirasi, elektron xotirani kiritish mumkin) va boshqaruv mezoniga ega(mezon bo’yicha boshqariluvchi ob‘ekt ko’rsatkichlarining yaxshilangani yoki yomonlashuvi aniqlanadi). Ta‘sir ko’rsatish bloki shunday vosita sanaladiki, uning yordamida boshqaruv bloki kerakli foydali samaraga erishish maqsadida boshqaruv bloki boshqariladigan ob‘ekt kirishiga ta‘sir ko’rsatadi. Boshqaruv bloki yuqori darajada a2 aloqa kanali bo’ylab ko’rib chi-qilayotgan tizim holati to’g’risida axborot oladi, ayrim qarorlar qirralarini(spektrini) ishlab chiqadi va a1 aloqa kanali bo’yicha boshqaruv blokiga kerakli ta‘sir ko’rsatadi. Bu ta‘sir ko’rib chiqilayotgan tizim faoliyati algoritmida ko’rsatkichlar hisoboti tartibida, boshqariladigan ob‘ekt ishini baholaydigan mezonlarda ayrim o’zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Boshqaruv tizimida foydalaniladigan elektron dasturlar .
HIMFAYL fayllarini muhofazalangan saqlash tizimi HIMFAYL fayllarini muhofazalangan saqlash tizimi shaxsiy kompyuter (kompyuterning «Provodnigi»da) yoki axborotning tashqi diskli tashuvchilarida saqlanadigan papka va fayllarning maxfiyligi (kofidensialligi)ni, butunligini va ulardan ruxsatsiz foydalana olishdan muhofaza qilishni ta‘minlash uchun mo’ljallangan. Tizimning qo’llanishi saqlanadigan elektron ma‘lumotlarni ruxsatsiz foydalana olishdan, ko’rib chiqishdan yoki ularni o’zgartirish (buzish)dan muhofaza qilish imkonini beradi. Fayllarning maxfiyligi (konfidensialligi) ma‘lumotlarni shifrlash va autentifikatsiya qilish vositalaridan foydalanish yordamida ta‘minlanadi. Ma‘lumotlarning butunligi elektron raqamli imzodan va yo’qotilgan ma‘lumotlarni tiklash vositalari vositasida ta‘minlanadi. Fayllardan foydalana olish, ularni shifrlash (rasshifrovka qilish) va elektron raqamli imzo bilan imzolash uzunligi 1024 bitdan iborat foydalanuvchining individual maxfiy kalitlari bilan amalga oshriladi. Fayllar va papkalardan foydalana olish maxfiy kalit va parol bilan muhofazalangan. HIMFAYL tizimi Windows operatsion tizimidan foydalanuvchi shaxsiy kompyuterda installyatsiya qilinadigan (o’rnatiladigan) dasturiy ta‘minotdan iborat. O’rnatilgan dasturiy ta‘minot uzunligi 1024 bit bo’lgan foydalana olish (shifrlash va elektron raqamli imzo) maxfiy kalitining generatsiyasini mustaqil ravishda ta‘minlaydi, foydalanuvchi uchun qulay va oddiy bo’lgan sozlash va dasturdan foydalanish vositalariga ega.
Xulosa.
Axborot texnologiyalari bugungi kunda har jabhani qamrab olgan.Ta’limdan tortib siyosiy hayotda ham kompyuter texnologiyalari aniqlilik,tartiblilik ortiqcha sarf harajatlarning qisqarishi bilan ahamiyatlidir.Shuning uchun ham yetuk kadr bo’lish uchun axborot texnologiyalarini o’rganishimiz zarur. 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA INTERNET MANBALARI
1.“BOSHQARUVDA AXBOROT - KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI” MODULI BO’YICHA O’ Q U V – U S L U B I Y M A J M U A-- Toshkent– 2021
Yüklə 107,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə