Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti kurs ishi topshirdi: Xoldorova Nigina Qabul qildi: Aripova Mavjuda Mavzu: Atmosfera, shamolning turlari, ularning geologik faoliyati Reja



Yüklə 60,55 Kb.
səhifə1/6
tarix18.05.2022
ölçüsü60,55 Kb.
#87312
  1   2   3   4   5   6
Umumiy Geologiyadan kurs ishi




OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETI


KURS ISHI
Topshirdi:Xoldorova Nigina
Qabul qildi: Aripova Mavjuda
Mavzu: Atmosfera, shamolning turlari, ularning geologik faoliyati

Reja:

1.Atmosfera;


2. Shamol turlari va hosil bo’lish sabablari.
3. Shamolning xarakteristikalari va geologik ahamiyati

Xulosa
Foydalanilgan Adabiyotlar



Atmosfera (qadimgi yunoncha: atmos - bugʻ va - sfera) – yer sharini oʻrab olgan va u bilan birga aylanadigan havo qobigʻi. Balandlikka koʻtarilgan sari Atmosfera bosimi va zichligi kamayib boradi. Atmosferaning qalinligi bir necha oʻn ming km boʻlishiga qaramay, uning asosiy massasi yer sirtiga yondashgan yupqa qatlamda joylashgan. Atmosfera butun massasining taxminan 50 % yer sirtidan 5 km balandlikkacha boʻlgan qatlamda, qolgan 50 % esa 30 – 35 km balandlikkacha boʻlgan qatlamda toʻplangan. Yer sirtida Atmosferaning zichligi YU-3 g/sm³ boʻlsa, taxminan 700 km balandlikda 10-16 g/sm³. Atmosfera yuqori qatlamlarining zichligi sayyoralararo muhitdagi gazlarning zichligiga tenglashadi. Shuning uchun Atmosferaning keskin chegarasi boʻlmaydi, asta-sekin sayyoralararo fazoga oʻtadi. Atmosferaning yuqori qatlamlari Quyoshdan chiqadigan radiasiya energiyasi taʼsirida issikdik olganligi uchun u qatlamlarning zichligi vaqtga, geografik kengliklarga bogʻliqdir. Atmosfera yuqori qatlamlarining zichligi Quyosh yoritayotgan vaqtda yoritmayotgan vaqtga qaraganda kattaroq. Shuningdek, Atmosfera yuqori qatlamlarining zichligi qutb rayonlarida ekvatorial rayonlardagiga qaraganda kichik. Atmosfera asosan azot (78,09 %), kislorod (20,45 %) va argon (0,93 %) gazlar aralashmasidan iborat, qolgan qismini karbonat angidrid gazi, vodorod hamda geliy, neon, kripton va ksenon kabi inert gazlar tashkil qiladi. Atmosferada juda oz miqdorda metan, azot, oksid, uglerod (I)-oksid va boshqa tabiiy hamda sanoat gazlari boʻlib, miqdori oʻzgarib turadi. Quruklik va suv yuzidagi doimiy bugʻlanish tufayli Atmosferada suv bugʻi ham boʻladi. Bugʻning quyuklashuvi bulut va yogʻinlarni hosil qiladi. Havoda doimo har xil kattalikda chang zarrachalari mavjud. Ularning manbai Yer va kosmik fazodir. Atmosfera tarkibiga koʻra, asosan gomosfera va geterosfera qatlamlariga boʻlinadi. Yer sirtidan 90 – 95 km balandlikkacha boʻlgan havo qatlamida yuqorida qayd etilgan asosiy gazlar (azot va kislorod)ning nisbiy tarkibi oʻzgarmaydi, buni gomosfera (bir jinsli) qatlam deb ataladi, bu qatlamdan yuqorida esa azot va kislorod molekulalari zaryadli atomlarga ajraladi va atom ogʻirligi boʻyicha taqsimlanadi. Buni geterosfera qatlami deb yuritiladi. Shu belgiga asosan ozonosfera (20 – 55 km) va ionosfera (90 km dan yuqori) qatlamlarini ham ajratish mumkin. Ozonosfera qatlami tufayli yer yuzida hayot mavjud, chunki Quyoshdan kelayotgan va hayot uchun zararli boʻlgan har xil nurlarning asosiy qismi shu qatlamda yutiladi. Ionosfera ionlar konsentratsiyasi taqsimlanishi boʻyicha 60 km balandlikda D, PO– 140 km balandlikda YE, 220 km dan yuqorida Fqatlamlarini hosil qiladi. Atmosfera quyosh radiatsiyasining maʼlum qismini yutadi va sochadi. Atmosferada issiklik koʻproq turbulent (uyurma) harakat, radiatsiya jarayonlari va suvning fazoviy oʻzgarishlari orqali tarqaladi, natijada Atmosfera temperatura taqsimlanishi boʻyicha 5 asosiy qatlamga ajratiladi (jadval). Atmosfera troposfera qatlamining yer sirtidan balandligi qutb kengliklarida 10 – 11 km, tropik rayonlarda 14–17 km. Troposfera qatlamida har 100 m balandlikda temperatura 0,6° ga pasayib boradi. Troposferaning yuqori chegarasida havoning oʻrtacha temperaturasi oʻrta kenglik ustida – 55° – 60°, ekvatorial sohalar ustida – 70° gacha bo’ladi.

Yüklə 60,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə